|
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
|
bet | 34/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
Donali yuklar uchun elevatorning texnik unumdorligi formulsi qanaqa?
Kovishli elevatorning quvvati formulasi qanaqa?
Elevatorlarning tuzilishi va ularning vazifasi
Elevatorlarning unumdorligini va kuvvaiini xisoblash nazariyasi
5. Uzliksiz harakatlanuvchi mexaniq yuklagichlar.
6. Uzliksiz harakatlanuvchi mexaniq tushurgichlar.
13-mavzu.Pnevmatik uskunalar
Reja:
Pnevmatik uskunalarning, tuzilishi vavazifasi
Pnevmatik uskunalarni hisoblash nazariyasi
Pnevmatik uskunalarning, tuzilishi vavazifasi. Pnevmatik uskunalarda kuvur o’tkazgich ichida yuk zarrachalari xavo okimi yordamida xarakat kiladi. Kuvur o’tkazgich ichidagi yuk zarrachalari xavo bilan to’yinib aeroaralashma xosil bo’lishi natijasida yuk massasida okuvchanlik vujudga keladi. Kuvur o’tkazgich ichida aeroaralashmani xarakatlantirish uchun esa kuvur o’tkazgich boshida va oxirida bosim tafovuti (farki) ni paydo etish lozim bo’ladi. Bosim tafovuti esa kuvur o’tkazgich ichiga (da) xavo xaydash yoki vakuum paydo etish natijasida vujudga keladi.
Don-dun, sement, apatit konsentrati, mayda torf, fosforit uni va shunga o’xshash kukunsimon va mayda donali yuklarni uncha olis bo’lmagan masofalarga tashishda va ortish-tushirish ishlarida pnevmatik uskunalardan keng foydalaniladi. Ishlash tusiga muvofik pnevmatik uskunalar so’rib oluvchi, xaydovchi va aralash - xam so’rib oluvchi va xam xaydovchi 185 turlarga bo’linadilar.
0,01 MPa gacha bo’lgan past vakuumli so’rib oluvchi uskunalarda ventilator (shamolparrak)lardan, 0,03 MPa gacha bo’lgan o’rta vakkumli so’rib oluvchi uskunalarda xavo purkagichlardan, 0,09 MPa gacha bo’lgan yuqori vakuumli so’rib oluvchi uskunalarda vakuum nasoslardan foydalaniladi.
So’rib oluvchi pnevmatik uskunalarda (4.1-rasm, a) vakuum nasos (6) uskunaning barcha tizimlarida siyraklanishni vujudga keltiradi. Atmosfera bosimi ta’sirida xavo yuk bilan birga aralashib soplo (1) orqali ishchi kuvur o’ tkazgich (2) ga so’rilib kiradi va uning ichida aeroaralashma ma’lum masofaga xarakatlanib borib cho’kish kamerasi (3) ga kelib tushadi. Bu kurilmani ajratgich yoki girdob (siklon) deb xam ataladi, chunki uning ichida yuk xavo okimidan ajraladi. Cho’kish kamerasi kesimining diametri kuvur o’tkazgich kesimi dimetridan bir necha o’n marotaba katta, bu esa ajratgich ichida aeroaralashma okimini sun’iy uyurmalanishini vujudga keltiradi, natijada xarakatdagi yuk zarrachalari ajratgich devorlariga kisilib tezligini yo’kotadi va kamera ostiga asta cho’kadi. Тarkibida mayda chang bo’lgan xavo kumir o’tkazgich (4) orqali filtr (8) ga kelib tushadi va tozalangan xavo kuvur o’tkazgich (5) orqali vakuum-nasos (6) dan o’tib kuvur o’tkazgich (7) orqali tashki atmosferaga chikarib yuboriladi.
Cho’kish kamerasi (ajratgich) dan yuk tashkariga shlyuzli tamba (9) orqali chikariladi. So’rib oluvchi uskunalarda xavo bosimining maksimal tafovuti 0,06-0,07 MPa ni tashkil etadi, shuning uchun ulardan yuklarni xarakatdagi sostavdan tushirish va kiska masofalarga eltib berishda foydalaniladi. Agarda yuklarni uzokrok masofaga eltib berish kerak bo’lsa, u xolda tasmali va boshka turdagi konveyerlardan foydalaniladi. Filtr ostiga cho’kkan yukning mayda zarrachalari xam shlyuzli tamba 10 orqali tashkariga chikariladi. Barabanli yoki shnekli shlyuz tambalar mustakil elektr dvigatelidan xarakatga keltirilib cho’kish kamerasidan va filtrdan yuk va changlarni tashkariga chikarib turishni xamda uning ichiga atmosfera xavosi kirmasligini ta’minlaydi.
48-rasm. Pnevmatik uskunalaming prinsipial chizmalari:
a-so’rib oluvchi pnevmatik uskunalar: 1-soplo; 2-ishchi kuvur o’tkazgich; 3-cho’kish kamerasi; 4-,5- va 7-kuvur o’tkazgichlar; 6-vakuum nasos; 8-filtr; 9- va 10-shlyuzli tambalar; 11-konveyer. b-o’rta bosimli xaydovchi pnevmatik uskuna: 1-aralashtiruvchi kamerali ta’minlagich; 2-kuvur o’tkazgich; 3-ajratgich (kabul kluvchi) kamera; 4-filtr. d-yuqori bosimli xaydovchi pnevmatik uskuna: 1 -taglik aeroplita; 2-ta’minlash kamerasi; 3-datchik; 4- klapan (tikin); 5-ishchi kuvur o’tkazgich; 6-kabul kiluvchi kamera; 7-filtr. e-aralash pnevmatik uskuna: 1-ishchi kuvur o’tkazgich; 2-xavo nasosi; 3-filtr; 4-cho’kish kamerasi; 5-shlyuzli tirband; 6-kuvur o’tkazgich; 7-kabul kiluvchi kamera; 8-filtr.
So’rib oluvchi pnevmatik uskunalar bir vaqtning o’zida bir nechta joydan, vagonlardan va kemalardan yukni so’rib olib, uni bir joyga tushirish imkoniyatini beradi.
0,2 MPa gacha bo’lgan past bosimli xaydovchi pnevmatik uskunalarda yuqori bosimli ventelatorlardan foydalaniladi, 0,3 MPa gacha bo’lgan o’rta bosimli xaydovchi pnevmatik uskunalarda xavo purkagichlardan va 0,6 MPa gacha bo’lgan yuqori bosimli xaydovchi pnevmatik uskunalarda kompressorlardan foydalaniladi.
O’rta bosimli xaydovchi pnevmatik uskunalarda (48- rasm, b) kompressor kisilgan liavoni moy va suv ajratgich orqali aralashtiruvchi kamera (1) ga xaydaydi. Bu aralashtiruvchi kameraga shnek xam yukni majburan xaydaydi (kiritadi) va uning ichida yuk bilan xavo shiddatli aralashib aeroaralashma vujudga keladi. Aeroaralashma esa kuvur o’tkazgich (2) orqali xarakatlanib ajratgich (3) ga kelib tushadi va bu yerda yuk ajratgich ostiga cho’kadi, xavo esa filtr (4) orqali tashki atmosferaga chikib ketadi.
Yuqori bosimli xaydovchi pnevmatik uskumlarda (4.1- rasm, d) kompressor kisilgan xavoni moy va suv ajratgich orqali ta’minlash kamerasi (2) ga xaydaydi va bu yerda yuk bilan xavo aralashib aeroaralashma paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan aeroaralashma esa ishchi kuvur o’tkazich (5) orqali kabul kiluvchi kurilma (6) ga kelib tushadi, xavo esa filtr (7) dan o’tib, tozalanib tashki atmosferaga chikib ketadi. Хavoni yuk bilan yaxshi aralashishi uchun ta’minlash kamerasi tubiga maxsus taglik aeroplitalar o’rnatilgan va ular orqali ta’minlash kamerasiga kirayotgan xavo aeroaralashma xosil bo’lishini yanada tezlashtiradi. Тa’minlash kamerasiga yuk ko’ng’irok shaklidagi maxsus klapan (4) orqali kelib tushadi. Тa’minlash kamerasining satxi yuk bilan to’lishi va kamayishiga muvofik maxsus klapan avtomatik tartibda yopilib yoki ochilib turadi.
Тa’minlash kamerasi satxini yuk bilan to’lishi va kamayishini esa datchik (3) aniqlaydi va u yukni totishi va kamayishiga muvofik maxsus klapanni boshkarish avtomatikasiga signal beradi.
Тa’minlash kamerali uskunalar vintli ta’minlagichlarga karaganda kamrok tez yoyiluvchan kismlarga ega. Хaydovchi uskunalarda ishchi kuvur o’tkazgich tarmoklanib yukni boshka-boshka joylarga tushirish imkoniyatini beradi. Bunday uskunalar unumdorligi 150 t/soatgacha bo’lib yukni 1,5 km gacha eltib berishi mumkin.
Kachonki, yuk bir vaqtning o’zida bir nechta joylardan so’rib olib, ancha olis-so’rib oluvchi uskunalar yengib o’tishi mushkul bo’lgan masofalarga eltib berish zarur botgan holatlarda aralash pnevmatik uskunalardan foydalaniladi (4.1-rasm, e). Bunday uskuna xavo nasosi (2) bilan ajratilgan aloxida ikki kismda: so’rib oluvchi va xaydovchi kismdan iborat. Birinchi so’rib oluvchi kism ishchi kuvur o’tkazgich (1) dan, cho’kish kamerasi (4) dan, filtr (3) dan va shlyuz (5) dan iborat. Хaydovchi-ikkinchi kism ishchi kuvur o’tkazgich 6 dan va kabul kiluvchi kurilma (7) dan va filtr (8) dan iborat. Aralash pnevmatik uskunalarda xavo nasosi birinchi-so’rib oluvchi kismda siyraklanishni vujudga keltiradi. Atmosfera bosimi ta’sirida xavo yuk bilan birga aralashib soplo orqali ishchi kuvur o’tkazgichga so’rilib kiradi va uni, ichida aeroaralashma xarakatlanib borib, cho’kish kamerasiga kelib tushadi. Cho’kish kamerasida yuk xavo okimidan ajralib tushadi va shlyuz orqali xaydovchi ishchi kuvurga o’tkazgichga uzatiladi. Хavo esa filtrdan tozalarub o’tib, nasosga yetib keladi, nasos esa xavoni ishchi kuvur o’tkazgichaga xaydaydi va uni, ichida xavo bilan yuk aralashib, xosil bo’lgan aeroaralashma kabul kiluvchi kurilmaga yetib keladi. Kabul kiluvchi kurilmada yuk yig’ila boshlaydi, xavo esa filtrdan o’tib, tozalanib tashki atmosferaga chikib ketadi.
|
| |