|
-Amaliy mashg’ulot: . Geometrik shakllardan iborat Kub, shar, silindr, konus, piramida, prizma gipsli natyurmort ishlash
| bet | 5/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs 4-Amaliy mashg’ulot: . Geometrik shakllardan iborat Kub, shar, silindr, konus, piramida, prizma gipsli natyurmort ishlash
Qalamtasvir sirlarini egallash va uni sifatli amalga oshirish uchun tasviriy san'atdagi texnik bilim, malaka va tajribalarni o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Rasm chizish texnikasi haqida gapirilganda, tasvir vositalari (chiziq, shtrix va h.k.), materiallar (qalam, ko‘mir, qog‘oz va h.k.), ish usullari va asar yaratish jarayonida ko‘maklashuvchi barcha asosiy narsalar tushuniladi.
Tasvir mukammalligi, oddiy vositalar yordamida yuqori tasvirga erishish va rassomchilik san'atining mohiyatini ochib bera oladigan asarlar yaratishni ko‘zda tutadi. 9hu bilan birgalikda, tasvirda rassomning ma'lum bir jihatlari, uning xarakterli xususiyatlari- ning ba'zi qirrali aks etadi. Rasm chizish texnikasining bilim va tajribasini o‘zlashtirish ko‘plab ishlarni yengillashtiradi, o‘quvchining grafika tilini boyitadi va uni tasviriy mahoratni egallashga tayyorlaydi. Rasm chizish jarayonida uning texnik tomonlarini o‘zlashtirish jismlarni realistik tasvirlash uslublarini bilish bilan bog‘liq. Realistik tasvirning vazifasi jismlarning perspektiv tasvirini ish- lash, obyektlarning xarakterli xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 9hakl deganda, barcha buyum va shakllarning geometrik asosini tashkil etuvchi, tashqi ko‘rinishi va xarakterlarini ochib beruvchi yuza qismi va konturi tushuniladi. Har bir jism, qaysi nuqtadan qaralishiga ko‘ra, o‘zgarib, ko‘rinishidan tashqari, doimiy o‘zgarmas shakliga ham ega. Inson doimiy ravishda ko‘plab jismlardan taassurot oladi. Natijada, ush- bu jismlar va hodisalarning belgilari nafaqat insonda taassurot qol- diradi, balki o‘xshashligi yuzasidan bir-biri bilan taqqoslanadi: shakl shakl bilan, rang rang bilan va h.k. Bunda har bir jismning doimiy, xarakterli va yorqin belgilari yaxshiroq yodda qoladi. 9hu- ning uchun jismni tanish uchun uning har bir qismini idrok etish shart emas. Har bir jism o‘ziga xos xususiyatlarga ega va ular orqali jismni osonlikcha taniymiz. Jism haqida aniq va to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish uchun, ushbu jismni boshqa jismlardan ajratib turuvchi ba'zi xarakterli belgilarni tasvirlash kifoya qiladi. Ushbu belgilarning rasmda mavjud bo‘lmasligi, jismni tanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Aksincha, ikkinchi darajali belgilar mavjud bo‘lmaganda, tasvir sifati deyarli o‘zgarmaydi. Ikkilamchi bo‘laklarning birlamchi bo‘laklarga bo‘ysunishi, xarakterli, tiрik qismlarning ajratilishi tasvirni haqi- qatga yaqinlashtiradi, tomoshabinga jismni osonroq idrok etish imkonini beradi. Jism shaklidagi barcha zaruriy narsalarni rasmda iloji boricha to‘liq tasvirlab, ikkilamchi qismlarni yengil chizgilarda ko‘rsatish kerak. Jismning tabiiy ko‘rinishini tasvirlash — uning fotosuratdagi ko‘rinishini emas, balki o‘sha jismning ko‘rinib turgan qismining asosiy, xarakterli belgilarini ifodalashdan iborat. Har qanday jism asosiy uch o‘lchov asosida xarakterlanadi kengligi, uzunligi, balandligi,
boshqacha aytganda hajmiga ko‘ra. Hajm deganda, jismning uch tomoni o‘lchamlari tushuniladi. Eng oddiy jismlarni chizganda ham, ularning shaklidagi asosiy belgi- larga e'tibor berish lozim. Shakl ko‘rinishi faqatgina unga qaysi nuqtadan qaralganida o‘zgaribgina qolmay, balki jism haqidagi tasavvurni o‘zgartirib yubora oluvchi yorug‘lik va jism toni holatiga ham bog‘liq. Lekin tasviriy san'atning haykaltaroshlik turida haykaltarosh-rassom hech qachon ushbu holatlarga e'tibor qaratmaydi, chunki u o‘z ijodida shakl bilan ishlaydi: ba'zi paytlarda u modelning mayda, ko‘zga unchalik tashlanmaydigan qismlariga e'tibor bermasligi yoki ko‘rmasligi mumkin. Bu borada rassom haykaltaroshdan o‘rnak olishi kerak. Rassom uchun jismni ko‘rishi kifoya qilmaydi, u o‘sha jismni bilishi va his qilishi ham lozim. Rasm ustida ishlay turib, rassom xayolan go‘yoki, haykal yasagandek harakat qilishi kerak. Rasmga hajmli ko‘rinish berish uchun, jismlarning konstruktiv tuzilishini ko‘ra olish darkor. Misol uchun, kub chizish jarayonida faqat ko‘rinib turgan qism bilan chegaralanish kerak emas. Uni mantiqan butun tasavvur etib, rasmda ko‘rinmaydigan qismini ham tasvirlash lozim. Yosh rassom qog‘ozga hajmli jism tasvirini tushira turib, uning ichki proyeksiyasini ham chizishi shart. Bunda jism xuddi oynadan yasalgandek ko‘rinadi. Bu mash- g‘ulot jismning tub mohiyati va uning tuzilishini o‘rganishga yordam beradi. Konstruksiya har qanday jismning asosini tashkil etadi. Kons- truksiya yoki jismning tuzilishi asosida uning elementlari va qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Ushbu tushuncha barcha jismlarga - tabiat va inson qo‘li bilan yaratilgan jismlarga taalluqli. Jism konstruksiyasini tushunish ijodkorga asarni ongli ravishda va hajmdor tarzda ishlash imkonini beradi. Bunday usulda izlanish borasida qadimgi rassomlar ko‘plab nazariy va amaliy maslahatlar qoldirishgan. A.P. Shapojnikov hamda buyuk nemis rassomi Albrext Dyurerlarning inson tasvirini chizishda chiziqli konstruksiyadan qay darajada foydalanganlarini ko‘rishimiz mumkin. Bu usulda ishlash shakl- ning qanday murakkab bo‘lishidan qat'i nazar, uni uch o‘lchamli qilib realistik tarzda tasvirlash imkonini beradi. Ko‘zga ko‘ringan barcha narsalarni (kontur, chiziqlar, bo‘laklar, och va to‘q rangli dog‘lar va h.k.ni) mexanik tarzda ko‘chirib chizish asl tasvirni hosil qilmaydi. shhaklni tasvirlay turib, uning kons- truksiyasini his etish
kerak. Jism konstruksiyasiga asoslangan asl shaklni izlash, naturadan rasm chizishning tahliliy uslubini egallash uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Rasmdagi ushbu konstruksiya oddiy tarh ko‘rinishidan murakkab ko‘rinishga o‘tib boradi. Ish avvalida chizilayotgan rasmning shaklini to‘liq tushunish uchun, o‘sha jismning turli tomonlarini yaxshilab o‘rganib chi- qish tavsiya etiladi. Masalan, insonni old tarafidan chizilganda, uni yon va orqa tarafidan ham kuzatish kerak. 9haklni turli tarafdan ko‘rib chiqilganidan so‘ng, uning ma'lum nuqtadagi ko‘rinishini chizish lozim. Har qanday jism, u qanchalik murakkab bo‘lmasin, qog‘oz yuzasiga joylashtiriladi. 9o‘ngra, belgilangan shakl to‘g‘riligiga ishonch hosil qilingach, jism nisbatlarini oydinlashtirish uchun dastlabki chizgilar chiziladi. Shhakl va konstruksiyani yuzaga chiqarishda rasm chizish texnik malakalarini to‘g‘ri egallaganlik, shtrix xarakteri va yo‘nalishi, yorug‘-soya tuslarini haqqoniy bajarganlik katta o‘rin tutadi. Tabiatda bizni o‘rab turgan barcha jismlar uch o‘lchamlidir. Lekin rassom uni ikki o‘lchamli qog‘ozda aks ettirishi kerak (baland- ligi va kengligi). Ikki o‘lchamli yuzada uch o‘lchamli jismlarni bo‘rttirib, hajmdor qilib bajara olish tasviriy san'at, xususan, qalamtasvirning asosi hisoblanadi. Naturadan tasvirlashning dast- labki bosqichida rassom ma'lum bir yordamchi chiziqlar chizadi. Ushbu chiziqlar aniq bo‘lishiga qaramay shartlidir, chunki tabiatda chiziqlar mavjud bo‘lmay, ular faqat jismlarning biron- bir yuzasi chegaralarini anglatish uchungina qo‘llanadi. 9hu sa- babli, chiziqli tasvirlar doimo ma'lum miqdorda shartli bo‘lib, birgina chiziq bilan uch o‘lchamli jism tasvirini haqqoniy tarzda bo‘rttirib, hajmdor qilib ifodalash mumkin emas. Chiziqning ma'lum bir mashqdagi o‘rni ahamiyatli bo‘lishi mumkin, ammo bunday holda tomoshabin jism hajmini o‘zicha tasavvur qiladi. Chiziq rasm chizishda asosiy tasvir vositasi bo‘lib, uning xarak- teri rassom uchun ma'lum ish quroli yoki vosita vazifasini o‘taydi. Rassomning u yoki bu vazifani haqqoniy bajarishi — chiziqlarni qaysi uslub va qog‘oz sirtida qanday bosimda yurgizib hosil qilishiga bog‘liq. Rasmdagi chiziq erkin va turli xil bo‘lishi: ba'zan kuchli, birlamchi va qora, ba'zan yengil, biroz bilinar-bilinmas bo‘lishi mumkin. Qattiq bosib hosil qilingan chiziq ko‘proq buyumning soya qismlarini to‘q tusga kiritish ma'lum bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday chiziqlar fazodagi shaklni perspektivaga asosan qisqarib ko‘rinishida, ya'ni masofadagi jism tasvirini ifodalash uchun qo‘llanilmaydi. Bunday chiziqlarni dekorativ tasvirlar ba- jarishda ishlatish mumkin. Yengil tusga ega chiziqlar (qattiq bosmasdan chizilgan chiziq) har bir vazifaning dastlabki bosqichi uchun xarakterlidir. U tasvirni qog‘oz sirtida umumiy joylashtirish va buyumlarning kompozitsiya jihatdan o‘rnini aniqlashda, umumiy konturni belgilashda hamda nisbatlarni ko‘rsatishda yordamchi chiziq vazifasini o‘taydi. Yosh rassom o‘z mahoratini shakllantirishi va tasviriy san'atdagi texnik harakatlarini rivojlantirishi va ko‘z bilan chamalash qobiliyatlarini o‘stirishi uchun bir qator mashqlarni bajarishi lozim: turli chiziqlar orqali buyum shakllarini alohida chizish, shaklga hajm berishda shtrixlar orasidagi oraliqlarning bir xilligiga eri- shish va shu kabilar. To‘g‘ri chiziqlarni qo‘lni uzmasdan (shakl- ning boshidan oxirigacha butun holda) chizish talab etiladi, egri chiziqlarni esa (sferik hajmlarda), yarim yoy, siniq chiziqlar orqali chizish maqsadga muvofiqdir. Tasvirdagi ba'zi bir tuzatishlarni imkoni boricha o‘chirg‘ich ishlatmasdan amalga oshirish kerak. Garchi, tasvir to‘g‘ri chizilgan bo‘lib, agar u faqat bir xil qalin- likdagi chiziqlardan iborat bo‘lsa, albatta, quruq qalamga aylanib qoladi va unga qanchalik darajada hajm mukammal bo‘lishiga qaramasdan, tomoshabinda yoqimsiz taassurot qoldiradi. Chunki buyum shaklning atrofi quruq konturlardan iborat bo‘ladi. Bu haqda o‘tmishda yashab ijod etgan buyuk rassomlar o‘z fikr- larini shunday bayon etganlar: «9huni yodda tutingki, shaklda chiziq yo‘q, ammo hajm mavjud, rasm chizayotganingizda kontur emas, relyef haqida o‘ylang. Chunki relyef konturni boshqaradi . Tasviriy san'at, xususan, qalamtasvir ham musiqa kabi o‘z ohanglariga ega. Haqiqiy maqomchi yoki sozanda, ijro davomida qo‘shiqning alohida joylariga ovoz va kuyni balandlatib yoxud pastlatib urg‘u bergani kabi, tasviriy san'atda ham rassom naturaga qo‘yilgan shakllarning asosiy joylariga ko‘proq e'tibor bergan holda bo‘rttirib ko‘rsatishi va aksincha, ikkinchi darajali qismlarini bilinar- bilinmas qilib tasvirlashi kerak. 9hundagina asar haqqoniy chiqadi va tomoshabin qalbidan joy oladi. Aytish mumkinki, tasvirdagi chiziqlar ham ohangdor bo‘lishi lozim: ba'zan ular bassli tor kabi qalin va kuchli, ba'zan esa, ingichka ritmda, ammo baland jaranglashi mumkin.
9haklning kenglikdagi harakatini ifodalashda, chiziq ijodiy mohiyatining rassom chizayotgan rasmdagi ko‘rinishi alohida musiqiy va ta'sirli mazmun aks ettiradi. O‘tmishda yashab ijod etgan Leonardo da Vinchi, Rafael Santi, Albrext Dyurer, Mikel- anjelo Buanorotti kabi mashhur rassomlar tomonidan ishlangan asarlar buning isbotidir. Ularni o‘rganish davomida turli xarak- terdagi chiziqlarni ko‘rishimiz mumkin. Ular ba'zan siyraklashib, ba'zan quyuqlashib, kengayib boradi. Ushbu rassomlar qalamni turli holatlarda, bosimda va burchakda ushlab, ingichka keng chiziqlarni hosil qilishgan. Ingichka, zo‘rg‘a ko‘zga ilinadigan chiziqlar shakl atrofida, yorug‘-soya chegaralarida bo‘ladi va jismga yorug‘lik tushayotganligini bildiradi. Qalin, to‘q chiziqlar esa, shaklning soya tushgan yuzasini ko‘rsatadi. Turli xarak- terdagi chiziqlar chizilayotgan buyumning hajmi, unga tushayot- gan yorug‘lik miqdori va uning joylashgan o‘rnini ifodalash hamda plastik xususiyatlarini tezda hal etish imkonini beradi. Chiziq xarakteri ma'lum miqdorda material va ish quroliga — qog‘oz yuzasi va zichligiga, grafitning qattiqligiga ham bog‘liq. Qalam, ko‘mir, sangina yengil va nafis chiziq hosil qiladi; pero, flomaster, mo‘yqalam — nisbatan to‘q, dag‘al chiziqlar chizishda ishlatiladi. Agar oppoq tus kerak bo‘lsa, yumshoq o‘chirg‘ichni mahkam ushlab, u tez-tez harakat bilan yurgiziladi. Ochroq tus hosil qilish uchun o‘chirg‘ich yordamida ortiqcha grafitni o‘chirib tashlash kifoya qiladi. Tusli rasmlarda shtrixning qalinligi va xarak- teri jismning u yoki bu qismini tasvirlash darajasiga ko‘ra, turlicha bo‘lishi mumkin. Qalamga beriladigan bosim shtrix xarakterini belgilaydi.
Shtrix — bu nisbatan qisqa chiziqlar. Bir joyda ko‘p, ikkinchi joyda kam bo‘lishi bilan, ular rasmda turli tus hosil qiladi. Qismlarga turli miqdorda shtrixlar chizish tasvirlanayotgan jismning hajmi va shak- lini ko‘rsatib berish imkonini beradi. Tekis qatlam bir xil oraliq va tondagi shtrixlar yordamida, masalan, kvadrat diagonali bo‘yicha hosil qilinadi. Yanada to‘qroq tusga erishish uchun birinchi qat- lam ustidan boshqa yo‘nalishda ikkinchisi qoplanadi. Och tusdan to‘qiga va to‘q tus- dan ochiga yengil o‘tish uchun quyidagi ikki usuldan foydalanish mumkin: turli xil tus chegaralariga soya tushirish yoki bo‘lmasa, qalam bosimi va shtrixlar orali- g‘ini doimiy ravishda o‘zgartirish orqali. Shtrix ishlash xarakteri jism shakli bilan monand
bo‘lishi, bu nafaqat shakl hajmining rasmda to‘g‘ri ifodalanishi, balki jism tuzilishi haqqoniy chiqishiga imkon yaratadi. Har qanday noto‘g‘ri bajarilgan shtrix tasvirning soxtaligi bilan ajralib turadi va uni buzadi. shakllarga berilgan shtrixlarning turlari ko‘rsatilgan Shtrixlar o‘z shakliga ko‘ra, sferik; shakllarda spiral; to‘rtburchak yuzalarda esa, shakl bo‘yicha to‘g‘ri ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Bir rasmning o‘zida shtrixlarning ikki yo‘nalishi ko‘rsatilishi mumkin. Yoysimon yo‘nalishli shtrixlarni ba'zi shakllarga nisbatan, masalan, shar chizishda ishlatish maqsadga muvofiq. Tekis yuzalarni (qirrali jismlarni) tasvirlash uchun to‘g‘ri chiziqli shtrixlar qo‘llanadi. Egri yuzalarga — egri chiziqli — yarim doira shaklidagi shtrixlar mos keladi. Shtrixlarni tanlashda jismlarning tasvirlanayotgan kenglikdagi nisbiy joylashuvi hisobga olinadi: shtrixlarning bir-biriga yaqin joylashuvi to‘q tus ko‘rinish beradi; uncha katta bo‘lmagan oraliqdagi qalin shtrixlar ular orasidagi farqlarni oshiradi va birinchi holatdan farqli o‘laroq, shtrixlangan joyni oldingi o‘ringa olib chiqadi; shtrixlarning oralig‘ini qat'iy saqlagan holda ularni yanada qalinlashtirish — buyumning tus jihatidan oshishiga va shtrixlarning ta'sir kuchi ko‘payishiga olib keladi. Biron-bir rasm ishlanganda, jismning rassomga nisbatan qanday holatda joylashganini hisobga olish bilan birga, uning rangi, tushayotgan yorug‘lik miqdori, kenglikdagi perspektiv ko‘rinishi hamda fakturasi ham hisobga olinishi kerak. Kuchli tuslardan iborat shtrixlar tasvirdagi ma'lum bir qismlarni oldingi o‘ringa olib chi- qishda ishlatiladi. Oldingi qatordagi jismlar yorqin, to‘q tusli, kes- kin shtrixlardan iborat bo‘lishi lozim. Katta yuzalarning jismga yorug‘- lik tushishiga qarab, shtrix chiziqlar ko‘ndalang bo‘lishi tavsiya etiladi. Tus berilgan rasmlarda shtrixlarning qalinligi va xarakteri u yoki bu yuzaning ko‘rinish darajasiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Shuni ta'kidlash kerakki, ortiqcha qalinlikdagi, siyrak (oraliq masofasi kichik bo‘lgan), katta burchaklarni kesib o‘tuvchi va shakl hajmiga nisbatan teskari berilgan shtrixlar rasmga xunuk, «sim- to‘r ko‘rinish beradi va jismning tasvirini buzadi.
Tasviriy san'at, xususan, qalamtasvir bajarishda jism shaklini anglashga, tanishga ko‘maklashuvchi yana bir xarakterli jihat, bu — uning nisbatlari. Jismlar shakl jihatdan balandligi va kengligiga ega.
Tasvir bajarishda nisbat — jism qismlari o‘lchamlarini bir-biri va butun jism bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Har bir jism yoki obyekt o‘ziga xos ma'lum nisbatlarga ega. Nisbat mu- nosabatlarini his qilish rasm chizish jarayonidagi eng asosiy va zaruriy jihatlardan biridir. Jism nisbatlari qanchalik to‘g‘ri aniq- lansa, uning tasviri shunchalik haqiqatga yaqin bo‘ladi. Nisbatlar buzilganida, tasvir ham sun'iy chiqadi va haqiqatdan yiroq bo‘ladi. Barcha murakkab shakllar har xil nuqtada turlicha idrok etila- di. Ammo bundan qat'i nazar, har bir shakl idrok etilishi va tabi- atda ega bo‘lgan xarakteri va nisbatlarini o‘zida mujassamlashtirishi kerak. Agar qismlarning o‘zaro munosabati mashg‘ulot davomida chizilgan rasmlarda noto‘g‘ri ifodalangan bo‘lsa, to‘g‘ri perspektiv tuzilish ham, ajoyib yorug‘lik foni va rang ham tasvirni tabiiy qila olmaydi. Rasmdagi jism nisbatini to‘g‘ri aniqlash rassomning ko‘z bi- lan chamalash mahoratiga bog‘liq. Jismlar bir tizim va tarzda chizil- ganda, chamalash qobiliyati muntazam rivojlanib boradi. 9hu- ning uchun o‘quvchi shakllar nisbatlarini aniqlashda ko‘proq chamalash orqali buyum va shakllarni o‘zlashtirishi lozim. Bir guruh jismlar chizilganda, yanada qiyinroq vazifa — bir guruh jismlar nisbatlarini aniqlash vazifasi yuzaga keladi. Bunday hollarda ko‘z bilan jismlar va ularning qismlari kattaligini solishtirishning umumiy usulidan foydalaniladi. Odatda, o‘lchov birligi sifatida ushbu tasvirlanayotgan guruhlarga mansub bir jismning kattaligini olish mumkin.
Biz atrofimizdagi jismlar shaklini ularga qay darajada yorug‘lik tushgani uchun ko‘ramiz. Jismning shakli, xarakteri va materialga yaqinligi, yorug‘likning unda aks etishi ham turlicha bo‘ladi. Har qanday hajmli jism tekis yoki egri yuzaga ega bo‘ladi va yorug‘lik tushganida, ularning ko‘rinishlari o‘zgaradi: yorug‘lik nurlari jismning turli yuzalariga tushib, ularni notekis yoritadi. Yuzaning ba'zi qismlariga ko‘proq, ba'zilariga esa, kam yorug‘lik tushadi. Yuzaga tushuvchi yorug‘lik miqdori, eng avvalo, yorug‘lik man- bayi va jism oralig‘idagi masofaga va jism manbaga nisbatan qay darajada joylashganligiga bog‘liq. Yuzaning yoritilganlik darajasi yorug‘lik yuzaga qanday burchak ostida tushishiga ham bog‘liq. Yuzaga to‘g‘ri burchak ostida, ya'ni perpendikular holatda yorug‘lik tush- ganida, uning yorishish darajasi eng yuqori nuqtada bo‘ladi va buyumdagi ushbu nuqta eng yorug‘ hisoblanadi.
Jism yuzasi yorug‘lik manbayiga nisbatan qiyaroq burchakda joylashgan bo‘lsa, yuzaning yoritilish darajasi kamroq bo‘ladi: bu yuzadan nurlar sirg‘alib ketgandek bo‘ladi. Tekis va yaltiroq yuza, dag‘al yoki xira yuzaga nisbatan yorug‘likni o‘zida ko‘proq aks ettiradi. To‘q rangli yuzalar ko‘p miqdorda yorug‘likni yutib yuborib, oz miqdorda aks ettiradi. Jismning yoritilganlik darajasini idrok etish jism rangiga, yorug‘lik tarqalish miqdoriga, kuzatuvchi va jism oralig‘idagi maso- faga hamda tabiat hodisalariga (chang-to‘zon, havo bulutligi, tuman, shamol) va boshqa omillarga bog‘liq. Jismlarning turli yuza- larida yorug‘likning taqsimlanishi ushbu barcha xususiyatlari tasviriy san'atda yorug‘-soya munosabatlari deb yuritiladi. Yorug‘lik manbayi buyumdan uzoqlashgani sari, undagi yorug‘ yuzalar to‘qlashadi. Qirrali yuzalarda yorug‘-soya o‘zgarishi aniq bo‘lsa, qiya yu- zalarda esa, masalan, shar, silindr kabi yuzalarda yorug‘likdan soyaga o‘tish jarayoni sekin, noaniq yuz beradi va ularning ekva- tori to‘qroq tusda bo‘ladi. Och rangli jismlarda to‘q rangli jismlarga nisbatan yorug‘lik soyasi aniqroq ko‘rinadi. 9huning uchun turli ko‘rinishdagi yorug‘-soya taqsimlanishi bo‘yicha qoidalar giрs geometrik jismlarni chizish chog‘ida o‘zlashtiriladi. 9hundan so‘ng, tuzilishi to‘g‘ri geometrik shakllarga yaqin bo‘lgan jismlar yoki turli tus va fakturaga ega bo‘lgan (metall, oyna, yog‘och, mato va h.k.), shakl jihatidan bir-biriga o‘xshash tabiiy jismlar chiziladi. Jism rassomdan qanchalik olislashib, kenglik sari ketsa, yorug‘- soya kontrasti shunchalik xiralashadi va so‘nib boradi. Ushbu hodisa fazoviy perspektiva deb nomlanadi. Fazo perspektivasi hodisasi va yorug‘-soya qonunini har qanday vaziyatda hisobga olish kerak. Masalan, boshni old tarafdan chizish chog‘ida burun va ko‘z chuqurligining hajmini ko‘rsatib berish uchun boshning boshqa qismlariga nisbatan kontrast vositalar (yorug‘lik soyasi, shtrixlar va h.k. kontrasti) qo‘llaniladi va har bir bo‘lak ustida ko‘proq ish- lanadi. 9htrix yordamida hosil qilinadigan tus yorug‘-soya qonuniga — yorug‘likning jism tuzilishiga ko‘ra yuza bo‘ylab taqsimlani- shi qonuniga bo‘ysunadi. Yorug‘-soya qonuni rasmda shakl bilan birgalikda fazoni, tas- virdagi jismning joylashgan o‘rnini hamda tabiiylikni yanada to‘liqroq va ravshanroq tasvirlash imkonini beradi. Rasmdagi jismning yorug‘lik tushgan qismi yorug‘lik deb, soyada joylashgan qismi esa soya deb yuritiladi.
Yorug‘likdan soyaga o‘tish nimsoya deb nomlanadi. Shaxsiy soya, shunday deb nomlash mum- kin bo‘lsa, jismning yorug‘lik manbayiga qaragan yuzasida hosil bo‘ladi. Shaxsiy soyalarning, shuningdek, nisbatan yorug‘ qismlari — reflekslari, ya'ni shaxsiy soyani yorug‘lik nurlarining bir qismi bilan yoritilishi holati ham bo‘ladi. Jismdan yuzaga yoki boshqa jismga tushayotgan soya tushuvchi soya deb nomlanadi. Yaltiroq yuzaga ega jismlarning (oyna, metall va h.k.) yorug‘lik tushgan tarafida jilvani (refleks) - jism yuzasidagi rassom ko‘zini qamashtiruvchi, tushayotgan yorug‘likning asosiy qismini aks etuvchi joyni payqash mumkin. Jilva, asosan, egri, botiq, yorug‘likni o‘zida kuchli qaytarish xususiyatiga ega buyumlarda kuza- tiladi. Jilva jism shakli va hajmini tasvirlashda katta ahamiyatga ega. Jilvaning o‘rni, turi hamda o‘lchamini to‘g‘ri tanlash jismning cheklangan tasviriy vositalar yordamida ishlangan siluetli suratida ham juda ahamiyatli va u ushbu jismning shakli va hajmini ko‘rsatib berishga xizmat qiladi. Aksincha, noto‘g‘ri chizilgan jilva, butun rasm to‘g‘ri ishlangan taq- dirda ham, shaklni buzadi shar hajmiga shakl berish orqali uning yuzasidagi yorug‘ soya munosabatlarini ko‘rishimiz mumkin: 1—yorug‘lik; 2—yalti- roqlik; S—yarim soya; 4—soya; 5—aks yorug‘lik; 6— tushuvchi soya. Tasvirdagi jismning hajmligiga erishish uchun yorug‘ va soya tushuvchi yuzalarning kon- trastini mohirlik bilan ishlash zarur. Buning uchun eng yorqin va eng to‘q joylarni aniqlash kifoya qilmaydi, shu sababli shaklning hajmini shtrix yoki chiziq bilan belgilab chiqiladi. Jism shaklining umumiy ko‘rinishini tasvirlash vazifasining amaliy yechimi chiziqdan hajmga o‘tish jarayonini amalga oshirish- dan iborat. Buning uchun avval jismning nisbati chiziqlar yor- damida shartli ravishda belgilab olinadi, keyin jism yuzasidagi soya qismlarining hajmi shtrixlash yo‘li bilan hosil qilinadi. Rassom oldida yorug‘ va soya yuzalarga ega bo‘lgan jism turganligi uchun, uni tasvirlashda faqat chiziqlardan foydalanish, jismning yorug‘ va soya qismlari bilan chalg‘ib, xato qilishga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda tasvirlanayotgan jismning asosiy nisbatlari va hajmini aniqlash, shuningdek, asosiy nisbatlarini belgilab, darhol uning hajmini hosil qilish va kichik detallariga ishlov berish maqsadga muvofiq sanaladi. 9huning uchun asosiy qismlarni belgilab olib, nisbatlarni tekshirish uchun darhol umumiy yorug‘lik va
asosiy soyalarni o‘rganib chiqish kerak. Har doim rasmni yaxlit- ligicha chizish kerak bo‘ladi. Vazifani tasvirlashda muntazam ravishda bo‘laklarga ham to‘xtalib turish lozim. Rasm chizish texnikasida shunday xayoliy (tabiatda mavjud bo‘lmagan
— illuziya) shakllar borki, ular jism o‘lchamini id- rok etishga ta'sir ko‘rsatadi. Bir xil maydonga ega qora-oq va oq- qora to‘rtburchaklar tomoshabindan bir xil uzoqlikda joylashtirilgan bo‘lsada, ularning kattaligi har xilga o‘xshaydi (oq to‘rtburchak kattaroq ko‘rinadi). Shuning uchun chiziqli, shtrix- lanmagan tasvir rangli yuzaga nisbatan yirik tuyuladi. Ba'zan nisbatni qanday idrok etishga shtrixlarning yo‘nalishi ham ta'sir ko‘rsatadi. Tekis shakl — kvadratga — eng yaxshisi uning che- garalarini davom ettirmaydigan qiya shtrixlar; kvadrat shaklga nisbatan vertikal yoki gorizontal shtrixlarning ishlatilishi shakl o‘lchamini qisqartirgandek tuyuladi. Ingichka, uzun qirralarga nisbatan (masalan, stolning yon tarafi) ko‘ndalang shtrixlar qo‘llash yaxshi natija beradi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, rassomlar o‘zlari ista- ganlaricha ko‘plab texnik uslublardan foydalanishgani bois, ular- ni hammaga va har bir rasm chizuvchiga tavsiya qilish mumkin emas. Rasm chizishda asosiy narsa, bu — natija va har bir rassom- ning o‘ziga xos ishlash texnik jihatlari uning ishiga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Shakllarda tus munosabatlari. Jismning ustki qismi rangi, unga tushayotgan yorug‘lik miqdori, rassom ko‘z nuriga nisbatan buri- lish burchagi va masofasi (yorishganlik va rang bilan to‘yinganlik darajasiga ko‘ra, turlicha bo‘lgan) naturaning joylashgan o‘rnini belgilab beradi. Jismning yoritilgan yuzasidan soyadagi yuzasini ajratish va uni rasmda tasvirlash faqatgina ton orqali amalga oshirilishi mum- kin. Rasmdagi ton, bu — har xil bosimda tushirilgan axromatik rang (kulrang), u tarkibiy yuzalarning yorqinligini ifodalash uchun ishlatiladi. Tabiatda kuzatiladigan ton munosabatlarini mutlaq aniqlikda rasmga o‘tkazish mumkin emas. Chunki, rassomchilik materiallari (qog‘oz, qalam, ko‘mir va h.k.) soyaning eng to‘q, masalan, baxmalga o‘xshash qismini yoki yaraqlab turgan jilvani borligicha tasvirlash imkonini bermaydi. Bunga intilish ham kerak emas. Realistik rasmlarda tasvirning tabiatga proporsional alohida qismlari tuslarining xilma-xilligiga e'tibor berish muhim hisoblanadi. Shu yo‘sinda har bir rasm o‘zining tus masshtabiga ega bo‘ladi (eng och tusdan — qog‘oz yuzasi,
eng to‘q tusgacha — qalam). Rasm- lardagi boshqa barcha oraliq nuqtadagi yorug‘lik tuslari, nimsoya, shaxsiy soya va tushuvchi soya, jismning shaxsiy soyasi bilan solishtiriladi. Agar rasmdagi barcha soya joylashuvlari, uning tusidan qat'i nazar, to‘g‘ri deb topilsa, u orqali tabiiy jismni ko‘rishimiz va jism qanday materialdan tayyorlanganligi haqida tasav- vurga ega bo‘lishimiz mumkin. To‘g‘ri tanlangan tus munosabatlari rasmdagi jism tasviriga tabiiylik va haqqoniylik baxsh etadi. Bitta rangda ishlangan suratlar g‘oyibona tarzda nafaqat jism shakli va yoritilgan yuzalarining farqini, balki jism materiali, fakturasi xususiyatini ham (turli uslublar yordamida) tasvirlash imkonini yaratadi: oyna yoki metallning yal- tiroq yuzasi, giрsning xira yuzasi, tana terisi, matolarning mayinligini va h.k. ochib beradi. Tasviriy san'atda taqqoslash usuli. Tabiiy jism tasviri ishlanganida, birinchi navbatda, shakl nisbatlarini to‘g‘ri belgilash hamda ularning ton munosabatlarini tasvir masshtabida, ishla- tilayotgan material (qalam, ko‘mir va h.k.) imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, tasvirlash kerak. 9hunda jism yoki obyektning haqqoniy, tabiiy tasviri hosil bo‘ladi. Tasviriy san'at qoidalariga asoslanib, texnik uslublar va tasvir vositalarini to‘g‘ri qo‘llab rasm chizayotganida, rassom shaklni tekis yuzada haqqoniy tasvirlash bo‘yicha bir qator qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Barcha mashg‘ulotlarda bo‘lgani kabi, giрs geometrik shakllarning qalamtasvirini bajarish ham tasviriy san'atning oltin qonuni - oddiydan murakkabga uslubida amalga oshiriladi. Ma'lumki, bizni o‘rab turgan predmetlar dunyosining barchasi geometrik shakllarga asoslangan (shar, kub, prizma, konus, piramida, silindr, parallelepi ped va h.k.lar). Shakllarning giрsdan bo‘lishining asosiy sababi, ular aksariyat hollarda sun'iy yoritgichlar bilan yoritilib, o‘quv-mashq maqsadlarida qo‘yiladi. Yorug‘- soya majmuasi (yorug‘, soya, yarim soya, refleks, shaxsiy va tushuvchi soya, yaltiroqlik) och tusdagi buyumlarda, xususan, oq buyumlarda yaqqol ko‘rinadi. Bundan tashqari, oddiy qora qalam vositasida shakllarning tus munosabatlarini aniqlash yoshlarni tasvirlashda tartib bilan ish yuritishga o‘rgatadi. Eng muhimi, dasturda ko‘rsatilgan murakkab vazifalarni (me'morlik bo‘lagi, giрs milliy naqsh bo‘lagi, inson portreti va gavdasi) oddiy geometrik shakllar, tekisliklar
bilan tasvirlash uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan barcha malakalar bilan bir qatorda, geometrik shakllar qalam- tasvirini bajarish mashqlari asosida o‘quvchi buyumlarning kenglikdagi fazoviy holati, yorug‘-soya munosabati va o‘zaro nisbatlari kabilar haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘ladi. Giрs geometrik shakllar rasmini uyda mustaqil chizish jarayonida o‘quvchi ushbu shakllar nusxasini simdan yasab olishi va buyum tekisligiga turli holatlarda qo‘yib, uning joylashishi, konstruktiv tuzilishi, perspektiv qisqarishi, shakllarning ko‘rinar va ko‘rinmas tomonlarini tasavvur etishi hamda o‘zining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirishi kerak. Ayniqsa, bir guruh geometrik shakllarni tasvirlashda ushbu usul o‘quvchiga yengillik tug‘diradi. Chunki, bir shakl ikkinchi bir shaklni to‘sib turganda, ularning joylashgan yeri, birlashgan joylari hamda o‘zaro nisbatlari yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, auditoriyada ishlangan mashqlar bilan bir qatorda uyda ushbu geometrik shakllar namunasini qog‘ozdan yasash, ularni alohida va ikki, uch, to‘rt buyum ishtirokida turli kompozi- tsiyalar tuzib tasvirlash muhimdir. Shakllarni turli holatlarda qo‘yish va yoritish orqali chizuvchining fazoviy va hajm bora- sidagi bilim hamda tasavvurlari rivojlanadi. Quyida ufq chizig‘idan pastroq joylashgan va yuqori old tomon- dan yoritilgan prizma, silindr va sharning uch uslubiy bosqichlarda bajarilgan namunasini ko‘rib chiqamiz:
-
bosqich. Shakllarning eng chekka tomonlari asosida uni qog‘oz sirtida ko‘rinar va ko‘rinmas qirralarini tasavvur etgan holda joylashtirish hamda uning nisbatlari, balandligi, harakat holatiga qarab, perspektiv ko‘rinishining dastlabki belgilarini aniqlash;
-
bosqich. Shakllarning konstruktiv tuzilishini yengil chiziqlar bilan tasvirlab, tutash nuqta orqali yon tomonlarining perspektiv qisqarishini ufq chizig‘iga binoan aniqlash, shakllarning nisbatlari va perspektiv ko‘rinishlarini belgilab, ularning buyum tekisligidagi tushuvchi soyasini belgilash;
-
bosqich. Kub shaklining barcha yorug‘-soya munosabatlarini belgilash, tomonlari tus nisbatlarini aniqlab, refleks, yaltiroq qismlarini topib, vazifani bir butun yaxlitlikka keltirish kerak. (12-rasm) Geometrik shakllardan tuzilgan naturmortlarni tasvirlashda ularning oddiylaridan boshlash kerak, shundan keyin sekin-asta murakkablariga o‘tiladi.
12-rasm
13-rasmdagi kub, shar, silindr shakllarini tasvirlash ham yuqoridagi misolni bajarilgan bosqichlar asosida olib boriladi. Kub shaklini tasvirlash bosqichlar asosida olib boriladi. Bunda shakl- larning o‘zaro munosabatlari, tasvirlashda yordamchi chiziqlar o‘tkazib ish yuritish usuli, perspektiva qonunlariga asoslanib, mashq bajariladi.
13-rasm
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-Amaliy mashg’ulot: . Geometrik shakllardan iborat Kub, shar, silindr, konus, piramida, prizma gipsli natyurmort ishlash
|