Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
Elektr tal nima?
Pnevmatik tal
Elektr chig’ir
Mexaniq kranlar
Konveyerlar haqida
Plastinali konveyerlar
Rolikli transporterlar
Rolikli yo’llar
Aravachalar haqida ma’lumotlar
Dostaki tal va polistatlar
Konsolli qo’l kranlari haqida
Bunkerlar
9-mavzu.Ortish-tushirish vositalari
Reja:
Mexaniq yuklagichlar tasnifi.
Vilkali elektr yuklagichning tuzilishi va vazifasi
Vilkali avtoyuklagichlarni tuzilishi va vazifasi
Mexaniq yuklagichlaming almashinish yuk ilib olish moslamalari
Bir kovshli yuklagichlarni tuzilishi va vazifasi
Mexaniq yuklagichlarning unumdorligini va ularning yuritmasidagi quvvatini xisoblash
Mexaniq yuklagichlar tasnifi. Mexaniq yuklagichlar g’ildirakli yoki o’rmalovchi zanjirli o’zi yurar, elektr dvigatellardan yoki ichki yonuv dvigatellardan xarakatlanuvchi mashinalardir. Elektr dvigatellardan xarakatlanuvchi mexaniq yuklagichlar elektr energiyani o’zida joylashgan akkumulator batareyalaridan yoki yumshok kabel orqali tashki elektr tarmog’idan oladilar. Ichki yonuv dvigatelli mexaniq yuklagichlar karbyuratorli yoki dizel dvigatelli bo’lish mumkin.
Хarakatga keltiruvchi energiya manbasiga ko’ra mexaniq yuklagichlar elektr yuklagichlarga va avtoyuklagichlarga, ishchi organlarining konstruksiyasiga muvofik esa vilkali va kovshli yuklagichlarga bo’linadilar. Vilkali yuklagichlarning asosiy ishchi organi vilka bo’lib uning yordamida yuklagich donali yuklarni o’ziga olib, bir joy dan ikkinchi joyga eltib beradi. Shuningdek, vilkali yuklagichlar kovsh, greyfer va boshka ilib oluvchi ko’shimcha almashinish moslamalar bilan xam jixozlanishi mumkin. Bir kovshli yuklagichlarning asosiy ishchi organi kovsh bo’lib, asosan, sochiluvchan va to’kiluvchan yuklarni xarakatdagi sostavlarga ortishda ishlatiladi. Lekin bir kovshli yuklagichlar xam boshka turdagi ilib oluvchi ko’shimcha almashinish moslamalar bilan xam jixozlanishi mumkin.
Vilkali elektr va avtoyuklagichlar universal va maxsus turlarga bo’linadilar. Universal vilkali yuklagichlar normal turdagi va yuqori manyovrli kichik gabaritli rusumlarda ishlab chikariladi. Normal turdagi yuklagichlar barkaror bo’ladilar va burilish (aylanish) radiuslari kattarok bo’lishi bois yuqori tezliklarda xarakatlanishi va yukni ko’tarishi mumkin xamda bunday yuklagichlar ancha yuqori balandlikka yukni ko’tara oladilar. Normal turdagi yuklagichlar elektr sig’imi katta bo’lgan akkumulyator batareyalari bilan jixozlanadilar.
Kichik gabaritli yuqori manyovrli vilkali elektr yuklagichlardan tor, tang, tiqilinch ombor sharoitlarida ishlashda va yopik vagonlarga yuklarni ortish va ulardan yuklami tushirishda foydalaniladi. Bu yuklagichlar kichikrok gabarit o’lchamlarga ega xamda ularning xarakatlanish va yuk ko’tarish tezliklari kamrok. Kichik gabaritli yuqori manyovrli vilkali elektr yuklagichlarning burilish radiuslarini kichik bo’lishi, tor va tang ombor binolari xamda yopik vagonlar ichida ularni epchillik bilan xarakat kilishini ta’minlaydi. Uzun o’lchamli, yirik gabaritli yuklami ortish-tushirish va tashishda, yuklami konteynerlarga ortish va tushirishda, kema tryumlarida ishlashda, yuklami yuqori balandliklarga (6m va undan ortiq) taxlashda va uzok masofalarga (100 m va undan ortiq) yuklami eltishda maxsus vilkali yuklagichlardan foydalaniladi. Yuklami uzok masofalarga tashiydigan vilkali transport yuklagichlami g’ildirak bazasi keng, g’ildiraklari pnevmashinali, xarakat tezligi yuqori va dvigatel quvvati katta bo’ladi.
Vilkali yuklagichlarni ishchi organlari yuklagichlarni oldi kismida (frontal) va yon kismida joylashgan bo’lishi mumkin. Elektr yuklagichlarni nominal yuk ko’tarishi 0,75; 1,0; 1,25;
2,0 tonna, avtoyuklagichlarni 1,0; 2,0; 5,0; 10,0 va 25,0 tonnagacha, yuk ko’tarish balandligi esa 1,8; 2,0; 2,8; 3,0 va 4,5 metrgacha bo’ladi. Vilkali yuklagichlarni tashki gabarit bo’yicha eng kam burilish radiusi ularning manyovrligida katta axamiyat kasb etadi. Bu radiuslar elektr yuklagichlar uchun 1,1metrdan 3,5 metrgachani va avtoyuklagichlar uchun 1,7 metrdan 7,5 metrgachani tashkil etadi12.
Bir kovshli yuklagichlar frontal, yarim buriluvchan va traktor kurakli turlarga bo’linadi. Frontal yuklagichlar oldi tomonidan kovshni yuk bilan to’lg’azib, oldi tomonidan kovshdagi yukni to’kadi. Yarim buriluvchan yuklagichlar esa oldi tomonidan kovshni yuk bilan to’lg’azib yon tomoniga kovshdagi yukni to’kadi. Тraktor kurakli yuklagichlar esa kovshni oldi tomonidan yuk bilan to’lg’azib tepaga gorizontal holatgacha ko’taradi va orqaga xarakatlanib ma’lum bir masofaga yukni eltib, kovshni traktor ustidan olib o’tib orqa tomoniga to’kadi.
Bu mashinalar sanoatda seriyali ishlab chikarilayotgan o’rmalovchi zanjirli va g’ildirakli traktorlar bazasi asosida yaratilmokda.
2.Vilkali elektr yuklagichning tuzilishi va vazifasi. Yopik vagonlarda va tor-tang ombor binolari ichlaridagi ortish-tushirish va ombor ishlarini bajarishda kichik gabaritli EP-103 va EP-106 elektr yuklagichlardan keng foydalaniladi. EP-103 va EP-106 rusumlar yangi ishlab chikariladigan kichik gabaritli vilkali elektr yuklagichlar unifikatsiyasi (bir xillashtirish) uchun asos kilinib olingan. Bu rusumlarni bir-biridan farki shuki EP-103 yaxlit (massiv) shinali boisa, EP-106 esa pnevmatik shinali bo’lishidadir. Barcha elektr yuklagichlar to’rt tayanchli mashinalar bo’lib, o’xshash konstruksiyalar, asbob-anjom va mexanizmlardan iborat, fakat ba’zi bir detallaridagina farqi bo’lishi mumkin. 2.1-rasmda EP-103 elektr yuklagichning tuzilishi ko’rsatilgan. Elektr yuklagichni asosiy kismlari: shassi ramasi 2, oldingi yetakchi most 1, boshkarish ruli 3, yuk ko’tarish mexanizmi 4, elektor asbob-uskunalari 5, to’xtatish (tormoz) tuzilmasi 6, akkumulator batareyalari 8, orqa boshkaruvchi most 9, gidravlik yuritma 10 va o’rindik 7 dan iborat. Elektr yuklagichni ko’tarib turuvchi shassisi sifatida po’lat listdan payvandlab yasalgan kuzov xizmat kiladi va u oldingi xarakatlanuvchi mostga xamda ikkita yarim ellipissimon ressorlar orqali orqa boshkaruvchi mostga maxkamlangan. Oldingi g’ildirak oralig’ida kuzov ramasiga sharnir (oshik-moshik)lar yordamida yuk ko’tarish mexanizmi maxkamlangan. Yuk ko’tarish mexanizmi teleskopik ramadan, ko’taruvchi gidrotsilindrdan, aravachadan va unga maxkamlangan vilkadan, plastinkali zanjirdan xamda g’altaklardan iborat. Sharnirlar orqali kuzov ramasiga va teleskopik ramaga maxkamlangan ikki tarafga xarakatlanuvchi ikkita gidrotsilindr yordamida yuk ko’tarish mexanizmini, yukni olishda oldinga 3 °ga va yukni tashishda orqaga 10°ga, engashtirishi mumkin. Yuk ko’tarish mexanizmining aravachasi, ko’taruvchi gidrotsilindrning plunjeri kallakchasiga o’rnatilgan g’altaklardan aylantirib o’tkazilgan plastinkali zanjirlarga osib ko’yilgan. Zanjirlarning bir uchi aravachaga, ikkinchi uchi esa yuk ko’tarish gidrotsilindr korpusiga maxkamlangan. Yuklagichning kuzovi ichida elektr dvigateldan, nasosdan, gidravlik taksimlovchidan, moy bakidan va armaturalar.dan iborat bo’lgan gidravlik yuritma (privod); boshkarish rul tuzilmasi; xarakatlantiruvchi elektr dvigatel va yuklagichning boshkarish asbob-uskunalari joylashgan. Elektr yuklagichlarda energiya manbai bo’lib kuchlanishi 40 voltli 34ТNJ-300VM akkumulyator batareyalari xizmat kiladi. Akkumulyator batareyalarini orqa mostning ustidagi yashik ichiga joylashtirilgan. 2.2- rasmda elektr yuklagichning gidravlik yuritmasini tuzilish chizmasi ko’rsatilgan.
Elektr yuklagich gidravlikali oyokda va mexaniq ko’lda to’xtatish (tormozlash) tuzilmasi bilan jixozlangan. Gidravlikali oyokda to’xtatish tuzilmasi xarakatlantiruvchi g’ildirakka, ko’lda mexaniq to’xtatish tuzilmasi esa xarakatlantiruvchi dvigatel o’kiga ta’sir etadi. Oyokda va ko’lda to’xtatish tuzilmasi xarakatga kelganida elektr yuritmaning boshkarish zanjiri avtomatik tartibda uziladi va elektr dvigatel ishlashdan to’xtaydi. Boshkaruvchi orqa g’ildirak rul va rul asbob-uskuna tuzilmalari yordamida kerakli burchakka buriladi. Boshkarish pedal va richaglari xaydovchining ishchi zonasida joylashtirilgan. Yuklagichning bo’ylanma turg’unligi, o’rindik ostiga joylashtirilgan akkumulyator batareyalarining og’irligi va orqa most ustiga o’rnatilgan posangi yordamida ta’minlanadi.
19-rasm. Vilkali elektr yuklagich
3.Vilkali avtoyuklagichlarni tuzilishi va vazifasi. Vilkali avtoyuklagichlar anchagina darajada elektr yuklagichlar bilan unifikatsiya kilingan bo’lib, o’xshash yuk ko’tarish mexanizmi, xarakatlantiruvchi va boshkaruvchi most, boshkarish rul tizimlariga ega. Avtoyuklagichlarda energiya manbayi sifatida karbyuratorli va dizel dvigatellardan foydalaniladi.
4020 va 4022-01 rusumli kichik gabaritli, yuk ko’tarishi 1,0 va 2,0 tonnali avtoyuklagichlar oldingi xarakatlantiruvchi va orqa boshkaruvchi g’ildirakli, to’rt tayanchli tuzilishda ishlab chikarilgan bo’lib, unda karbyuratorli dvigatel energiya manbayi bo’lib, xizmal kiladi. Yuk ko’tarish mexanizmi teleskopik ikki ramali tashki xarakatlanmaydigan va ichki xarakatlanadigan ramadan iborat. Aravacha ikkita plastinkali zanjirga osib ko’yilgan, unga normal uzunlikdagi vilkadan tashkari uzaytirilgan vilkalami, yuklami vilkadan itarib tushiruvchi (surgich) va boshka maxsus ilib oluvchi moslamalarni xam o’rnatish mumkin. Avtoyuklagichni gidravlik tuzilishi vilkali elektr yuklagichlarnikiga o’xshash. Moy bakidan ishchi suyuklikni shesternali nasos gidravlik shlanglar orqali gidravlik silindrlarga xaydaydi. Shesternali nasos aylanma xarakatni dvigatelning tirsakli validan oladi.
Chet ellarda ko’prok dizel dvigatelli kichik gabaritli avtoyuklagichlar ishlab chikarilmokda. Lekin karbyuratorli va dizel dvigatelli avtoyuklagichlar yopik omborlarda ishlatilishda unchalik keng tarkalmagan, chunki dvigatellardan ishlab chiqqan gazlami tozalash muammosi xali-xanuz o’z yechimini top ganicha yo’k.
Yuk ko’tarishi 3,2; 5,0 va 10,0 tonna bo’lgan 4043 m, 4045 m, 4046 m va 4008 rusumli avtoyuklagichlardan ochik maydonlardagi ortish-tushirish ishlarida keng foydalaniladi. Ulaming afzalligi bir-biridan uzokda va aloxida joylashgan ochik maydonlarda ortish-tushirish ishlarini bu avtoyuklagichlarda bajarish kranlarga nisbatan anchagina samarali bo’lishi, ulami almashinish moslamalari bilan jixozlashda universalligi va bir ish joyidan boshka ish joyiga tezlik bilan o’ta olishligidir. Хamma bu avtoyuklagichlami konstrutsiya tuzilishlari juda o’xshash va seriyali ishlab chikarilayotgan avtomobillar uzellari asosida barpo etilgan, lekin 4008 mashinasi boshkalaridan bir oz fark kiladi.
4045 m avtoyuklagich tuzilishi 2.3-rasmda ko’rsatilgan. Bu avtoyuklagich po’lat listlardan payvandlab yasalgan kuzov va shassidan iborat. Oldingi mosti xarakatlanuvchi va orqa mosti boshkaruvchi. Avtoyuklagichni oldingi kismida teleskopik ikki ramali yuk ko’tarish mexanizmi (1) joylashgan. Avtoyuklagichni teleskopik ramasi tashki xarakatlanmaydigan va ichki xarakatlanuvchi ramadan iborat. Ramalarning sinch (stoyka)lari g’ildiraklarni yo’naltiruvchi prokat shvellerlardan yasalgan. Хarakatlanuvchi ramaning yuqori ko’ndalang to’sincha (balka)siga ko’taruvchi gidravlik silindrning shtoki maxkamlangan va gidravlik shlang uchun blok kronshteyni payvandlab ko’yilgan.
|
Хarakatlanmaydigan tashki ramaning yuqori kismiga kronshteyn payvandlab ko’yilgan. Bu kronshteynga ko’tarish mexanizmi zanjirining mukim uchi maxkamlab ko’yilgan. Yuk ko’tarish mexanizmi aravachasining yuqori to’sinchasiga zanjirning xarakatlanuvchi ikkinchi uchi maxkamlangan va bu aravachaga vilka yoki boshka ishchi organlar o’rnatiladi. Aravacha o’zining g’ildirakchalarida xarakatlanuvchi ichki ramaning yo’naltiruvchi yo’laklari bo’ylab yuqoriga va pastga xarakat kiladi.
|
20-rasm. Avtoyuklagich.
|
Yuk ko’tarish gidravlik silindrining pastki kismi xarakatlanmaydigan tashki ramaning ostki ko’ndalang to’sinchasiga maxkamlangan, uning shtoki esa xarakatlanuvchi ichki ramaning yuqori ko’ndalang to’sinchasiga maxkamlangan. Gidravlik silindr ishlay boshlaganida, uning shtoki ichki ramani tashki rama bo’ylab yuqoriga xarakatlantiradi va shu paytda ko’tarish mexanizmini zanjiri vilka o’matilgan aravachani ichki rama bo’ylab, yuqoriga xarakatlantiradi, ya’ni gidravlik silindr ishlay boshlaganida tashki rama bo’ylab yuqoriga ichki rama ko’tariladi va ichki rama bo’ylab esa yuqoriga aravacha xarakatlanadi. Yukni tushirishda ishchi suyuklik, yuqoriga ko’tarilgan ichki ramaning, aravachaning va yukning og’irligidan silindrdagi moyni drossel orqali moy bakiga kisib chikaradi. Yukni vilkaga olish va tashish o’ng’ay bo’lishi uchun teleskop rama 3° oldinga va 10° orqaga engashadi (kiyalaydi).
Тeleskopik ramani oldinga va orqaga engashtirishni ikkita ikki tarafga xarakatlanuvchi ikkita gidravlik silindr amalga oshiradi.
Avtoyuklagich va elektr yuklagichni gidravlik yuritmalarini tuzilishi o’xshash, fakat gidravlik taksimlovchining o’lchamlarida fark kiladi. Yuk ko’tarish mexanizmining gidravlik yuritmasida shesternali nasos (5) dan (NSh-60, unumdorligi 82 l/dak) foydalanilgan. Avtoyuklagichning orqa o’ki ustida dvigatel (2) va uni turg’unligini ta’minlash maksadida posangi (4)o’matilgan. Orqadagi boshkaruvchi g’ildiraklarga anchagina yuklama tushishini inobatga olib, boshkarish ruliga unumdorligi 38 l/dak bo’lgan aloxida ikki tarafga xarakatlanuvchi parrakli nasos (3) dan ta’minlanuvchi gidravlik kuchaytirgich (8) ulangan. Ko’tarish mexanizmining va gidravlik kuchaytirgichning nasoslari dvigatelning tirsakli validan ponasimon kamarli uzatgich orqali aylanma xarakatni oladilar. Dvigatelning aylanma xarakati ilashma friksion mufta, uzatish korobkasi (6), orqaga yurish mexanizmi (9) va differensial o’k orqali oldingi g’ildiraklarga uzatiladi. Avtoyuklagichda GAZ-(51) avtomobilining uzatish korobkasidan foydalanilgan. Uzatish korobkasi va orqaga yuritish mexanizmi kiskartirilgan kardanli val 7 (GAZ-51 avtomobilining) orqali tutashgan. Orqaga yuritish mexanizmi esa kiskartirilgan kardanli val (10) (ZIL-123 avtomobilining) orqali xarakatlanuvchi mostga tutashgan. Avtoyuklagich oyok pedalli va ko’l richagli to’xtatish tuzilmasi bilan jixozlangan. Avtoyuklagich dvigatel quvvati 50 kVt, aylanish chastotasi 2800 ayl/dak. Sovitish tuzilmasi suyuklikli, berk va majburiy sirkulatsiyali (aylanib turuvchi).
4046 M avtoyuklagich xam 4045 avtoyuklagichga o’xshash tuzilishdan iborat, lekin u temir yo’l platformalariga va yarim ochik vagonlariga konteynerlarni va og’ir vaznli yuklarni ortish va tushirish uchun maxsuslashtirilgan. Хarakatlanuvchi ilgakli bloksiz strela avtoyuklagichning asosiy ishchi organi bo’lib xizmat kiladi.
4008 va 4028 avtoyuklagichlar (2.4-rasm) turli to’plam almashinish ishchi organlari bilan jixozlanishi mumkin va shuning uchun xar turli yuklami ortish-tushurishda va ombor ishlarida foydalaniladi. Boshka avtoyuklagichlardan farkli o’larok, ular maxsus fermali strela bilan jixozlangan. Fermali strela sharnirlar yordamida yuk ko’tarish mexanizmining aravachasiga va tortkich (tyaga)lar yordamida posangiga maxkamlangan va unga ilgakdan tashkari maxsus avtoyuklagichlarda ZIL-157 avtomobilining 80,2 kVt li dvigateli o’matilgan. Oldingi xarakatlanuvchi most sifatida MAZ-503 A atomobilining orqa mosti o’matilgan. a)
21-rasm. Avtoyuklagichlar.
4. Mexaniq yuklagichlaming almashinish yuk ilib olish moslamalari. Yelektr va avtoyuklagichlar xar turli tez almashiniladigan yuk ilib olish moslamalari bilan jixozlanishi mumkin. Bu moslamalar yuk ko’tarish mexanizmi aravachasining plitasiga vilkaning o’rniga o’rnatiladi.
2.5-rasmda donali, paketlangan yuklami va konteynerlarni ortib-tushurishda ishlatiladigan ilib olish moslamalari ko’rsatilgan. Bloksiz kran strelkasi (2.5-rasm, a) og’ir vaznli yuklarni va konteynerlarni ortishda va tushurishda ishlatiladi. U gorizontal ikki kator shvellerlardan iborat bo’lib uning ichida g’altak (rolik)li aravacha (1) ilgak (2) bilan, maxsus gidravlik silindr va sharnir richagli mexanizm (3) yordamida xarakatlanadi. Kichik gabaritli elektr va avtoyuklagichlar uchun yanada soddarok konstruksiyadagi bloksiz kran strelasi (2.5- rasm, b) ko’llaniladi va zaruriyatli paytlarda strela kanotini o’zgartirish uchun uni ilgagini koida u va bu tomonga surib, gorizontal to’sin (balka)ni muayyan joylarida maxkamlab ko’yiladi. Paketlangan donali yuklarni yuklagich vilkasidan surib tushurish uchun ko’tarib tushiruvchi moslama (2.5-rasm, d) ko’llaniladi. Bu moslamaning panjarasi (1) gidravlik silindr ta’sirida normal vilka bo’ylab suriladi va uni uchidan 50 mm tashkariga chikadi.
Kalava (buxta) kilib o’ralgan simlarni, kog’oz mlonlarini, avtoshinalami tagliksiz ortib-tushirishda kozik (shtir)li (2.5-rasm, d) ilib oluvchi moslamalar ishlatiladi. Kozik (3) yuklagich aravachasining plitasiga maxkamlanadi. Тaglikka paketlab ko’yilgan yuklarni olish, tashish va ko’yish paytida kulab ketishidan saklash uchun gidravlik kisish (2) moslamalari ko’llaniladi. Bu moslamalarni aloxida-aloxida va 2.5-rasm, da ko’rsatilganidek kompleks ishlatilishi mumkin.
Yopik vagon va ombor ichida tortang sharoitda epchillik bilan ishlash uchun 25 ° ga buriladigan vilkalardan foydalaniladi (2.5-rasm, e). Silindr shaklidagi yuklar (rulon, kog’oz, bochka, sim kalava)ni ortish-tushirish uchun kiskich moslama (2.5-rasm, f) ishlatiladi. Тagliksiz taxlangan donali yuklami (karton-karobkalami, yashik, toy va x.k) ortish-tushirish, tashish va taxlash uchun esa yon kiskich moslamalar (2.5-rasm, j) ishlatiladi.
Shuningdek, 2.5-rasmda sochiluvchan, to’kiluvchan va uzun bo’yli xamda o’rmon yuklarni elektr va avtoyuklagichlarda ortib-tushirishda foydalaniladigan botirib va ilib olish moslamalari ko’rsatilgan. Sochiluvchan va to’kiluvchan yuklami ortish-tushirish uchun yuklagichlar gidravlik silindrli greyferlar (ikki jagii kovsh) va kovshlar bilan jixozlanadi. 3,2 va 5,0 tonnali avtoyuklagichlar sig’imi 0,57 m3 bo’lgan, aylanish markazi pastda joylashgan, ikki tarafga xarakatlanuvchi gidravlik silindrli kovsh bilan jixozlanadi (2.5-rasm, g), bu kovshni yuk bilan to’ldirish uchun, gorizontal holatda pastga tushirilgan kovshni avtoyuklagich tezlanish bilan yuk uyumi ichiga kiritadi va kovshni oldi qirrasini yuqoriga ko’tarib
(aylantirib) yuk uyumidan ajratib oladi.
22-rasm. Donali yuklami ilib olish va sochiluvchan-to’kiluvchan yuklami botirib olish moslamalari.
Sochiluvchan va to’kiluvchan yuklami ortish-tushirishda sig’imi 2,5 m3 li greyfer (2.5-rasm, i), dumalok xoda va g’o’lalarni ortish-tushirish uchun esa to’rt kaftli greyfer ishlatiladi (2.5-rasm, x). Bu ikkala greyfer xam gidravlik silindr bilan jixozlanadi.
5. Bir kovshli yuklagichlarni tuzilishi va vazifasi. Bir kovshli yuklagichlarni ishchi organi traktor yoki maxsus shassiga montaj kilingan strela (portal)ga sharnili maxkamlangan kovshdir. Ular sochiluvchan va to’kiluvchan yuklarni ochik xarakatdagi sostav (platforma, yarim ochik vagon, dumpkar va x.k.)larga ortishda va ombor ishlarida ko’llaniladi.
ТO-1 bir kovshli traktor yuklagich transportda eng keng tarkalgan bo’lib (2.6-rasm), uning osma asbob-uskunalari S-100 MGP o’rmalovchi zanjirli traktoriga montaj kilingan. Bir kovshli traktor yuklagichning asosiy kismlari; kuyidagi rasmda ko’rsatilgan.
|
|
|
23-rasm. Bir kovshli traktor yuklagich
|
Ko’tarma portal rama o’rmalovchi zanjirli aravani tashqarisidan qamrab olgan bo’lib unga sharnirli maxkamlangan va gidravlik silindr xarakatga kelganda, u bosh richag va shakldor richag yordamida yuqoriga ko’tariladi. Ko’tarma portal rama yuqoriga ko’tarila boshlaganida, unga sharnirli maxkamlangan kovsh xam yuqoriga xarakatlanadi va kovshni vilkali tortkich asta sekin orqaga engashtira boshlaydi, ya’ni kovsh xam ko’tariladi va xam buriladi. Kovsh ko’tarila borib traktor ustiga yetganida (kovshni o’rtadagi holati) u gorizontal holatni egallaydi va ko’tarma portal ramaning undan keyingi xarakatida kovsh teskari tomonga engasha (kiyshaya) boshlaydi. Ko’tarma portal rama vertikal holatga yetganida kovsh batamom orqaga engashib yukni traktor orqasiga to’kadi. Ko’tarma portal ramani kovsh bilan ko’tarishi va tushirishini ikki tarafga xarakatlanuvchi ikkita gidravlik silindr amalga oshiradi.
Gidravlik yuritma unumdorligi 75 l/dak boigan ikkita shesternali nasosdan, moy ichaklari va gidravlik silindrlaridan iborat. Тraktor yuklagichni yuk ko’tarishi 4,0 t., yuk to’kishi balandligi 2,6-3,4 m yukni to’kish burchagi 25-45°. Bu traktor yuklagichlar asosan, yarim ochik vagonlarga, platformalarga va avtomobillarga tosh ko’mir, ma’dan, koks, torf kum, shag’al, mayda tosh (sheben) va boshka to’kiluvchan yuklarni ortishda ishlatiladi. Buyurtmachi bilan maxsus shartnoma bo’yicha yuklagich ko’shimcha almashinish jixozlari: tekislash ishlari uchun buldozer; avtomobillardan va temir yo’l platformalaridan yuklami tushirish uchun uzaytirilgan strelali kalkon tushirgich va boshka maxsus asbob-uskunalar bilan jixozlanishi mumkin. Bir kovshli pnevmog’ildirakli D-561, ТO-18 (2.7-rasm) frontal yuklagichlar maxsus shassilarda, D-660 yuklagich esa seriyali ishlab chikarilayotgan K-702 va K-700A traktorlarning bazasida yaratilgan. Bu yuklagichlarda egri shakldor strela bo’lib unga buriladigan (kayriladigan) kovsh o’rnatiladi. Ikki tarafga xarakatlanuvchi ikkita gidravlik silindr strelani ko’tarish va tushirish xamda kovshni vertikal bo’ylanma tekislikda burish uchun xizmat kiladi. Bir kovshli zanjirli va pnevmog’ildirakli yuklagichlar katta unumdorlikka ega kulay mashinalardir.
24-rasm. Bir kovshli pnevmog’ildirakli yuklagich:
1-kovsh; 2- gidravlik silindr; 3-egri shakldor strela; 4-traktor K-702.
Тraktor yuklagich kovshini to’ldirish ikki: pog’onasimon va ekskavatsion usulda amalga oshiriladi (2.8-rasm). Birinchi usulda (2.8-rasm,a) xaydovchi traktorni oldinga yurgizib pastga tushirilgan kovshni yuk uyumi ichiga iloji boricha itarib kiritadi, so’ng to’xtab, kovshni yuqoriga ko’taradi va oldinga xarakatlanib kovshni yuk uyumi ichiga iloji boricha itarib kiritadi. Shu yo’sinda xaydovchi bir necha marotaba oldinga xarakatlanib, to’xtab va kovshni yuqoriga ko’tarib uni yuk bilan to’ldiradi. Yuk bilan to’lgan kovshni yuqoriga transport holatigacha ko’tarib, yukni avtomobilga yoki vagonga ortish yoxud ochik maydonning aloxida boshka joyiga uyumlash (to’plash) uchun traktorni orqaga xarakatlantiradi. Yukni avtomobil yoki vagon kuzoviga to’g’ri yo’naltirish va kovshdan tushayotgan yuk zarbasini yumshatish (kamaytirish) uchun kovsh olib ko’yiladigan soluvchi nov bilan jixozlanadi.
Ekskavatsion usul (2.8-rasm, b, d) kuyidagilardan iborat. Хaydovchi traktorni oldinga yuritib pastga tushirilgan kovshni yuk uyumi ichiga kiritadi va kovsh yuk uyumi ichiga kirgan zaxoti uni ma’lum tezlikda yuqoriga ko’tara boshlaydi. Yuk bilan to’layotgan kovsh egri chizik bo’ylab xarakat kiladi. Bu egri chizikni shakli “olg’a” («vpered») va “ko’tarish” («pod'em» tezliklarining o’zaro munosabatiga bog’lik bo’ladi. Agar yuklagichni “olg’a ” tezligidan kovshni “ko’tarish ” tezligi kattarok bo’lsa, egri chizik tikrok bo’ladi (2.8-rasm, b), aksincha, yuklagichni “olg’a ” tezligi kovshni “ko’tarish ” tezligidan kattarok bo’lsa egri chizik yotikrok bo’ladi (2.8-rasm, d). Kaysi egri chizik bo’yicha kovshni yuk bilan to’ldirib olish yuklarning tabiiy nishablik burchagiga va xaydovchining maxoratiga bog’lik. Тabiiy nishablik burchagi katta bo’lgan yuklami uyumdan to’ldirib olishda kovshni tikrok egri chizik bo’yicha va aksincha, tabiiy nishablik burchagi kichik bo’lgan yuklami uyumdan to’ldirib olishda kovshni yotikrok egrichizik bo’yicha xarakatlantirgan ma’kulrok. Ekskavatsion usulda kovshni yuk bilan to’ldirishga pog’onasimon usulga nisbatan kamrok vaqt sarflanadi.
25-rasm. Bir kovshli traktor yuklagichning kovshini to’ldirish usullari:
a)-pog’onasimon usul; b), d)-ekskavatsion usul; V0 -traktorning olg’a tezligi; Vk -kovshning ko’tarish tezligi; a , a -yukning tabiiy nishablik burchagi (a > a ); 1 -yuk uyumi; 2-kovsh.
|