|
Amaliy mashg’ulot: Uch va undan ortiq shakllardan iborat murakkab natyurmort ishlash
|
bet | 10/19 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 13,26 Mb. | | #136026 |
Bog'liq Uslubiy Majmua Chizmatasvir va Rangtasvir.1-kurs Amaliy mashg’ulot: Uch va undan ortiq shakllardan iborat murakkab natyurmort ishlash.
Barcha mashg‘ulotlarda bo‘lgani kabi, giрs geometrik shakllarning qalamtasvirini bajarish ham tasviriy san'atning «oltin qonuni-oddiydan murakkabga uslubida amalga oshiriladi. Ma'lumki, bizni o‘rab turgan predmetlar dunyosining barchasi geometrik shakllarga asoslangan (shar, kub, prizma, konus, piramida, silindr, parallelepi ped va h.k.). Shakllarning giрsdan bo‘lishining asosiy sababi, ular aksariyat hollarda sun'iy yoritgichlar bilan yoritilib, o‘quv-mashq maqsadlarida qo‘yiladi. Yorug‘- soya majmuasi (yorug‘, soya, yarim soya, refleks, shaxsiy va tushuvchi soya, yaltiroqlik) och tusdagi buyumlarda, xususan, oq buyumlarda yaqqol ko‘rinadi. Bundan tashqari, oddiy qora qalam vositasida shakllarning tus munosabatlarini aniqlash yoshlarni tasvirlashda tartib bilan ish yuritishga o‘rgatadi. Eng muhimi, dasturda ko‘rsatilgan murakkab vazifalarni (me'morlik bo‘lagi, giрs milliy naqsh bo‘lagi, inson portreti va gavdasi) oddiy geometrik shakllar, tekisliklar bilan tasvirlash uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan barcha malakalar bilan bir qatorda, geometrik shakllar qalam- tasvirini bajarish mashqlari asosida o‘quvchi buyumlarning kenglikdagi fazoviy holati, yorug‘-soya munosabati va o‘zaro nisbatlari kabilar haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘ladi. Giрs geometrik shakllar rasmini uyda mustaqil chizish jarayonida o‘quvchi ushbu shakllar nusxasini simdan yasab olishi va buyum tekisligiga turli holatlarda qo‘yib, uning joylashishi, konstruktiv tuzilishi, perspektiv qisqarishi, shakllarning ko‘rinar va ko‘rinmas tomonlarini tasavvur etishi hamda o‘zining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirishi kerak. Ayniqsa, bir guruh geometrik shakllarni tasvirlashda ushbu usul o‘quvchiga yengillik tug‘diradi. Chunki, bir shakl ikkinchi bir shaklni to‘sib turganda, ularning joylashgan yeri, birlashgan joylari hamda o‘zaro nisbatlari yaqqol ko‘rinadi. Shuningdek, auditoriyada ishlangan mashqlar bilan bir qatorda uyda ushbu geometrik shakllar namunasini qog‘ozdan yasash, ularni alohida va ikki, uch, to‘rt buyum ishtirokida turli kompozitsiyalar tuzib tasvirlash muhimdir. Shakllarni turli holatlarda qo‘yish va yoritish orqali chizuvchining fazoviy va hajm borasidagi bilim hamda tasavvurlari rivojlanadi.
Quyida ufq chizig‘idan pastroq joylashgan va yuqori old tomondan yoritilgan to’rtburchakli prizma, silindrsimon idish, konus va sharning uch uslubiy bosqichlarda bajarilgan namunasini ko‘rib chiqamiz:
bosqich. Shakllarning eng chekka tomonlari asosida uni qog‘oz sirtida ko‘rinar va ko‘rinmas qirralarini tasavvur etgan holda joylashtirish hamda uning nisbatlari, balandligi, harakat holatiga qarab, perspektiv ko‘rinishining dastlabki belgilarini aniqlash;
bosqich. Shakllarning konstruktiv tuzilishini yengil chiziqlar bilan tasvirlab, tutash nuqta orqali yon tomonlarining perspektiv qisqarishini ufq chizig‘iga binoan aniqlash, shakllarning nisbatlari va perspektiv ko‘rinishlarini belgilab, ularning buyum tekisligidagi tushuvchi soyasini belgilash;
c d
26-rasm
bosqich. Shakllarning barcha yorug‘-soya munosabatlarini belgilash, tomonlari tus nisbatlarini aniqlab, refleks, yaltiroq qismlarini topib, vazifani bir butun yaxlitlikka keltirish (26-rasm, a, b, d).
Geometrik shakllardan tuzilgan naturmortlarni tasvirlashda ularning oddiylaridan boshlash kerak, shundan keyin sekin-asta murakkablariga o‘tiladi. 27-rasmdagi Shakllarini tasvirlash ham yuqoridagi misolni bajarilgan bosqichlar asosida olib boriladi. Geometrik shakllarni tasvirlash ham ushbu bosqichlar asosida olib boriladi. Bunda shakllarning o‘zaro munosabatlari, tasvirlashda yordamchi chiziqlar o‘tkazib ish yuritish usuli, perspektiva qonunlariga asoslanib, mashq bajariladi.
27-rasm
rasm
rasm
rasm
rasm
|
| |