|
Inersiyali yuk tushirish mashinasi
|
bet | 39/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)4.Inersiyali yuk tushirish mashinasi. Universal to’rt o’kli yopik vagonlardan don va boshka yengil sochiluvchan yuklarni tushirishda inersiyali yuk tushirish mashinasidan foydalaniladi. Inersiyali yuk tushirish mashinasida yuklarni tushirishda vagon kuzovining etak devoridan eshik qiymasiga tomon yuklarning siljishi inersiya kuchi xisobidan sodir bo’ladi. Bunda vagon kuzovi tekis (yassi) parallel, tebranishlarni amalga oshirib turadi. Yukni kamrab olish yoki surib tushirish uchun vagonning ichiga kandaydir ko’shimcha moslama yoki uskunalar kiritilmaydi va yuk koldiklaridan vagonning ichini tozalashga xam xojat kolmaydi. Loyixani mutaxassislari yaratgan va sanoatda ishlab chikarilgan IRM-7 turdagi inersiyali yuk tushirish mashinasi vagon to’ntargichlarga karaganda kam metall talabchanlikka va energiya talabchanlikka ega bo’lib, uning unumdorligini esa yukni tushirish jarayonida keng ko’lamda rostlash mumkin (4.7-rasm). Mashina kuyidagi asosiy uzellardan:
ikki juft tayanch richag (10) lari va komplekt purjina (11) lari yordamida barpo etilgan tayanch uzellari (8) ga montaj kilingan ko’prik platforma (1) dan, vagonni ko’prik platformada maxkamlash kurilmasining komplekti-vagonning avtoulagichidan kisib turadigan ikkita surilma tirak (2) dan, gidravlik kisish mexanizmidan va surilma tirakni rels osti chukurchasiga tushirib oladigan vintli mexanizmidan;
ko’prik platformani gorizontal holatda mustaxkamlash moslamasi-stabilizatorlar (7) dan va kirgizma relsli etak kulflar (3) dan;
ko’prik platformani o’rta kismiga o’rnatilgan, yo’naltirilgan ta’sirli tebranishlarni vujudga keltiruvchi markazdan kochirma debalans (muvozanatsizlangan) ko’zg’atgich 9 dan;
donni to’kilib tushish jarayoni operatorga aniq va yaxshi ko’rinib turishi uchun vagonning eshik o’ymasi ro’parasiga joylashtirilgan boshkarish pulti 5 dan va surilma nov 6 li kabul kilish bunkeridan;
kalkon sikkich 4 dan iborat.
|
| |