• 4.5-rasm. Rotorli vagon to’ntargich
  • O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va




    Download 4,83 Mb.
    bet38/41
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #149820
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
    Bog'liq
    ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)

    3.Vagon to’ntargichlar. Yuklarning to’kilishini ta’minlaydigan holatgacha vagonlarni aylantirib (burib) to’kuvchi mashinalar vagon to’ntargichlar deb ataladi. Хarakat tusiga muvofik vagon to’ntargichlar: rotorli yoki dumalok, yonlama, minorali, orqasiga to’kadigan va aralash bo’lishi mumkin. Rotorli mukim vagon to’ntargichlar ko’mir, ma’dan va boshka sochiluvchan-to’kiluvchan yuklarni to’rt, olti va sakkiz o’kli yarim ochik vagonlardan tushirishda ishlatiladi. VRS-125 rusumli mukim rotorli vagon to’ntargich (50- rasm) rotor (3) dan, kajava (1) dan, ko’prik-platforma (2) dan, ikki g’altakli tayanchlar (5) dan va rotorni aylantiruvchi mexanizm (9) dan iborat. Rotor to’rtta dumalok xalkalardan iborat bo’lib, ular bir-birlari bilan kuvursimon fermalar va ustki to’sin (balka) yordamida birlashtirilgan. Ustki to’singa titratgich (6) montaj kilingan. Bu to’rt xalkaning xar biri kullab (bandaj) (4) lari bilan ikkita ikki g’altakli tayanch (5) lar ustida turadi. Хalka kullobning yonida esa tishli gardish (vensi) lar mavjud boiib, u elektr yuritma valiga o’rnatilgan shesternalar bilan ilashib turadi.
    Rotor ichida ikkita L-simon egilgan ramali konstruksiyadagi kajava joylashgan. Хar bir kajavada vertikal yonbosh to’sik devor mavjud boiib, ular yuzasiga kalinligi 100 mm bo’lgan rezina to’shama yopishtirilgan. Хar bir kajava o’zaro oralik (uchinchi) vertikal yonbosh to’sik devor orqali birlashgan. Ko’prik-platforma tortgich (tara) lar yordamida kajavaga osib ko’yilgan, bu esa motor aylana boshlaganida yarim ochik vagon yon devorlari bilan vertikal to’sik devorga asta yotishini ta’minlaydi. Ko’prik-platformani ushlab turuvchi tortgichlarda tenzometrik datchiklar o’rnatilgan bo’lib ular yordamida vagonning bruttosini tortib aniqlash mumkin. Motorni aylantiruvchi mexanizm xar birini quvvati 48 kVt bo’lgan ikki dona elektr dvigateldan, ikki dona tishli reduktordan, shesternali umumiy valdan va to’xtatish moslamasidan iborat.


    4.5-rasm. Rotorli vagon to’ntargich:
    a-umumiy ko’rinishi; b-rotorning tayyor holati; d-rotorning yarim ochik vagondan yuk to’kish holati: 1-kajava; 2-ko’prik platforma; 3-rotor; 3-kullab (bandaj); 5-tayanch g’altaklari; 6-titratgich; 7-titratgich tayanchi; 8-vertikal yonbosh to’sik devor; 9-rotorning aylantiruvchi mexanizmi.

    Yarim ochik vagon rotorning ichiga o’rnatilib, rotor aylana boshlaganida ko’prik-platforma vagon bilan birgalikda ko’ndalang yo’nalishda siljiydi va vagon yon devorlari bilan vertikal yonbosh to’sik devorga asta yotadi. So’ngra kajava og’irlik kuchi ta’sirida vagon bilan xarakatlanib titratgich tayanchlariga kelib tirkashadi (tayanadi). Тo’ntarilgan holatda vagon batamom titratgich tayanchlariga va vertikal yonbosh to’sik devorga tayanib turadi. Vagon shu to’ntarilgan holatda titratgich ishga tushadi va ichidagi barcha yuk koldiklari to’kilib vagon yukdan tozalanadi. Vagon to’ntargichda xar birining quvvati 11 kVt bo’lgan uchta titratgich o’rnatilgan. Rotoring aylanish burchagi 170°, aylanish chastotasi 1,35 ayl/dak unumdorligi 30 vag/soat, massasi 2201.


    Mukim yonlarni vagon to’ntargich (4.6-rasm, a) to’rt va olti o’kli yarim ochik vagonlardan ko’mir, ma’dan va boshka to’kiluvchan yuklarni tushirishda ishlatiladi. Mukim yonlarni vagon to’ntargich valga maxkamlangan ikkita shakldor rotor (l) dan, ikkita kajava (2) dan, kajavaga tortki (tyaga)lar yordami­da o’rnatilgan platforma (3) dan, tishli reduktorli elektr yuritma (4) dan va podshipnik (5) li to’rtta tayanch kolonnasidan iborat. Kolonnalarning podshipniklariga esa rotorlarning vali montaj kilingan. Platformani tortkilar yordamida kajavaga, kajavani yonbosh to’siklari bilan birgalikda shakldor rotorga montaj kilish yuqorida ko’rib tanishib o’tilgan mukim rotorli vagon to’ntargichlarnikiday bajarilgan.
    Shakldor rotor burilishini, (aylanishini). ikkita aloxida elektr yuritma amalga oshiradilar. Хar bir elektr yuritma quvvati 100 kVt li elektr dvigateldan, tormozdan, ikki pog’onali reduktordan va shakldor rotorga maxkamlangan tishli gardish bilan ilashmada bo’lgan etakchi shesternadan iborat. Yonlama vagon to’ntargichning vagon bilan birgalikda barcha tizimini aylanish o’kiga nisbatan kisman statik muvozanatlashuviga kontryuk (posangi) yordamida erishiladi. Yonlama vagon to’ntargichning tishli aylantirish mexanizmining ishlash tamoyil (prinsip)lari rotorli vagon to’ntargichning ishlash tamoyiliga aynan o’xshash.



    51-rasm. Yoniama vagon to’ntargichlar:
    a-mukim: 1-shakldor rotor; 2-kajava; 3-platforma; 4-elektr yuritma; 5-podshipnik. 6-ko’chma.
    Yonlama vagon to’ntargichni o’ziga xos konstruksiyasi aylanish o’kining yuqorida va yonlama joylashganligi bo’lib, bunday vagon to’ntargich uchun kabul kilish bunkerlarini, mukim rotorli vagon to’ntargichlarnikiday rels kallagi satxidan ancha chukurlikda joylashtirish talab etilmaydi. Yonlama vagon to’ntargichlar uchun bunkerni rels kallagi satxidan 4 m balandlikda joylashtirish imkoniyati mavjud bo’ladi, bu esa kabul kilish inshoatlarini va transport tuzilmasini ancha soddalashtiradi va kurilish baxosini arzonlashtiradi. Ammo yonlama vagon to’ntargichni ko’tarib aylantirish paytida paydo bo’ladigan katta kuch momentini yengib o’tish uchun katta quvvatga ega boigan yuritmalardan foydalanish talab etiladi. Mukim yonlama vagon to’ntargichning rotorini aylanish chastotasi 0,73 ayl/dak, xisobiy unumdorligi 20 vag/soat, massasi 148 t, o’lchamlari: uzunligi 26 m, eni 9 m, balandligi 12 m.
    Ko’chma yonlama vagon to’ntargichning konstruksiyasi mukim yonlama vagon to’ntargich konstruksiyasiga o’xshash. Lekin u tushirish fronti (xandank) bo’ylab xarakatlanuvchi maxsus platformaga o’rnatilgan (4.6-rasm, b). Vagonlarni vagon ko’targich kajavalariga olib chikarib ko’yish va olib tushirish vagon to’ntargichning ikki tomonida joylashgan maxsus kiya yonaklaf orqali amalga oshiriladi.



    Download 4,83 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va

    Download 4,83 Mb.