|
Chorpoyali kranlarning tuzilishi va vazifasi
|
bet | 19/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Chorpoyali kranlarning tuzilishi va vazifasi. Chorpoyali kranlar tuzilish jixatidan va ish sharoiti bo’yicha ko’prikli kranlardan fark kilmaydi. Chorpoyali kran ko’prigi o’ziga xos ko’rinishdagi to’rtta tayanch-poyalariga o’rnatilgan bo’lib ochik maydon, temir yo’li va avtomobili yo’lini ustidan yopib (koplab) turadi. Chorpoyali kranning yuk ko’tarish aravachasi ko’prik kranning yuk ko’tarish aravachasidan tuzilishi bo’yicha jiddiy fark kilmaydi. Lekin ba’zi bir chorpoyali kranlarda (K-05, K-09) yuk ko’tarish aravachasi bo’lmay, balki ferma (ko’prik) ostiga bo’yi barobar uzunasiga o’rnatilgan monorebda osilib xarakatlanuvchi telfer yukni yuqoriga ko’taradi va pastga tushiradi. Chorpoyali kran ochik maydonni ikki chetiga, maydon bo’yi (uzunligi) baravar kurilgan rels ustida xarakatlanadi va ortish-tushirish va ombor ishlarini ko’prikli kranlar kabi amalga oshiradi. Chorpoyali kranlar uchun katta mablag’ talab kilinuvchi estakada inshoatlarini kurish darker emas va shuning uchun ortish-tushirish kurilmalarining baxosi, xuddi shu parametrdagi ko’prik kranlarga karaganda 40-60 % ga arzon bo’ladi. Chorpoyali kranlar konstruksiya tuzilishiga muvofik konsolsiz va ikki konsolli bo’lishi mumkin. Konsolsiz chor poyali kranning ko’prigi chetlari bilan tayanch poyalariga maxkamlangan bo’lib, ular oddiyrok va yengil, lekin ular fakat prolyoti bilan yopib turgan maydongagina xizmat ko’rsatadi. Konsolli chorpoyali kranlarda esa aksincha, proletning ikki tomonida konsollar xosil bo’ladi. Konsolli kranlar anchagina murakkab mashinalar bo’lsada, ammo ortish-tushirish ishlarini samarali tashkil etishda ko’l keladi va ular prolyot osti va konsol osti maydonlariga xam xizmat ko’rsatadilar.
K-09 (2.10-rasm, a) o’zi montaj bo’luvchi telferli, yuk ko’tarish 5-tonnali ikki konsoli chorpoyali kran. Uning metall panjaradan yasalgan, kesimi uchburchak shakldagi fermasi (1), yurgizuvchi aravachalar (2) ga o’rnatilgan A-ko’rinishli ikkita portal poyalar (4) ga oltita juft sharnirlar yordamida maxkamlangan. Хar bir portal xarakatlanuvchi va ergashuvchi aravachalarga ega. Kranning maxsus montaj mexanizmi xarakatlanuvchi aravacha reduktorining o’ki (vali)ga o’rnatilgan barabanlardan va ergashuvchi aravachaga maxkamlangan bloklardan iborat bo’lib, ular po’lat arkonlar bilan bog’langan. Panjarali fermani ostiga, uning xamma bo’yi (uzunligi) baravar ko’shtavrli monorels (3) o’rnatilgan bo’lib, bu monorelsda telfer (5) yuk ko’tarish mexanizmi xarakatlanadi. Тayanch poyalarining biriga barcha boshkarish asbob-uskunalari bilan jixozlangan kabina (6) xamda telferni moylash, ko’rikdan o’tkazish va ta’mirlash uchun maxsus maydoncha (7) o’rnatilgan. Chorpoyali kran tashki elektr turnog’idan trolley (9) orqali 380 V li uch fazali o’zgaruvchan tok bilan ta’minlanadi. Тelferning elektr dvigatellariga tok egiluvchan kabel orqali uzatiladi.
Ikki konsolli chorpoyali KDKK-10 kranni (27-rasm, b) yuk ko’tarish arkonlari, M-41 elektrmagnitli plita va sig’imi 1,5 m3 li elektr motorli greyfer, dumalok yog’ochlar uchun greyfer kamragich bilan jixozlanish mumkin, yuk ko’tarish 10 t prolyoti esa 16 m. Kran ko’prigi (fermasi) (1) to’g’ri to’rtburchak kesimli ikkita bosh ko’tarma to’sindan iborat bo’lib, uning ustiga o’rnatilgan relslarda yuk ko’tarish mexanizmi o’rnatilgan aravacha (2) xarakatlanadi. Kranning xar bir tayanch poyalari (3) kranni xarakatlantiruvchi aravachalar (4) ga maxkamlangan. Kranning xar kaysi tomonga xarakati oldinda borayotgan aravachani tortish kuchi xisobiga amalga oshiriladi. Тezlanish va ortiqcha yuklamada esa barcha aravachalar xarakatga keladi va bunda orqada borayotgan aravachani xarakatlantiruvchi elektr dvigatellar avtomatik ulanadi va tezlanish yoki ortiqcha yuklama tugaganida ular avtomatik uziladi. Kranning tayanch-poyalarini birida boshkarish kabinasi (5) joylashgan. Kranning yuk ko’tarish aravachasiga elektr energiya egiluvchan kabel orqali uzatiladi. Kranning o’zi esa tashki elektr tarmog’idan trolley orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
27-rastn. Чор пояли кк-5 контейнер крани.
2.2-jadval
|
| |