-Amaliy mashg’ulot: Xomaki va qoralamalar ishlash




Download 13,26 Mb.
bet4/19
Sana12.01.2024
Hajmi13,26 Mb.
#136026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs

3-Amaliy mashg’ulot: Xomaki va qoralamalar ishlash.




Tasvir qog‘ozda, kartonda, maxsus qoplama berib ishlov berilgan (gruntovka qilingan) mato va h.k.larda bajarilishi mumkin.Ushbu materiallardan eng qulayi qog‘oz. Qog‘ozning ko‘pgina turlari mavjud. Rasm chizish uchun eng avvalo yaxshi zichlangan, yelimga to‘ydirilgan qog‘oz turlari vatman, yarim vatman, Qalamchilik qog‘ozi qo‘l keladi. Ushbu qog‘ozlar qalam chiziq-larini o‘chirg‘ich yordamida ko‘p marotaba o‘chirishga mo‘ljal-langan. Yumshoq va yaxshi yelimlanmagan qog‘ozlarning ustki qatlami o‘chirg‘ich ishlatilganida buziladi va qog‘ozning ustki qismi ko‘chib ketadi. Rasm qog‘ozi zich bo‘lishi bilan birgalik-da, biroz dag‘alroq ham bo‘lishi kerak. 9hunda qalamni qog‘oz ustida yengil yurgizib, yumshoq iz qoldirish mumkin. Qog‘oz sifati uning mustahkamligiga, tashqi tuzilishiga va tusiga (rangiga) qarab belgilanadi. Tuzilishi jihatiga ko‘ra, qog‘ozlarni tekis, qavariqli va tukli yuzali qog‘ozlarga ajratish mumkin. Tekis qog‘ozlar turiga karton, bo‘rlangan qog‘ozlar mansub. Qavariq yuzali qog‘ozlarga esa, masalan, vatman, yarim vatman, qalam- chilik qog‘ozi kiradi; tukli qog‘ozlar - kartonning alohida turla- riga muqova qog‘ozlari kiradi. Shuningdek, qog‘ozlarni rangiga ko‘ra tanlash ham muhim: qog‘oz rangi qanchalik och bo‘lsa, unda turli xil ranglarni ifodalash imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Odatda, rasm chizish uchun oq rangdagi qog‘oz ishlatiladi, ammo, ba'zan unga kulrang va boshqa ranglar uyg‘unlashtiriladi. Tusli qog‘ozni rangdor qilish va unga tus jihatdan mos keladigan tasvir- lar bajarish uchun uning yuzasi enli, yumshoq, mayin mo‘yqalam yordamida suyultirilgan akvarel, sous, achchiq choy yoki qahva bilan bir xil qatlamda qoplanadi. Rasm chizish uchun eng qulay qog‘oz bu yarim vatman hisoblanadi. Yarim vatman bo‘lmagan taqdirda esa, kerakli o‘lchamdagi albom ishlatish maqsadga muvofiq. Yoshlarni rasm chizishga o‘rgatishda dastlab oddiy qora qalamdan foydalanish lozim. Chunki oddiy qora qalamlar bilan buyum hajmini to‘la to‘kis bajarishga o‘rgatilgandagina keyingi murakkabroq vazifalarni oson egallashga yordam beradi. Tarkibidagi bo‘yoq moddasiga ko‘ra, qalamlar grafit, Pетуmь, Italyan , rangli va boshqa turdagilarga bo‘linadi. O‘quv mash-g‘ulotlarida ko‘proq grafitli qalamlar ishlatiladi. Yuqori sifatli grafit qalam qog‘oz ustida yengil harakatlanadi va o‘rta bosimda sinmaydi.
Odatda, uning ustida prizma (qirrali) yoki silindr shaklidagi yog‘och qoplam bo‘ladi. Yosh rassom uchun prizmasimon qalamlar mos keladi.Grafitli qalamlar qattiqligiga ko‘ra, yumshoq (M), o‘rta (TM) va qattiq (T) turlariga bo‘linadi. Yanada yumshoqroq yoki yanada qattiqroq qalamlar o‘sib boruvchi raqamlar bilan belgilanadi: M, 2M, 3M, 4M va hokazolarga yoki T, 2T, 3T «qattiq larga ajratiladi. 9huningdek, qalamlarning quyidagi xalqaro belgilari ham mavjud: yumshoq -В, HB
-o‘rta, H -qattiq. Rassomlar, odatda, yumshoq qalamdan foydalanadilar: qalam qog‘oz yuzasida yengil harakatlantiril-ganida yaxshi chizadi. Shuningdek, yumshoq qalam yosh rassomlarga ko‘plab qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Yumshoq qalamlar osonlikcha sinadi va qisqa vaqtda grifeli o‘tmaslashadi, yosh rassom uchun uni o‘tkirlash, ko‘nikma hosil bo‘lgunicha, biroz qiyin kechadi. Amaliy ish tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlar ushbu qalamlarda shtrix chizganlarida, u juda qalinlashib, qorayib ketadi va u har yerga surkalib qog‘ozni xunuklashtirib yuboradi. Bunday hollarda eng yaxshisi TM, M va 2 M qalamlaridan foydalanish kerak. chiziladigan rasmlar, odatda, grafitli «Кохинор (V-3V), «Конст- руктор (M-3M) hamda «Pетуmь (1, 2 raqamlari) qalamlarida ishlanadi. Xomaki chizgilar nisbatan yumshoq qalamlarda chizilishi mumkin. Qalam ochilayotganda, avval unga konus shakli beriladi, so‘ngra uni qumqog‘ozda silliqlanadi. Bu qalamning juda o‘tkir uchi bilan qog‘ozga ingichka chiziqlar va shtrixlar chizish, yon tomoni bilan qalin va och tus berish imkonini yaratadi. Shuni ham yodda tutish kerakki, o‘ta qisqa yoki noto‘g‘ri ochilgan qalam bilan ishlash ancha mushkul. Rasm ustida ishlash jarayonida o‘chirg‘ichdan (odatda, yumshoq o‘chirg‘ichdan) ham foydalaniladi. U rangni kuchsizlantirish (ochartirish), ortiqcha chiziqlarni olib tashlash (o‘chirish) uchun ishlatiladi. Qattiq o‘chirg‘ichdan alohida holatlarda, masalan, sanginani o‘chirishda foydalaniladi. Oddiy yumshoq o‘chirg‘ich sifatli bo‘lsa, u o‘chirish chog‘ida qog‘oz ustida iz qoldirmasligi kerak. Agar o‘chirg‘ich qoraytirsa yoki juda qattiq bo‘lsa, uni bir- ikki kunga kerosinga solib qo‘yish, so‘ngra esa, 1 -2 soat past olovda qaynatish tavsiya etiladi. U xamirga o‘xshash o‘ta yumshoq bo‘ladi. Bu turdagi o‘chirg‘ich ortiqcha ko‘mir va sous qatlamini olib tashlash uchun juda qulaydir. Tush va bo‘yoqlar bilan ishlash uchun turli raqamli pero va mo‘yqalamlar
kerak bo‘ladi. Rasm chizilayotgan qog‘oz yoki boshqa yuza rassom nigohiga (ko‘z nuriga) nisbatan perpendikular joylashgan bo‘lishi lozim. Bunday holatda rasm borligicha, qisqarmasdan ko‘rinadi.Rasm joylashtirilganida, unga rassomning yoki boshqa jismlarning soyasi tushmasligi kerak. Iloji boricha, chiroqni tepa tarafga, chizuvchining old, chap tomoniga o‘rnatish maq-sadga muvofiqdir. Qog‘ozga quyosh nurlari tushganda yoki rassomning ko‘z oldida chiroq yonib turganida rasm chizish mumkin emas. Ko‘z soyada bo‘lishi kerak. Model joylash-tirilganida, u rasm chizuvchining chap, yon tarafida bo‘lishi lozim: ushbu holatda ishlayotgan qo‘l modelga qarashga xalal bermaydi (chunki, agar model o‘ng tarafda bo‘lsa, u to‘silib qoladi). O‘quv mashg‘ulotlari sharoitida qog‘oz maxsus tagliklarga qal- poqli mix bilan mahkamlanadi. Rasm chizuvchi va qog‘oz o‘rtasidagi oraliq masofa taxminan cho‘zilgan qo‘l uzunligida bo‘lishi kerak. Bu rasmni to‘laligicha ko‘rish, uni tekshirish va asl jism bilan solishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, rasmni doimiy ravishda 2-3 metr uzoqlikdan tekshirib turish tavsiya etiladi. Agar rasm katta bo‘lsa, masofani kattalashtirish kerak. Odatda, molbertda rasm chizilganda, o‘tirib ishlanadi; uning oyoqlarini surib, har xil burchakda joylashtirish mumkin. Katta rasmlar ustida turib ishlanadi. Rasm chizish vaqtida, model to‘liq ko‘rinib turishi zarur. Rassom va chizilayotgan jism orasidagi masofa, jismning katta o‘lchamiga nisbatan 2,5-3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Ish davomida chalg‘imaslik uchun barcha zaruriy asbob va uskunalar ish joyi yaqinida bo‘lishi lozim. Rasm chizishni o‘rganish uchun, avvalo, qalam bilan ishlashning texnik asoslarini mukammal egallashni talab etadi. Bu, o‘z navbatida, tasvirlash mahoratini shakllantirish, amaliy vazifalarni muvaf-faqiyatli o‘zlashtirishga ham xizmat qiladi. Dastlabki mashg‘u- lotlar jismoniy mashqlarni eslatadi. Ular aniq harakatlarni amalga oshiradigan, rasm chizish jarayonida uzoq vaqt ishlaydigan kaftning mayda mushaklarini mustahkamlaydi va dinamikani rivojlantiradi. Rasm chizish turli chiziqlar chizish mahoratini shakllantiruvchi va rasm chizish texnikasini egallashda qo‘l keluvchi eng oddiy mashqlar bajarishdan boshlanadi. Mashqlarning maqsadi- ko‘z bilan chamalash (o‘lchash)ni, qog‘ozga har qanday yo‘nalishda chiziq chizilayotganda, qo‘lning erkin va yengil harakatlanishini ta'minlashdan iborat. Chiziqlar jismni
tasvirlashda eng asosiy vosita hisoblanib, ular ratsional, qalinligi va egrilik darajasi bo‘yicha turli xil bo‘lishi kerak. Chiziqni bitta umumiy harakat bilan chizish, qisqa muddat ichida aniq va ma'noli rasm chizish imkonini beradi. Shu maqsadda, tayyorlov xarakteridagi dastlabki rasmlarni chizishda ko‘zda chamalab chizishni o‘rganish lozim. Yosh rassom faoliyatidagi asosiy kamchiliklardan biri, bu qalamni noto‘g‘ri ushlash. Rassom oddiy daftar o‘lchamidan katta bo‘lmagan yuzaga rasm chizayotgan vaqtidagina, qog‘ozni gorizontal holda joylash-tirishi va o‘tirib ishlashi mumkin. Faqat ushbu holatdagina, qalamni yozish vaqtida ushlagandek qo‘lda tutish mumkin. Qiya o‘rnatilgan taglikda rasm chizilganida, qalamni shunday ushlash kerakki, bosh barmoq uning tepa qismidan bosib tursin, pastki qismini esa, qolgan to‘rt barmoq yoki ko‘rsatkich va o‘rta barmoq bilan ushlanadi. Ushbu holat juda qulay, chunki u rassomga qo‘lini hech qanday qiyinchiliklarsiz uzatib ishlash imkonini beradi. Rasm chizish chog‘ida, qalam yuzaga nisbatan o‘tkir burchakda joylashishi kerak, shunda u qog‘oz bo‘ylab yengil harakatlanadi va mayin iz qoldiradi. Qalamni to‘g‘ri ushlash yana shunisi bilan qulayki, ish davomida qalam muntazam charxlanib boradi va o‘tkirligini yo‘qotmaydi.Qalam noto‘g‘ri ushlanganda, qalam va rasm yuzasi oralig‘ida deyarli to‘g‘ri burchak hosil bo‘ladi, bu yerda chizilgan chiziq qo‘pol bo‘ladi, qalam uchi tez ishdan chiqadi va qog‘oz yuzasi qiriladi. Qalam noto‘g‘ri ushlanganda, shuningdek, barcha chiziqlar qora, juda qalin bo‘ladi va bu tasvir saviyasini tushirib yuboradi. Ish jarayonida rassom chizilayotgan jismni yaxlitligicha ko‘rib turishi kerak. Bu o‘z vaqtida xatolarni anglab yetish va tuzatish imkonini beradi. Natijada, vazifa to‘g‘ri bajariladi. Rassom va chizilayotgan rasm o‘rtasidagi masofa belgilangan tartibda bo‘lishi lozim; rasm chizuvchining qo‘li esa, cho‘zilgan holatda bo‘lishi kerak, chunki bukilgan qo‘ldan ko‘ra, cho‘zilgan qo‘l bilan rasm chizish qulayroq. Ammo, qo‘l cho‘zilganda uni erkin tuta bilish va yuza bo‘ylab yengil harakatlantira olish muhim hisoblanadi. Agar ehtiyoj sezilsa, so‘nggi ikki barmoqni rasm yuzasiga tirab ishlash mumkin. Bunda qo‘l tagidagi chizilgan rasm surkalib ketmaydi.Qalam ushlanganida, qo‘l erkin harakatlanishi kerak. Ish boshida, uning orqa qismidan ushlanadi. Bu tezkorlik bilan uzun shtrix chiziqlar chizish imkonini beradi, shuningdek, doimiy ravishda rasm
yuzasini ko‘rib turishga sharoit yaratadi. Rasm chizish jarayoni davom etishi bilan, qalam ushlash uslubi ham o‘zgarib boradi. Rasm tugallanayotganida, qalamning ochilgan tarafi barmoqlarga yaqin bo‘ladi va ushbu holatda shaklning mayda bo‘laklari va aniq shtrixlar bilan bajariladi. Rasm chizish sirlarini egallash uchun ma'lum tizimdagi mashg‘ulotlar talab qilinganligi tufayli, auditoriya sharoitidagi darslardan so‘ng, uy vazifasi doimiy tarzda bajarilib borilishi shart. Shu sababli, uy sharoitida ish joyini tayyorlash muhim hisoblanadi. Qog‘ozni mahkamlash uchun 50x70 sm o‘lchamga ega bo‘lgan to‘g‘ri burchakli taxta (planshet) kerak. Planshetni mustahkam- lash uchun fanerga 2x3 sm o‘lchamli yog‘och qoqiladi. Plan- shetga oyoqchalarning o‘rnatilishi, planshet yuzasini ish jarayoni uchun zaruriy va qulay bo‘lgan burchakda joylashtirish imkoni- ni beradi. Planshet-taglikka qog‘oz tortish usullari 14-rasmda ko‘rsatilgan.


11-rasm

Download 13,26 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 13,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Amaliy mashg’ulot: Xomaki va qoralamalar ishlash

Download 13,26 Mb.