12-mavzu.Тransport va ortish-tushirish ishlarini bajarishda elevatorlardan foydalanish havfsizlikni ta`minlash va atrof-muhit muhofazasi.
Reja:
Elevatorlarning tuzilishi va ularning vazifasi
Elevatorlarning unumdorligini va kuvvaiini xisoblash nazariyasi
Elevatorlarning tuzilishi va ularning vazifasi. Yuklarni vertikal yoki unga yakin kiya yo’nalishda uzluksiz yuqoriga eltib (ko’tarib) beruvchi mashinalar elevatorlar deb ataladi. Elevatorlar ishchi organining turiga muvofik kovshli, kattik ilgakli, polkali va kajavali bo’ladi. Kovshli elevator (noriya)lar (3.10-rasm) sochiluvchan-to’kiluvchan yuklarni, kattik ilgakli, polkali va belanchakli (3.12-rasm) elevatorlar esa idishli va donali yuklami ma’lum bir balandlikka uzluksiz eltib berish uchun ishlatiladi. Kovshli elevatorlar vertikal yoki kiya ramadan iborat bo’lib, uning yuqori kismiga yurituvchi baraban (1) dan yoki yulduzchadan, elektr dvigateldan, muftadan, reduktordan va to’xtatish moslamasidan iborat bo’lgan yurituvchi kurilma montaj kilingan. Elevator ramasining ostki kismida taranglovchi baraban (4) dan yoki yulduzchadan iborat vintli taranglovchi moslama joylashgan. Yurituvchi baraban (yulduzcha) ni va taranglovchi baraban (yulduzcha)ni elevatorni tortuvchi organi tasma (2) yoki zanjir o’rab (aylanib) o’tgan. Elevatorning tortuvchi organiga kovsh (3) lar maxkamlangan.
Elevatorning kovshlari botirib olish va bevosita kovshga solish usuli orqali to’ldiriladi (to’lg’aziladi). Sement, bug’doy, don-dun va shunga o’xshash sochiluvchan yuklar elevatorning ostki kismidagi boshmokka kelib tushadi va u yerdan kovshlar sochiluvchan yuklami ketma-ket botirib olib yuqoriga xarakatlanadi (3.10-rasm, a, b). Kattarok bo’lakli va abraziv yuklarni esa bevosita kovshning o’ziga solish kerak bo’ladi (3.10- rasm, d), chunki bu yuklarni kovsh bilan botirib olish ancha mushkul bo’lib elevator kovshini, tasma yoki zanjirini va boshka asbob-uskunalarini tezda ishdan chikarishi mumkin.
Kovshli elevatorlar o’rnatilishi tusiga muvofik: vertikal (3.10-rasm, a, b, d) va kiya (3.10-rasm, e); tortuvchi organiga ko’ra tasmali va zanjirli; kovshlarining xarakat tezligiga binoan esa tez yuradigan va sekin yuradigan elevatorlarga bo’lmadilar. Тez yuradigan elevatorlarda yuk kovshdan markazdan kochma kuch ta’sirida uloktirilib to’kiladi, sekin yuradigan elevatorlarda esa kovsh to’ntarilganida yukning o’zi erkin to’kiladi.
43-rasm. Kovshli elevatorlar chizmasi:
a-kovshlari ajratib joylashtirilgan tasmali elevator; b-kovshlari ajralib joylashtirilgan zanjirli elevator; d- kovshlari tig’iz joylashtirilgan zanjirli elevator; e-kiya o’rnatilgan elevator. 1-yurituvchi baraban (yulduzcha); 2-tasma (zanjir); 3-kovsh; 4-taranglovchi baraban (yulduzcha); 5-zanjirni kiyalatuvchi yulduzcha.
Elevatorlarda (43-rasm) kovsh yuk bilan barabanga etib kelgunigacha to’g’ri chizik bo’ylab tikkaga xarakatlanadi, yukka esa fakat og’irlik kuchi m-g ta’sir etadi xolos. Kovsh yuk bilan barabanga yetib kelganida burila (aylana) boshlaydi va yukka og’irlik kuchi m-g dan tashkari kuyidagi markazdan kochma P kuchi xam ta’sir eta boshlaydi:
(3.18)
bu yerda: m - yuk massasi, kg;
- kovshni tezligi, m /s;
- baraban markazidan yukni og’irlik markazigacha bo’lgan masofa, m.
Bu og’irlik m-g kuchini markazdan kochma P kuchi bilan geometrik ko’shib teng ta’sir kiluvchi R kuchini topish mumkin, kaysiki bu R kuchi kovsh baraban atrofida xarakatlanganida (aylanganida) xam kiymati bo’yicha va yo’nalishi bo’yicha o’zgarib boradi. R kuchini ta’sir kilish chizig’ini barabanning vertikal o’ki bilan kesishgungacha davom ettirsak xar doim, kutb deb atalmish, bir nukta S ni topamiz. Barabanning o’kidan bu kutb S nuktasigacha bo’lgan i masofa kutb masofasi deb ataladi.
OATS va RAP o’xshash uchburchaklaridan kuyidagini topamiz:
(3.19)
OTS k ? va OA k r ekanligini inobatga olinsa
(3.20) ga ega bo’lamiz:
(3.21)
yekanligi inobatga olinsa:
(3.22)
u yerda, n - barabanning aylanish chastotasi, ayl /dak.
44-rasm. Kovshdan yukni to’kilib tushish chizmasi.
Binobarin, kutb masofasi l fakat barabanning aylanishlar soniga bog’lik bo’lib, uni o’zgarishi kutb masofasini kamayishiga yoki ko’payishiga sabab bo’ladi. Kutb masofasi baraban aylanasi radiusiga teng yoki undan kichik bo’lganida markazdan kochma R kuchning kiymati kovshdagi yukni og’irlik m-g kuchidan anchagina katta bo’ladi R˃m-g, shu sababli kovsh barabanning vertikal o’kidan muayyan bir burchakka og’ganida yuk markazdan kochma R kuch ta’sirida kovshdan uloktirilib novga to’kiladi. Kutb masofasi kovshning tashki kirrasidan o’tgan aylana radiusidan katta bo’lganida kovshdagi yukni og’irlik m-g kuchi uni markazdan kochma R kuchidan katta bo’ladi m-g>R, shuning uchun kovsh to’ntarila boshlaganida yukning o’zi erkin to’kila boshlaydi. Kutb masofasi baraban radiusidan katta, ammo kovshning tashki kirrasidan o’tgan aylana radiusidan kichik bo’lganida kovshning aralash bo’shashi, ya’ni yukni kovshdan uloktirilishi va o’zini erkin to’kilishi sodir bo’ladi. Kovshdagi yuk markazdan kochma R kuch ta’sirida to’kilganida, kovsh xarakat doirasi tashkarisida joylashgan novga kelib tushadi. Kovshdagi yuk o’zi erkin to’kilgamda yoki aralash to’kilganida, novni kovshning xarakat doirasi ichkarisiga, ya’ni to’kilayotgan kovsh ostiga joylashtirish lozim bo’ladi. Buning uchun esa tortuvchi zanjimi kiyalatuvchi yulduzcha 5 (44-rasm, b) o’rnatiladi va nov yuk to’klayotgan kovsh ostiga joylashtiriladi, aks xolda kovshdan to’kilayotgan yuk yana kaytib elevator ostidagi boshmokka kelib tushadi. Shuningdek, kovshdan to’kilayotgan yuk pastga tushib ketmasligi uchun tortuvchi zanjirlarga kovshlar tig’iz joylashtiriladi (43-rasm, d), bunda oldingi kovshni bortchali devorlari keyingi kovshdan to’kilayotgan yuk uchun yo’naltiruvchi nov bo’lib xizmat kiladi yoki elevator kiya o’rnatiladi.
Donali yuklar uchun elevatorlarning konstruksiyasi kovshli elevatorlarni konstruksiyasiga o’xshash bo’ladi. Fakat zanjirga kovshning o’rniga yukni turiga va shakliga mos keladigan maxsus ilgaklar yoki boshka aloxida moslamalar o’rnatiladi. Silindr shaklidagi (bochka, rulon) yuklar uchun ilgaklardan (45-rasm, a), yashik, korobka va kopdagi yuklar uchun esa tekis polkalardan (45-rasm, b) yoki kajavalardan (3.12-rasm, d) foydalaniladi.
45 rasm. Donali yuklar uchun elevatorlar:
a-ilgakli; b-yassi polkali; d-kajavali.
Kajavali elevatorlar idishli va donali yuklami ko’p kavatli omborlarga ko’tarib berish uchun ishlatiladi. Kajavalarni zanjirlarga birlashtiradigan sharnirlar kajavaning og’irlik markazidan yuqorirokda joylashganligi bois u xar doim vertikal holatda bo’ladi. Kajavaga yuklar konveyer yoki kiya nov orqali kelib tushadi va yuk omborning tegishli kavatiga ko’tarilganida kajava kiyalantirilsa yuk o’zini og’irlik kuchi ta’sirida undan sirpanib tushadi. Kattik ilgakli elevatorlar og’ir rulon va bochkalarni ko’p kavatli omborlarning yuqori kavatiga ko’tarib berish, taxtalami baland uyumlarga taxlash va daryo suvlaridan xoda va g’o’lalarni prichalga chikarib olish uchun ishlatiladi.
|