2.Pnevmatik uskunalarni xisoblash nazariyasi. Pnevmatik uskunalarni tanlashda uning asosiy parametrlari: eltib berayotgan yuk bilan xavo aralashmasining konsentratsiya massasini, aeroaralashmaning xarakat tezligini, xavoning zaruriy mikdorini, ishchi va xam kuvur o’tkazgichlarini diametrini, vakuum nasos yoki kompressor dvigatelining zaruriyatli quvvatini xisoblash lozim bo’ladi. Buning uchun esa pnevmatik uskunani unumdorligini, yukning fizikaviy va kimyoviy xususiyatini, yukni eltib berish yo’li trassasining va kuvur o’tkazgich konfiguratsiyasini xamda tirsak, tamba va yo’nalishni o’zgartiruvchi asboblardan joylashishini aniq tasavvur kilish lozim bo’ladi.
Agar pnevmatik uskunaning unumdorligi berilgan bo’lsa (4.1) formula yordamida aeroaralashmaning konsentratsiya massa koeffitsiyentini muayyan xavo sarfi uchun aniqlash mumkin bo’ladi:
Shuni nazarda tutish kerakki, turli yuklar uchun µ ni kiymati keskin o’zgarib turadi: sement va ko’mir changi uchun 20 dan 100 gacha; bug’doy uchun 5 dan 25 gacha; kum uchun esa 3 dan 20 gacha kiymatlarga teng bo’lishi mumkin. Shuningdek, µ ni kiymati eltib berish masofasiga, yukning ko’tarish balandligiga, sochiluvchanligiga va zichlashib kotib kolish darajasiga, namligiga va boshka omillarga xam bog’lik bo’ladi.
Aeroaralashmaning konsentratsiya massa koeffitsiyenti bosimga bog’lik bo’lib, yukni eltib berish masofasi va ko’tarish balandligini ko’payishi (oshishi) bilan uning kiymati kamayadi, bu esa pnevmatik uskunaning energiya sig’imi (energoyomkost) ko’payishiga, ya’ni 1 t yukni eltib berish uchun ko’prok energiya sarf bo’lishiga olib keladi. Aeroaralashmaning konsentratsiya massa koeffitsiyentini ko’payishi esa xavo sarfini kamayishiga sabab bo’ladi, shuning uchun bu koeffitsitent kiymatini katta bo’lishi ijobiy natijalarga olib kelsada, ammo uni xaddan ziyod katta bo’lishi kuvur o’tkazgich ichida aeroaralashmani zichlashib tikilib kolishiga, bu esa o’z navbatida pnevmatik uskunani mo’tadil ishlashining buzilishiga olib keladi.
Тalay ilmiy izlanishlar amalga oshirilishiga karamay ishchi kuvur o’tkazgich ichidagi aeroaralashmaning xarakat tezligini nazariy jixatdan aniqlash mushkulrok, chunki unga ta’sir etuvchi: yuk zarrachalarining o’lchami va ularning shakli, ishchi kuvur o’tkazgich ichidagi yuk konsentratsiyasini darajasi, eltib berish yo’l trassasi va boshka omillar anchagina. Shuning uchun amaliy maksadlarda pnevmatik uskunalarni tanlashda tajriba dalil (ma’lumot)laridan foydalaniladi.
Yuk zarrachalarini xavo bilan o’rab olish o’rtacha tezligi: sement uchun-8, bug’doy uchun-8÷10, mayda kukunsimon ko’mir uchun-11 va kum uchun-20 m/sek.
Kuvur o’tkazgichning ichki diametri pnevmatik uskuna turiga va ishchi bosimning kiymatiga muvofik 75 mm dan 300 mm gacha kabul kilinadi.
- diametri D m li kuvur o’tkazgichda gorizontal masofaga va l m balandlikka yukni va xavoni eltib berishdagi yo’kotish:
- yukni va xavoni vertikal ko’tarishdagi yo’kotish:
- tirsaklardagi yoki ajratgichlardagi o’rtacha yo’kotish:
- bo’shatgichdagi yo’kotish (Хb = 2 kPa);
- filtrdagi yo’kotish (Хf= 1 kPa) 1,25 - inobatga olinmagan yo’kotishlar koeffitsiyenti;
- xavoni ishchi tezligiga bog’lik bo’lgan koeffitsiyent.
Хavoni ishchi tezligi 15; 20 va 25 m/sek bo’lganida muvofik ravishda k ni 0,46; 0,33 va 0,24 kiymatlarda kabul kilinadi.
|