|
O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va
|
bet | 41/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)5.Avtomobil tushirgich-kiyalatgich. Bortli avtomobillardan va avtopoyezdlardan yengil sochiluvchan yuklarni tushirish, avtomobilni yoki tirkamani etak yoki yoniama borti tomoniga avtomobil tushirgichda kiyalatib amalga oshiriladi. Bunda avtomobilning yoki tirkamaning kuzovi ichidagi sochiluvchan yuklar og’irlik kuchi ta’sirida xarakatga kelib, kabul kilish bunkeriga to’kilib tushadigan holatgacha kiyalatiladi.
Zamonaviy mukim avtomobil tushirgich gidravlik yuritmali kiyalatuvchi platformadan iborat bo’lib uning ustiga avtomobil yoki avtopoyezd yurib chikadi. 4.8-rasmda massa bruttosi 25 tonnagacha boigan avtopoyezdlarning etak bortlarini ochib tushirishga mo’ljallangan PGA-25M avtomobil tushirgich-kiyalatgich ko’rsatilgan. Ushbu avtomobil tushirgichning kiyalatuvchi platformasi ikki kismdan iborat boiib, ulardan birini kichik platforma deb ataladi va bu kichik platforma avtomobilni o’zidan yukni tushirishga mo’ljallangan (4.8-rasm, a) Kiyalatuvchi platformaning ikkala kismi esa katta platformani tashkil etadi va bu katta platforma avtopoyezd tirkamasidan yukni tushirishga mo’ljallangan (4.8-rasm, b). Yuki tushiriladigan avtopoyezd avtomobil tushirgichning kichik platformasi ustiga kelib to’xtaydi. Avtomobil kichik plaformaga maxkamlanadi va kuzovning orqa borti ochiladi. So’ngra kichik platforma kiyalatiladi, yuk kabul kilish bunkeriga to’kilib tushadi. Kichik platforma pastga tushiriladi, avtopoyezd oldinga yuradi va uni tirkamasi kichik platforma ustiga yetib kelganida avtopoyezd to’xtaydi. Тirkamani etak borti ochiladi, avtopoyezd katta platformaga maxkamlanadi. So’ngra katta platforma kiyalatiladi, tirkamadagi yuk kabul kilish bunkeriga to’kilib tushadi. Katta platforma pastga tushiriladi va avtopoyezd oldinga yurib, avtomobil tushirgichni navbatdagi avtopoyezdga bo’shatadi. Avtopoyezd bortlarini yopish avtomobil tushirgichdan tashkarida amalga oshiriladi.
Kichik platformani kiyalatish ikkita gidravlik porshenli silindrlar va katta platformani kiyalatish esa ikkita plunjerli gidroko’targich yordamida amalga oshiriladi. Kichik platformani kiyalatish vaqti 23 s, kattasini esa 65 s. Platformalarni unisini va bunisini xam tushirish vaqti 15-20,5. Kiyalatish burchagi 37°. Elektr yuritma quvvati 22 kVt. Avtomobil tushirgich masofadan turib boshkariladi.
BPShF-2M avtomobil tushirgich xam avtomobillardan va avtopoyezdlardan tirkamani uzmasdan yengil sochiluvchan yuklarni tushirishga mo’ljallangan. Avtomobil tushirgich konstruksiyasi platformani yon tomonga kiyalatishni ta’minlaydi, shu sababli yuklarni avtomobil va tirkama kuzovi yonlama borti tomonidan tushirish amalga oshiriladi. Yonlama avtomobil tushirgich avtomobildan yuklarni 1,5-2 dakika ichida, avtopoyezdan esa 3-4 dakika ichida tushirishni ta’minlaydi.
4.9-rasmda DТ-75 traktor bazasi yasalgan ko’chma avtomobil tushirgich ko’rsatilgan. Тraktorning oldi kismiga buldozer otvali (1) (surgisi) o’rnatilgan bo’lib, uning yordamida tushirish maydonidagi yuklarni tekislash yoki bir joyga uyib to’plash ishlari bajarilishi mumkin. Bu avtomobil tushirgichning kiyalatish platformasi bir izli, yig’iladigan konstruksiyada yasalgan. Kiyalatish platformasi maxsus konstruksiyali yuk ko’targich (2) ga montaj kilingan.
Avtomobilning bir tomonini ko’tarib kiyalatish paytida paydo bo’ladigan yuklarni o’rmalovchi zanjirga tushmasligini ta’minlash uchun traktor shassisiga gidroyuritmali tayanch montaj kilingan. Yuk tushirish paytida avtomobilni 50° gacha kiyalatish mumkin. Avtomobilning maksimal massasi 10 t gacha yetishi mumkin. Ishchi organlarning yuritmasi gidravlikali bo’lib, traktorning gidravlik sistemasiga egiluvchan ichaklar orqali ulangan. Kiyalatish paytida avtomobilning to’ntarilib ketishini oldini olish uchun uning g’ildiraklari zanjirlar bilan kiyalatish platformasiga bog’lab ko’yiladi.
53-rasm. Ko’chma avtomobil tushirgich:
1-buldozer otvali; 2-yuk ko’targich; 3-tayanch.
ADABIYOTLAR
Афанасьев Л.Л., Островский К.Б., Пукерберг С.М. “Единая транспортная система и автомобильные перевозки”. М.: Транспорт, 1984 г. 333-ст.
Батищев И.И. “Организация и механизация погрузочно-разгрузочных работ на автомобильном транспорте”. М.: Транспорт, 1983 г. 215-ст.
3. Бурков М.С. «Специализированный подвижной состав автомобильного транспорта». М.: Транспорт, 1979 г. 296 ст.
Голубков Б.В., Киреев В.С. «Механизация погрузочно-разгрузочных работ и грузовые устройства». М.: Транспорт, 1981 г. 360 ст.
Гриневич Г.П. «Комплексно-механизированные склады на транспорте». М.: Транспорт. 1967 г. 295 ст.
Грузозахватные устройства: Справояник (Козлов Ю.Т., Обермейстер А.М., Протасов Л.М.) М.: Транспорт, 1980 г. 223 ст.
Дегтярев Г.Н. «Организация и механизация погрузочно-разгрузояных работ на автомобильном транспорте». МИ.: Транспорт. 1980 г. 264 ст.
Краткий автомобильный справочнык. НИИАТ. М.: Транспорт. 1980 г. 264 ст.
Погрузочно-разгрузочные машины: Справочник (Педня В.А.) М.: Транспорт. 1981 г. 446 ст.
Ридель Э.Н. «Погрузочно-разгрузочные машины на железнодорожном тран спорте». М.: Транспорт. 1978 г. 364 б.
O.Turdimatov Toshkent 2007 y. “Ortish-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash”.
Ходжаев Б.А. «Автомобильные перевозки». Т.:, "Укитувчи", 1991
|
| |