Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
So’rib oluvchi pnevmatik uskunalar
Qachon aralash pnevmatik uskunalardan foydalaniladi?
Pnevmatik uskunaning texnik unumdorligi formulasi
Yuk zarrachalarini havo bilan o’rab olish o’rtacha tezligi qanaqa?
Pnevmatik uskunalarning, tuzilishi vavazifasi
Pnevmatik uskunalarni hisoblash nazariyasi
14-mavzu.Ortish tushirish ishlarini bajarishda bunkerlar va avtomobil tushirgich-qiyalatgichlardan foydalanish.
Reja:
Bunkerlar va siloslarning tuzilishi va vazifasi
Bunker jixozlari va boshqarish avtomatizatsiyalash.
Vagon to’ntargichlar
Inersiyali yuk tushirish mashinasi
Avtomobil tushirgich-kiyalatgich
Bunkerlar va siloslarning tuzilishi va vazifasi. Bunkerlar muayyan sig’imli o’zi bo’shaluvchi idish bo’lib, uni uzokrok vaqt mobaynida sochiluvchan-to’kiluvchan yuk bilan to’ddirib va zaruriyatli xollarda kiska vaqtda undagi yukni xarakatdagi sostavlarga ortish yoki uni kiska vaqtda yuk bilan to’ldirib undagi yukni uzok vaqt mobaynida uzluksiz xarakatlanuvchi mashinalarga uzatish mumkin (49-rasm, a).
49-rasm. Binkerlar:
a) umumiy ko’rinishi; b, d, ye) bunkerlardan yukni oqib tushishi
Bunkerlar vazifasiga ko’ra yig’uvchi (to’plovchi), muvozanatlovchi va texnologik turlariga bo’linadi. Yeg’uvchi bunkerlar katta sig’imlarga ega bo’lib, ulami uzok vaqt davomida ishlab chikarilayotgan yoki kazib olinayotgan sochiluvchan-to’kiluvchan yuklar bilan to’ldirish va zaruriyatli xollarda kiska vaqtda undagi yig’ilgan yukni vagonlarga va avtomobillarga
Ortish mumkin texnologik jarayonlarda yuklarni bir tekis uzluksiz xarakatlanishini ta’minlash uchun xamda davriy xarakatlanuvchi mashinalarni ishlarini uzluksiz xarakatlanuvchi mashinalar ishlari bilan muvofiklashtirish uchun muvozanatlovchi bunkerlardan foydalaniladi. Ishlab chikarish jarayonlarida sochiluvchan-to’kiluvchan yuklarni qayta ishlashgacha yoki qayta ishlashdan key in vaqtinchalik saklash uchun texnologik bunkerlardan foydalaniladi.
Narx (plan) dagi shakliga ko’ra bunkerlar to’g’ri to’rtburchakli, ko’pburchakli va yumalok (silindrsimon), yasab chikarilgan materialiga ko’ra po’latdan, temir betondan va ba’zan yog’ochdan yasalgan bunkerlar bo’lishi mumkin. Тemir-betondan va yog’ochdan yasalgan bunkerlarning devori va tubi (tagi) ichidan po’lat tunikalar bilan koplanadi. Balandligi va enining o’lchamlariga muvofik bunkerlar sayoz va chukur bunkerlarga bo’linadilar. Sayoz bunkerlarda yukning yikilish tekisligi yuk massasining eng chukur nuktasida xam yukni ochik yuzasini kesib o’tadi va ular, odalda, bunkerlar deb ataladilar. Chukur. bunkerlarda yukning yikilish tekisligi bunker devorini kesib o’tadi, ya’ni bunkerning balandligi uni enidan ancha katta bo’ladi va idar, odatda, siloslar deb ataladi. Bunkerlarni iktisodiy samaradorligini va ekspluatatsion sifatini ularning o’lchamlarini va shakllari belgilaydi, shuning uchun ularning o’lchamlarini va shakllarini to’g’ri tanlab olishga katta axamiyat beriladi.
Bunkerning shakli va o’lchamlarini, uning tubidagi devorining nishablik burchagi kiymatini, bo’shatish tuynigining joylashishini yukning turiga muvofik tanlab olinadi, bu esa bunkerni bo’shashida va undagi yukni mo’ftadil okib tushushida katta axamiyatga ega. Sochiluvchan-to’kiluvchan yuklar dona (bo’lak) larining zarraviylik o’lchami, xajmiy massasi, sochiluvchanligi va namligi bilan ta’riflanadi.
Sochiluvchan-to’kiluvchan yuklar bo’laklarining o’lchamlari o’rtasidagi o’zaro munosabati bo’yicha ular oddiy va navlangan (saralangan) turlarga bo’linadilar. Eng katta bo’lak o’lchami eng kichik bo’lak o’lchamidan 2,5 baravardan ziyod bo’lgan yuklar oddiy turlarga mansub bo’ladi. Agar yuqorida ko’rsatilgan o’lchamlarning nisbati 2,5 ga teng yoki undan kichik bo’lsa, bunday yuklar saralangan deb xisoblanadi. Bo’laklarning katta-kichikligiga muvofik yuklar: o’ta yirik bo’lakli (xos bo’lakning o’lchami a>320 mm), yirik boiskli (160Sochiluvchanlik xususiyatiga ko’ra yuklar yaxshi sochiluvchan va yomon sochiluvchan yoki birikuvchan turlarga bo’linadilar. Birikuvchan yuklar uyumi muayyan balandlikka ega bo’lgan vertikal tik devor xosil etadi. Yaxshi sochiluvchan yuk uyumida bunday vertikal devor xosil bo’lmaydi. Yaxshi sochiluvchan yuklarga kuruk kumni misol kilib keltirish mumkin, birikuvchan yuklarga esa nam kum, yumshok tuprok misol bo’la oladi. Uzok saklash natijasida o’zining xarakatchanligini yo’kotuvchi yuklar zichlashib kotib koluvchi yuklar guruxini tashkil etadi. Bularga tuprok, soda, sement, mineral o’g’itlar, shakar misol bo’la oladi. Тashki muxitni 0°S dan past xaroratda namligi yuqori bo’lgan sochiluvchan va to’kiluvchan yuklarni muzlab kolishi kuzatiladi. Boksit, tuprok, ma’dart, koks, ko’mir kabi yuklar past xaroratlarda muzlab koladi. Yuklarning zichlashib kotib kolishi va muzlashi ortish tushirish ishlarini ancha kiyinlashtirib yuboradi.
Bunkerlardan yuk okib tushayotganida, xarakatsiz yuk massasi ichida, chikaruvchi tuynik ustida xarakatlanuvchi vertikal yuk ustuni paydo boiadi. Bunker ichidagi yukni yuqori ustki katlamida voronka xosil bo’ladi va tabiiy nishablik burchagi ostida yuk donachalari dumalashib tushib xarakatlanuvchi ustunni ta’minlab turadi (4.2-rasm, b). Bu asosiy prinsipdan ba’zida chetlash sodir bo’lishi kuzatilib, bunda chikaruvchi tuynuk ochilganidan so’ng bunker ichidagi sochiluvchan yukning xammasi birdaniga xarakatlanib, muayyan vaqt ichida bir maromda (tekisda) bunkerdan yuk okib tushadi (49-rasm, d).
Yaxshi sochiluvchan yuklar uchun bunkerdan yukni okib tushish tezligi kuyidagi formula orqali aniqlanadi:
(4.8)
bu yerda: - yukni okib tushish koeffitsiyenti (X=0,2-K)ni katta kiymati yaxshi sochiluvchan yuklar uchun, kichik kiymati esa birikuvchan yuklar uchun kabul kilinadi;
- erkin tushish tezlanishi, m/s2;
- chikaruvchi tuynukning gidravlik radiusi, R=F/L. m;
F - chikarish tuynugining yuzasi, m.
D diametrli dumalok tuynik uchun F=7t-(D-a) /4; tomonlan A bo’lgan kvadrat tuynik uchun F’=(A-a)2; tomonlari A va V bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli tuynik uchun F =(A - a) -(B - a); a - xos bo’lakning o’lchami, m; L - chikarish tuynugining perimetri, m.
Birikuvchan yuklar uchun bunkerdan yukni okib tushish tezligi kuyidagi formula orqali aniqlanadi:
(4.9)
bu yerda: x - yuk donachalarini o’zaro ilashish kuchini ta’riflovchi kiymat,
- sochiluvchan yukni ichki ishkalanish koeffitsiyenti;
- yukning xajmiy massasi.
Yonboshdan to’kishda yukni okib tushish tezligi kuyidagicha aniqlanadi:
(4.10)
bu yerda: a - bunkerning yon bosh devorining kiyalik burchagi.
Bir tekis yuk okimida mo’tadil tuynukli bunkerning o’tkazish kobiliyati kuyidagicha aniqlanadi
(4.11)
2>10>60>160>320>
|