Ko’prikli kranlarning tuzilishi va vazifasi




Download 4,83 Mb.
bet18/41
Sana01.02.2024
Hajmi4,83 Mb.
#149820
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)

Ko’prikli kranlarning tuzilishi va vazifasi..

Ko’prik ikkita boshqachapoq to’sin (balka) dan iborat bo’lib, ular chetki ko’ndalang to’sinchalar yordamida bir-biriga bikir maxkamlab ko’yilgan. Bosh ko’tarma to’sinlar to’rt burchakli (korobka) kesimda, po’lat listdan payvandlab yasal­gan va vaznini yengillashtirish maksadida undan maxsus o’ymalar kirkib olingan. Lekin keyingi paytlarda ko’shtavrlardan xam bosh ko’tarma to’sinlar yasalmokda. Bosh ko’chatga to’sinlarga, ko’prikni xarakatlantiruvchi mexanizm joylashtirish uchun va yuk ko’tarish aravachasida joylashgan mexa nizm, asbob-uskunalami moylash, ko’rikdan o’tkazish xamda ta’mirlash uchun maxsus maydonchalar kronshteynerlar yordamida maxkamlab ko’yilgan. Shuningdek, bosh ko’tarma to’singa boshkarish kabinasi, yumshok kabel. kurilmasi va trolley xam joylashtirilgan.

26-rasm Ko’prikli krani: ko’prik (1); ko’prikni yurgizuvchi g’ildiraklar (2); yuk ko’tarish aravachasi (3); chetki ko’ndalang to’sinchalar (4); maxsus maydoncha (5); ko’prikni xarakatlantiruvchi mexanizm (6); rels (7); boshkarish kabinasi (8); yuk ko’tarish mexanizmi (9); yuk ko’tarish aravachasini xarakatlantiruvchi mexanizm (10); estakada (11); ilgak (12); trolley (13); egiluvchan kabel (14) dan iborat


Bosh ko’chaga to’sinlar ustiga o’rnatilgan relslarda yuk ko’tarish aravachasi o’ng va chap tomonlarga xarakatlanadi. Yuk ko’tarish aravachasining ramasiga yuk ko’tarish va aravachani xarakatlantiruvchi mexanizmlar o’matilgan. Yuk ko’tarish mexanizmi elektr dvigateldan, yuk (val)ga o’rnatilgan tishli muftadan, elektr magnilli tonnoz (to’xtatgich)dan reduktordan va po’lat arkon o’raydigan barabandan iborat. Yuk ko’tarish mexanizimning reduktori elektr dvigateldan aylanishlarni (aylanma xarakatlarni) o’k va mufta orqali oladi va ulami kamaytirib barabanga uzatadi. Po’lat arkonni o’matish uchun barabanda o’ng va chap o’ram (chukurcha) izlar mavjud bo’lib, bu esa o’z navbatida, yukni ko’targanida va tushirganida gorizontal siljishni istisno etadi.


Yuk ko’tarishi 101 va undan ortiq bo’lgan kranlarda ikkita: bosh va yordamchi yuk ko’tarish mexanizmlari bo’lib, vazni og’ir yuklarni bosh yuk ko’tarish mexanizmi past (kam) tezliklarda yuqoriga ko’taradi va pastga tushiradi, vazni yengil bo’lgan yuklami esa yordamchi yuk ko’tarish mexanizmi kattarok tezliklarda yuqoriga ko’taradi va pastga tushiradi.
Agar kran ochik maydonda ishlasa, shu maydonning ikki cheti bo’ylab kurilgan estakada to’sinlari ustiga o’rnatilgan relslarda xarakatlanadi. Agar kran yopik ombor ichida ish­lasa, bino devorlaridan chikib turadigan kronshteyn to’sinlari ustiga o’rnatilgan relslarda xarakatlanadi. Ko’prikli kranni xarakatlantiruvchi mexanizm elektr dvigateldan, o’kga o’rnatilgan muftadan, elektr magnitli tormozdan va elektr dvigatel aylanma xarakatini chetki ko’ndalang to’sinchaga o’rnatilgan yurgizuvchi g’ildirakka kamaytirib uzatib beruvchi reduktordan iborat.
Greyferli ko’prikli kranlar odatdagi kranlaridan yuk ko’tarish aravachasining tuzilishidan fark kiladi. Greyfer bilan ishlaydigan aravachada ikkita po’lat arkon o’rnaydigan baraban bo’lib biri greyferni ko’tarish va tushirish. uchun ishlatilsa, ikkinchi greyfer jag’larini ochish va yopish uchun ishlatiladi va xar bir baraban o’zining aloxida elektr dvigateliga ega bo’ladi.
Magnitli ko’prik kranlar odatdagi ko’prikli krandan og’ir konstruksiyasi va elektr magnit plitani ishlatish uchun zarur jixozlari bilan ajralib turadi. Elektr magnit plita yuk ko’tarish aravachasining ilgagiga ilib ko’yiladi. Elektr dvigatel va generatordan iborat magnit stansiya esa ko’prikning maxsus maydonchasiga o’rnatiladi. Magnit stansiya o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirib beradi va bu o’zgarmas tok elektr magnit plitani ishlashi uchun zarur bo’ladi.
Ko’prik kranlarning asosiy kamchiliklaridan biri shuki, kran ishlaydigan maydonning xamma bo’yi barobar, katta mablag’ talab kiladigan, estakada inshoatlarni kurish lozim bo’ladi.




  1. Download 4,83 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko’prikli kranlarning tuzilishi va vazifasi

Download 4,83 Mb.