3.3-rasm. Zanjirli plastinkali konveyer chizmasi:
a-umumiy chizmasi: 1-yurituvchi yulduzcha; 2-plastinka; 3-zanjir; 4-yo’naltiruvchi izlar; 5-yuklash moslamasi; 6-taranglovchi yulduzcha. b-ishchi holati.
Changsimon, kukunsimon don-dun va yengil bo’lakli yuklarni eltib berish uchun kirg’ichli konveyerlar ko’llaniladi (3.4-rasm). Kirg’ichli konveyer po’lat tunika (list) dan yasalgan mukim nov (6) dan iborat bo’lib, uni ichida tortuvchi organ cheksiz zanjir (2) (arkon yoki tasma) xarakatlanadi va bu zanjirlarga ishchi organ baland kirg’ich (3) lar yoki botirilgan kirg’ichlar maxkamlangan. Baland kirg’ichli konveyerlar yukni uzik-yulik sudrab eltadi (3.4-rasm, a), botirilgan kirg’ichli konveyerlarda (3.4-rasm, b) esa yuk yaxlit sudrab eltiladi. Bu konveyerlarni yurituvchi (4) va tamg’alovchi (1) moslamalari zanjirli plastinkali konveyerlarnikiga o’xshash bo’ladi. Konveyerning yuqori kismidan novga yuk kelib tushadi, kirg’ichlar novni ichida yukni sudrab ostki tuynik 5 gacha eltib boradi va ostki ochik tuynikdan yuk pastga to’kiladi.
38-rasm. Kirg’ichli konveyerlar chizmasi:
a-baland kirg’ichli: 1-taranglovchi mexanizm; 2-cheksiz zanjir; 3- baland kirg’ichlar; 4-yurituvchi mexanizm; 5-ostki tuynuklar. b-botirilgan kirg’ichli; d-umumiy ko’rinishi.
Kirg’ichli konveyerlar ko’pincha uzluksiz xarakatlanuvchi ortish-tushirish mashinalarida yuk bilan ta’minlovchi moslama sifatida ishlatiladi. Kirg’ichli konveyerlarni kiyalik burchagi 30 gacha etishi mumkin. Bu konveyerlarni jiddiy kamchiliklari yuklami maydalanishi, novni tez yeyilishi va katta energiya sarfidir.
Kiska (30+40 m) masofalarga changsimon, kukunsimon va don-dun yuklarini (bug’doy, sholi, sement, oxak, kum va x.k.) eltib berish uchun vintli konveyerlar ko ilaniladi. Vintli konveyer (3.5-rasm) kalinligi 2-r8 mm li po’lat tunikadan yasalgan mukim nov (2) dan iborat. Novning ostki kismi yarim silindr shaklida bo’lib, ustidan kopkok bilan yopib ko’yilgan. Novning ichida chetki (5) va oralik (4) tayanchlarga vintli val (3) o’rnatilgan. Vintning kadami taxminan 0,8 vint diametriga teng kilib yasaladi. Vintning diametri D, bir jinsli (donadorligi bir xil saralangan) yuklarni eltishda, uning bo’laklari o’lchamidan 12 marotaba, navlanmagan yuklarni eltishda esa uning eng katta bo’lagi o’lchamidan 4 marotaba katta bo’lishi kerak. Vintning aylanish chastotasi og’ir yuklar uchun 50 ayl/dak gacha, engil yuklar uchun esa 150 ayl/dak gacha bo’lishi mumkin.
Vintli konveyerning yurituvchi mexanizmi (I) elektr dvigateldan, valga o’ratilgan muftalardan va reduktordan iborat. Yuk kopkokda joylashgan tuynik orqali novga kelib tushadi va vint aylanganida nov ichida sirg’alib (sirpanib) borib nov ostida joylashgan ochik tuynik orqali pastga to’kiladi. Bu konveyerlarda vint (shnek) ishchi organ vazifasini bajaradi va u yaxlit yuzali (3.5-rasm, a), tasmali (3.5-rasm, b) va parrakli (kanotli) (3.5-rasm, d) bo’lishi mumkin. Yaxlit yuzali vintlar asosan kuruk changsimon, don-dunsimon va kukunsimon yuklami eltib berishda ishlatiladi. Kotib koladigan, namrok va navlanmagan yuklarni eltib berishda tasmali va parrakli vintlarni ishlatish maksadga muvofikdir.
Vintli konveyerlar taksimlovchi (3.5-rasm, e) va to’plovchi (3.5-rasm, f) bo’lib, ko’pincha ular uzluksiz xarakatlanuvchi ortish-tushirish mashinalarida yuk bilan ta’minlovchi moslama sifatida ko’llaniladi. Bu konveyerlarning jiddiy kamchiliklari yuklarni kisman maydalanib ketishi, vint yuzasini tez yeyilishi va boshka konveyerlarga nisbatan yuqori energiya sarfidir.
Vibratsion konveyerlar bir kuvurli yoki ikki kuvurli (3.6- rasm) bo’lishi mumkin. Vibratsion konveyerning yukni eltib beruvchi kuvuri osma purjinalarga yoki elastik ustunchalarga o’rnatiladi. Bu konveyerlarda yukni siljishi kuvur yuzasidan ajralish okibatida sodir bo’ladi. Kuvur 0,625 mm dan 1,25 mm gacha bo’lgan kichik amplitudada bir dakikada 3000 chastotagacha tebranadi. Kuvurga osib ko’yilgan maxsus vibrator (titratgich)lar qaytariladigan-ilgarilaydigan xarakatlarni amalga oshiradilar. Vibratorlar elektr mexaniqali (markazdan kochma, ekssentrik-markazdan siljigan), elektr magnitli va kamrok gidravlik va pnevmatik bo’lishi mumkin. Bir kuvurli vibratsion konveyerlarda (3.6-rasm, a) vibrator kuvumi yuqorisiga yoki ostiga o’rnatiladi. Kuvur bilan vibratorning bo’ylanma o’ki 20-x30 burchak ostida. joylashgan, shu sababli vibrator ishlaganida kuvur ichida yuk zarrachalari mikrosakrashlarni amalga oshiradilar va oldinga karab siljiydilar. Yuk konveyerga yuklash voronkasi orqali kelib tushadi va kuvur ichida surilib borib ostki ochik tuynikdan pastga to’kiladi. 3.6-rasm, b da ikki kuvurli tebranma konveyer chizmasi ko’rsatilgan.
39-rasm. Vintli konveyer chizmasi: a-umumiy ko’rinishi: 1-yurituvchi stansiya; 2-nov; 3-vintli val; 4- oralik tayanchlar; 5- chetki tayanchlar. b-tasmali vint; d-parrakli vint; e-taksimlovchi vintli konveyer; f-to’plovchi vintli konveyer; g-novning ko’ndalang kesimi; d-vint diametri.
Inersion tebranma konveyer (3.7-rasm) po’lat tunikadan yasalgan nov (1) dan iborat bo’lib, u elastik ustuncha (2) lar ustiga o’rnatilgan. Elastik ustunchalar prujinali ressorlardan yasalgan va a = 15+20° burchak ostida o’rnatilgan. Elektr dvigatelidan xarakatga keluvchi krivoship mexanizmi (3) orqali nov tebranma xarakatlarni amalga oshiradi.
Nov oldinga xarakat kilayotganida va yuqoriga ko’tarilayotganida inersiya kuchining vertikal tashkil etuvchisi pastga yo’nalgan bo’ladi va buning okibatida yuk bilan nov orasidagi xarakatlanish tomonga yo’nalgan ishkalanish kuchini ko’payishiga sabab bo’ladi. Nov orqaga xarakatlanib va pastga tushayotganida inersiya kuchining vertikal tashkil etuvchisi yuqoriga yo’nalgan va buning okibatida yuk bilan nov orasidagi ishkalanish kuchi kamayib ketadi va u inersiya kuchining gorizontal tashkil etuvchisidan kichik bo’lganligi sababli yuk oldinga xarakat kilishda davom etadi. Yukning tezligi 0,15-5-0,20 m/s. Konveyerning tebranish amplitudasi 30-S-40 mm va bir dakikada 300-^400 chastotada tebranadi.
|