|
Uzluksiz xarakatlanuvchi mexaniq tushirgichlar
|
bet | 33/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)3.3.2. Uzluksiz xarakatlanuvchi mexaniq tushirgichlar
Ishchi organlari uzluksiz xarakatlanuvchi yuk tushiruvchi mashinalar yopik vagonlardan sochiluvchan va mayda donali yuklarni tushirishda ko’llaniladi. MVS-4M mashina (3.14- rasm) yopik vagonlardan kaliy tuzi, superfosfat va boshka kukunsimon, kotib koluvchi yuklarni tushirishda keng ko’llaniladi. Mashina o’rmalovchi zanjirli arava (4) ga montaj kilingan bo’lib oldinga va orqaga 5 m/dak tezlikda xarakat kiladi.
Mashina vertikal ko’p shnekli (kotib kolgan yuk uyumini) buzuvchi (2) dan, kovshli elevator (1) dan, ostki yig’ib to’plovchi vintli ta’minlagich-shnek (3) dan va tasmali konveyer (5) dan iborat. Ko’p shnekli buzuvchi uyumdagi kotib kolgan yukni maydalab (yumshatib) pastga tushiradi, vintli ta’minlagich-shnek (diametri 0,485 m) esa pastga tushgan yuklarni elevator xuzuriga to’plab, uyadi. Elevator kovshlari (sig’imi 4,3 /) pastda, vintli ta’minlagich to’plagan uyumdan yukni uzluksiz ketma-ket botirib olib tepaga tasmali (yeni 0,5 m) konveyerga eltib tashlaydi.
47-rasm. MVS-4M yuk tushirgich mashina:
1-kovshli elevator; 2-ko’p shnekli uyum buzuvchi; 3-vintli ta’minlagich; 4-o’rmalovchi zanjirli aravacha; 5-tasmali konveyer.
Kovshli elevatorning yuqoridagi xarakatlantiruvchi juft yulduzcha valini elektr dvigatel reduktor va zanjirli uzatgich orqali aylantiradi. Shu valning o’zidan ikkinchi zanjirli uzatgich va reduktor orqali etti dona vertikal shnekli yuk uyumi buzuvchi xam xarakatga keladi. Vertikal shneklar befoyda (parazit) shestemalar orqali tishli g’ildirakchalarda bir-birlari bilan birlashganlar. Ularning aylanish chastotasi 92 ayl/dak. Elevatorning ostki vali to’plovchi shnek bilan birgalikda taranglovchi val vazifasini xam o’taydi. Yuk to’plovchi shnekning aylanish chastotasi xam 92 ayl/dak.
5-jadval
Vagondan yuk tushirish mashinalarni texnik tavsifnomasi
Parametrlari va o’lchamlari
|
MVS- 2
|
MVS- 3
|
MVS- 3m
|
MVS-4
|
Тexnik unumdorligi, t/soat
|
50
|
60
|
30
|
1
|
Kovsh sig’imi,
|
4,3
|
4,3
|
4,3
|
4,3
|
Elevator zanjirining tezligi, m/s
|
0,8
|
0,8
|
0,8
|
0,8
|
Тo’plovchi shnekning aylan. chast-si, ayl/dak
|
92
|
102
|
102
|
102
|
Тo’plovchi shnekning diametri, mm
|
460
|
485
|
485
|
485
|
Elektr dvigatellarning umumiy quvvati, kVt
|
7,9
|
10,9
|
20,5
|
17,5
|
Gabarit o’lchamlari, mm: uzunligi
eni
balandligi
|
4900
1700
1950
|
4800
1600
1950
|
5100
1775
1950
|
5850
1775
1950
|
Mashina massasi, t
|
2,4
|
2,75
|
4,7
|
3,6
|
Ulgurji baxosi, rub
|
|
|
8000
|
5150
|
Тiklanish baxosi. mb
|
-
|
-
|
8370
|
6280
|
Yopik vagondan yuk tushirishda mashina uni ichiga eshik o’ymasi orqali kira turib avval vagonning o’rtasidagi yukni tushiradi, so’ngra 90 ga burilib vagonni etak devori tomon yura boshlaydi va bir vaqtning o’zida yukni xam tushiradi. Vertikal shneklar kotib kolgan yuk uyumini buzib yumshatadi va yukni pastga tushiradi, vintli ta’minlagich-shnek esa pastga tushgan yuklarni kovshli elevatorning kabul kiluvchi kurilmasi xuzuriga uzluksiz yig’ishtirib to’plab beradi. Elevatorning kovshlari to’plangan yumshok yuklami uzluksiz ketma-ket botirib olib tepaga ko’tarib tasmali konveyerga eltib tashlaydi, u esa o’z navbatida yukni uzluksiz okimda vagonning tashkarisiga chikarib tashlaydi. Vagonning tashkarisida esa kabul kiluvchi kurilma yoki yukni omborga eltib berish uchun konveyer-transport tizimi mavjud bo’lishi kerak. Mashinaga 2-3 kishi xizmat ko’rsatadi. Unumdorligi 60 m3/soat gacha bo’lishi mumkin, lekin vagonda ma’lum mikdorda yuk koladi, uni esa ishchilar mashinani kovshli elevatori xuzuriga to’plab turishlari va vagonni yuk koldiklaridan tozalashlari kerak bo’ladi. Mashina ixcham va epchil, lekin anchagina murakkab, massasi 3,3 t.1. Тo’kiluvchan-sochiluvchan va yengil donali yuklarni uzluksiz yoki deyarli uzluksiz okimda eltib beruvchi mashinalar deb ataladi.
|
| |