• Kranlarning yuk ilib olish moslamalari.
  • -rasm. Aylanuvchi strelali kranlar




    Download 4,83 Mb.
    bet23/41
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #149820
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
    Bog'liq
    ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)

    30-rasm. Aylanuvchi strelali kranlar:
    a-pnevmog’ildirakli dizel-elektorli kran. b-portolli kran: 1-P shakldagi portal; 2-pasangi; 3-aylanuvchi platforma; 4-maxsus konstruksiyali sharnirli-buklanuvchi strela. d-yarim portalli kran: 1-yarim portali; 2-pasangi; 3-aylanuvchi platforma; 4-maxsus konstruksiyali sharnirli-buklanuvchi strela. e va f-minoral.
    Minorali kranlar portal kranlar kabi yukni katta balandlikka kichikrok strela kanotida ko’tarish lozim bo’lgan holatlarda ishlatiladi. Lekin portal kranlardan farkli o’larok ularning portal ramasi bilan to’lik aylanadigan platformasi o’rtasida minora joylashgan (2.13-rasm, e, f). Yuk ilib olish moslamalari strela ostidagi monorelsda xarakatlanuvchi max­sus aravachaga yoki strela oxiridagi blok polispast ilgaklariga osib ko’yiladi. Minorali kranlami turg’unligini portal o’ymasiga ko’yilgan beton plitalar ta’minlaydi.

    1. Kranlarning yuk ilib olish moslamalari. Yuklarni ilib olishga va yukni ilgakdan bo’shatishga sarflanadigan vaqt kranlar ish siklining 20% dan 80% gacha bo’lgan vaqtini tashkil etadi. Shu sababli, kranlar unumdorligi ilib olish moslamalarining konstruksiyasiga, mazkur yuk uchun ulami to’g’ri tanlab olinishiga va ular bilan ishlash sharoitiga bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) bog’lik bo’ladi. Yuk ilib olish moslamalari ishlash tarzi (prinsipi) bo’yicha uch guruxga bo’linadilar: yuk ilib olish (zastropka)ni va yukni bo’shatish (otstropka)ni ilgakchi ishchilar (stropolshiki) ko’lda bajaradigan; yukni ilib olish va yukni bo’shatish avtomatik tarzda bajariladigan va nixoyat yukni ilib olish ko’lda bajariladigan va yukni bo’shatish avtomatik tarzda bajariladiganlarga bo’linadi. Bundan tashkari, yukni ilib olish moslamalari universal - xar xil konfiguratsiya va o’lchamdagi yuklami ilib olishni ta’minlovchi va maxsus-muayyan turdagi yukni ilib olishga moslashgan bo’lishi mumkin. Universal yuk ilib olish moslamalari xar xil turdagi yuk ko’tarish arkonlari va ilgaklardan iborat. Yuk ilib olish moslamalariga ko’yiladigan muxim talablar kuyidagilardan iborat:

    - konstruksiyasi oddiy va mustaxkam bo’lib, ortish-tushirish ishlarini xavfsizligini va puxtaligini (nadejnost) ta’minlash;
    - o’z massasini minimal bo’lishi;
    - yukni ilib olish va yukni ilgakdan bo’shatish uchun kam vaqt sarflanishi;
    - universalligi, yuklami ortib-tushirishda asrashni ta’minlanishi;
    - texnika xavfsizligi va mexnatni muxofaza kilish talablariga muvofik bo’lishi.
    Yuk ko’tarish arkonlarining konfiguratsiyasi xar xil bo’lib, ular xalkasimon ko’rinishda po’lat arkonlardan va zanjirlardan yasaladi (2.14-rasm). Po’lat arkondan yasalgan yuk ko’tarish arkonlarida ularning buralib kolish xollari sodir bo’ladi. Zanjirli yuk ko’tarish arkonlarida esa bunday noxush holatlar sodir bo’lmaydi. Bu yuk ko’tarish arkonlari universal yuk ilib olish moslamasi xisoblanib, turli konfiguratsiyadagi va o’lchamdagi yuklami ilib olishga mo’ljallangin. Yuk ko’tarish arkonlari eng keng tarkalgan va konstruksiyasi sodda yuk ilib olish moslamalari xisoblanadi. 2.15-rasmda turli xil ilgaklar, yuk ko’tarish arkonlari va yuk ko’tarish arkonlarini ilgakka xavfsiz osish usullari ko’rsatilgan. Ilgaklarda uni ishlab chikargan zavodning tamg’asi va pasporti bo’lishi kerak, bularsiz ilgaklardan foydalanish man etiladi. Хar olti oyda bir marotaba po’lat arkonli va zanjirli yuk ko’tarish arkonlarini ishchi yuklamadan ikki marotaba ortiq bo’lgan yuklamada 10 dakika davomida sinab ko’rish kerak. Yuk ko’tarish arkonlariga o’rnatilgan cho’pxat (birka)larda uni yuk ko’tarishi va sinov sanasi ko’rsatib ko’yilgan bo’lishi kerak. Yuk ko’tarish arkon­lari etarli darajadagi mustaxkamlikka ega bo’lishi lozim. Yuk ko’tarish arkonlarining zaxira mustaxkamlik koeffitsiyenti 6 dan kam bo’lmasligi kerak. 2.16-rasmda turli xil yuk ilib olish maxsus moslamalari ko’rsatilgan.




    31-rasm. Yuk ko’tarish arqonlari:
    a-doirasimon arqonlar; b va d-ikki tomoni xalqali arqonlar; bir tomoni umumiy halqali va ikkinchi tomonlari ilgakli arqonlar; f va j-sirtmoqlarni osish usullari; x-zanjirli yuk ko’tarish arqonlari

    32-rasm. Ilgaklar va yuk ko’tarish arkonlari:


    a-bir shoxli ilgak; b-ikki shoxli ilgak; d va e-yuk ko’tarish arkonlari; f-yuk ko’tarish arkonlarini ilgakka xavfsiz osish moslamalari.

    32-rasnt Yuklarni ilib olish moslamalari:
    a-vilkali ilib olish moslamasi; b-yashiklar va paketlangan yuklami ilib olish moslamasi; d-uzun bo’yli yuklami ilib olish moslamasi.
    Greyferlar sochiluvchan va to’kiluvchan yuklarni botirib oxiri eng keng tarkalgan moslamalardir. Osib ko’yish tuzilmasiga, jag’larining ochilishi va yopilishiga muvojik ikki arkonli va bir arkonli greyferlar mavjud. Ikki arkonli greyferlarda (2.17-rasm, a) bitta arkon greyferni ko’tarib turish, ikkinchi arkon esa greyfer jag’larini ochish va yopish uchun xizmat kiladi. Bunday greyferning yuk ko’tarish mexanizmi ikki barabanli chig’irdan (lebyodkadan) iborat. Greyfer ikkita jag’ (1) dan iborat bo’lib, ular yuk ko’tarish arkoni 6 ga osib ko’yilgan yuqori xalka (oboyma) (4) ga tortkich (3) yor­damida sharnirli birlashtirilgan. Jag’larni ichki kismidan birlashtiruvchi ostki sharnir (2) greyferni yopuvchi arkon (5) ga osib ko’yilgan. Jag’larni yopuvchi arkon greyfer barabani (8) ga o’raladi, yuk ko’tarish arkoni 6 esa yuk ko’tarish barabani (7) ga o’raladi. Greyfer yuk ko’tarish arkoni (6) da osilib turganida yopuvchi arkon (5) baraban (8) dan bo’shatiladi, greyfer jag’lari o’zini va ostki xalka sharniri (2) og’irligi ta’sirida ochilib turadi. Yuk ko’tarish va yopuvchi arkonlar bo’shatilganida (tushirilganida) greyfer jag’lari ochik holatda yuk uyumi ustiga tushadi (yotadi).

    33-rasm. Sochiluvchan va to’kuluvchan yuklar bilan greyfeming ishlash chizmasi:


    a-ikki arkonli greyfer: 1-greyfer jag’lari; 2-jag’lari birlashtiruvchi ostki sharnir; 3-tortkich (tyaga); 4-yuqori xalka; 5-greyfer jag’larini yopuvchi arkon; 6-yuk ko’tarish arkoni; 7-yuk ko’tarish barabani; 8-greyfer barabani. b-bir arkonli greyfer: 1-xalka; 2-yuqori traversa; 3-yuk ko’tarish arkoni; 4-tortkich; 5-greyfer jag’lari; 6-traversa; 7-kulf ilmoklari; 8-kallakcha.

    Yopuvchi arkon (5) baraban (8) ga o’rala boshlaganida greyfer jag’lari yuk uyumi ichiga botirilib kira boshlaydi. Jag’lar berkilgandan so’ng yuk ko’taruvchi arkonni xam baraban (7) ga o’rash boshlanadi va ikkala arkon barobariga yuqoriga xarakati natijasida greyfer jag’lari yopik holatda yuqoriga ko’tarila boshlaydi. Greyfer yukni to’kish joyiga eltgandan so’ng yuk ko’tarish arkoni (6) da uni ko’tarib turib, arkon (5) bo’shatilganida greyferning o’zini va yukni og’irligi ta’sirida jag’lar ochiladi va yuk greyferdan to’kiladi. 2.17- rasm, a da jag’lar ochilishida, yopilishida va greyferni ko’tarishda arkonlar xarakati strelkalar bilan ko’rsatilgan.


    Bir arkonli greyferlarda ko’tarish va jag’larni yopish bitta yuk ko’tarish arkonida amalga oshiriladi. Bir arkonli greyferlar kranlarga xam ilgaklarda va xam greyferlarda tez almashinib ishlash imkoniyatini yaratadi. Bir arkonli greyfer­larda (2.17-rasm, b) yuk ko’tarish arkoni (3) yuqori travers (2) va ostki kallakcha (8) polispast bloklari orqali o’tgan. Maxsus kulf (7) greyferni jag’larini yopik holatda ushlab turadi. Greyfer jag’lari bir-biri bilan ostki traversa (6) da sharnirli birlashtirilgan. Тortkich (tyaga) (4) orqali esa jag’ (5) lar yuqori traversa (2) ga xam sharnirli birlashtirilgan. Yukni botirib olish paytida kallakcha (8) va traversa (6) kulf (7) ning ilmoklari yordamida o’zaro birlashib turadilar. Kran greyferni xalka (1) orqali tepaga ko’targanida yuqori traversa (2) va kallakcha (8) bir-biriga yakinlasha boshlaydi. Bunda greyfer jag’lari travers 6 dagi o’z sharnirlarida burilib (aylanib) yuk uyumi ichiga kira boshlaydi va greyfer yuk bilan topadi. Jag’lar yopilganidan so’ng greyferni kran tepaga ko’tarib yuk tushurish joyiga eltadi va greyfer yuk (tayanch) ustiga tushirilganida kulf ilmoklari (7) ochiladi, kallakcha (8) esa ostki traversa (6) dan ajraladi. Kran xalka (1) ni tepaga ko’tara boshlaganida yuqori traversa (2)ni xam birga ko’taradi. Yuqori traversaga sharnirli birlashtirilgan tortkich (4) esa greyfer jag’lari (5)ni ocha boshlaydi va uni yukdan bo’shatadi.
    Yangidan yukni botrib olish uchun jag’lari ochik greyfer yuk uyumi ustiga tushiriladi, kallakcha 8 ostki traversa 6 ga kulf ilmoklari yordamida birlashtiriladi.
    Ortish-tushirish ishlarida boshka turdagi greyferlar: elektrogidravlik greyferlar va titratuvchi elektrogidravlik greyferlar xam ko’llaniladi. Elektrogidravlik greyferlarda jag’larni ochish va yopish gidravlik silindrlar yordamida, greyferni ko’tarish- tushurish esa kranning yuk ko’tarish mexanizmi yordamida amalga oshiriladi. Тitratuvchi elektrogidravlik greyferlarda jag’larni ochish va yopish gidravlik silindrlar yordamida amal­ga oshiriladi. Katta bo’lakli og’ir, kotib yoki engil muzlagan yuk uyumi ichiga jag’larni botishini osonlashtirish uchun jag’larga elektr titratgich o’rnatilgan.




    1. Download 4,83 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Aylanuvchi strelali kranlar

    Download 4,83 Mb.