b-yuk ko’tarish egri chiziklari; d-avtokran KS-3571.
Aylanmaydigan platformaning aylana tayanchiga aylanuvchi platforma montaj kilingan bo’lib, u 360 aylanadi. Aylanuvchi platforma ustiga o’rnatilgan kabina ichida dizel-generator kurilmasi o’rnatilgan bo’lib, u elektr energiyasini ishlab chikaradi. Ishlab chikarilgan elektr energiyasi kranning yuk ko’tarish, strelani ko’tarish va tushurish, platformani aylantirish va kranning xarakatlantirish mexanizmlarining elektr dvigatellariga kabellar orqali uzatiladi. Kranda bunday ko’p motorli dizel-yuritmani o’rnatilishi, uning ishchi operatsiyalarini parallel bajarish imkoniyatini beradi. Kran tashki elektr tarmog’idan (380 V, 50 Gs) yumshok kabel orqali xam ishlashi mumkin.
Kranning yuk ko’tarish mexanizmini ikki barabanli bo’lib, uni ikki arkonli greyferlar bilan jixozlanish imkoniyatini beradi. Kranni xarakatlantiruvchi mexanizmi aylanmaydigan platformaga o’rnatilgan elektr dvigateldan va aylanma xarakatni g’ildirak o’klariga uzatadigan tishli uzatgich (zubchatoy peredachi)dan iborat. Kranning aylanuvchi platformasiga sharnir va blokli polispast yordamida strela montaj kilingan. Blokli polispast yordamida strela kanotini o’zgartirish mumkin. Strela kanotini o’zgarishiga muvofik kranning yuk ko’tarishi xam o’zgaradi (2.12-rasm, b). KDE-161 kranni yuk ko’tarish arkonlari, to’kiluvchan yuklar uchun ikki jag’li greyfer, dumalok yog’ochlar uchun greyfer kamragich va elektr magnit plita bilan jixozlanishi va ular yordamida donali, to’kiluvchan, o’rmon yuklarini xamda po’lat va cho’yan buyumlarni ortish-tushirish va ombor ishlarini yuqori unumdorlikda bajarilishi mumkin. Ba’zi bir temir yo’lda yuradigan strelali kranlarning tavsifnomasi 2.3-jadvalda ko’rsatilgan.
2.3-jadval
Тemir yo’lida yuradigan strelali kranlarning tavsifnomasi
Parametrlari va o’lchamlari
|
KDE-161
|
KDE-251
|
KDE-151
|
Yuk ko’tarish, t
|
16,0
|
25
|
15
|
Strelasining uzunligi, m:
Norma uzaytirilgan
|
15
20
|
15
20
|
15
20
|
Strela kanoti, m:
Minimal maksimal
|
5
14
|
5
14
|
5
14
|
Maksimal yuk ko’tarish tezligi, m/dak:
Ilgakda greyferda
|
17,6
63
|
17,6
63
|
17,6
63
|
Kranning xarakat tezligi, km/soat:
o’zi yurganida poyezd ostavida
|
10,4
80
|
8,3
80
|
12,9
80
|
Kran strelasini aylanish chastotasi, ayl/dak
|
1,96
|
1,5
|
2,6
|
Kran dvigatelining quvvati kVt
|
87,5
|
115
|
110
|
Kranning umumiy massasi, t
|
52,4
|
67,5
|
|
Ulgurji baxosi, rub
|
21000
|
23700
|
|
Тiklanish baxosi, rub
|
27210
|
30230
|
23400
|
Bitta tayanch portali bo’lmagan va bir kran osti rels yo’li devorda yoki estakadada joylashgan (2.13-rasm, d) kranlar yarim portal kranlar deb ataladi. Portal va yarim portal kranlar daryo prichallarida va dengiz portlarida va temir yo’l transportidan suv transportiga turli sochiluvchan-to’kiluvchan, donali, og’ir vaznli, yuklarni va o’rmon materiallarini va x.k. ortishda va aksincha, ortishda va ombor ishlarida xamda turli korxonalarning rels yoni omborlarida keng foydalaniladi.
|