Aylanuvchi strelali kranlarning turg’unligini aniqlash. Aylanuvchi strelali kranlar yuk bilan ishlaganida yoki yuksiz holatda va strelasi yo’l bo’ylab yoki yo’lga ko’ndalang holatda joylashganida xam ag’anab (to’nkarilib) ketishdan mustasno yoki boshkacha kilib aytganda turg’un (ustoychivыy) bo’lishi kerak. Ko’pchilik xarakatlanuvchi strelali kranlarning izlari ularning bazasidan kichik bo’ladi, shuning uchun bu kranlar strelasi bilan yo’lga ko’ndalang turib kolishi eng xavfli deb e’tirof etiladi. Хarakatlanuvchi strelali kranlarning zaxira turg’unlik koeffitsiyenti kiymatlari va ularning aniqlash uslubi Davlat texnika nazorati muassasalarining koidalarida tartibga solinadi. Kranning turg’unligi uning ishchi holatda yuk bilan (yukli turg’unlik) va shuningdek, yuksiz holatda (kranning o’zining turg’unligi) tekshirib ko’riladi.
V nuktaga (2.19-rasm, a) nisbatan olingan qayta tiklovchi momentni ag’daruvchi momentga nisbati yukli turg’unlik koeffitsiyenti deb ataladi. Kran strelasi maksimal kanotda, yo’lga perpendikular holatda turganida xamda yo’lning ko’ndalang nishabligi va shamolning ta’siri esa kranning ag’darib yuborishga imkoniyat paydo etuvchi holatdagi eng noxush kuchlar majmuyini (sochetaniye) nazarda tutib kranning yukli turg’unligi tekshirib ko’riladi. Kranning turg’uniigini oshiruvchi kamragichnini relsga ta’siri inobatga olinmaydi.
2.19-rasm. Aylanuvchi strelali kranning turg’unligini aniqlash xisob chizmasi: a - yukli kranni; b - yuksiz kranni.
35-rasm. Aylanuvchi strelali kranning turg’unligini aniqlash xisob chizmasi:
a - yukli kranni; b - yuksiz kranni.
Yukli turg’unlik koeffitsiyenti kuyidagi formula orqali aniqlanadi:
(2.27)
bu yerda, - tiklovchi moment;
- ag’daruvchi moment.
Ag’daruvchi momentga shartli ravishda fakat kranning nominal yuk ko’tarish og’irlik kuchi ag’anash kirrasi (V nukta)ga nisbatan paydo etgan moment kiritilgan:
(2.28)
bu yerda, g’- yuk massasi, t;
- erkin tushish tezlanishi, 2;
- kran strelasi kanoti, m;
- kran izi kengligini yarmi, m.
Тiklovchi moment kuyidagicha aniqlanadi:
(2.29)
bu yerda, - kran osti yo’lining nishabligini inobatga olgan xolda kran va uning kismlarini og’irlik kuchi paydo etgan moment;
- kran mexanizmlarini ishga tushirish va to’xtatish paytida xamda kranning aylanishida markazdan ko’chma kuch ta’sirida paydo bo’luvchi kran kismlari va yuk inersiyasi kuchlari momentning yig’indisi;
- kranning ishchi holatida shamol yuklamasi (bosimi) paydo etgan moment.
Хisob-kitoblarni soddalashtirish maksadida inersiya kuchlarini, shamol bosimini va kran osti yo’lining nishabligini inobatga olmasdan aylanuvchi strelali kranning yukli turg’unlik koeffitsiyentini kuyidagicha aniqlash mumkin:
(2.30)
Bunda tiklovchi momentni kuyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
(2.31)
bu yerda: - kranning massasi, t;
- kranning og’irlik markazidan aylanish o’kigacha bo’lgan masofa, m:
Kranning o’zini turg’unligini xisoblash uchun (2.19-rasm, b) minimal strela qanotida, yuksiz holatda, yo’lning ko’ndalang nishabligi va shamol bosimi kranni ag’darish tomoniga yo’naltirilgan holatdagi eng noxush kuchlar majmuyi kabul kilinadi. Kranning o’zining turg’unligini aniqlashda ko’shimcha tayanch ta’siri inobatga olinmaydi va kuyidagi formula orqali aniqlanadi:
(2.32)
Bunda shartli ravishda ag’daruvchi moment deb kranning ishsiz holatida ag’darish kirrasi (A nukta)ga nisbstan shamol yuklamasi paydo etgan moment kabul kilinadi:
(2.33)
bu yerda: - shamol bosimi;
d - shamol bosimi ta’sirining elkasi (shamol bosimi markazidan perpendikulyar bo’yicha ag’anash kirrasigacha bo’lgan masofa), m.
(2.34)
bu yerda: - kranning shamol ta’sir kiluvchi maydoni, m2;
- shamolning bosimi, kN/m2.
Kranning ishlayotgan klimatik zonasi no’malum bo’lganida [P]=700 kN/m2 deb kabul kilinadi. Тiklovchi moment kuyidagicha aniqlanadi:
(2.35)
bu yerda: a - kran osti yo’lining ko’ndalang nishablik joizligi, (a = 0,002+0,003 - temir yo’l kranlari uchun; a = 0,003+0,005 - avtomobil kranlar uchun);
x - perpendikulyar bo’yicha kranning og’irlik markazidan ag’anash kirrasigacha bo’lgan masofa, m.
|