|
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
|
bet | 11/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
Yuk qamrovchi qurilma nima?
Yuk qamrovchi qurilmalar qaysi belgilariga qarab tasnflanadi.
Strop nima?
Avtomatik qamragich nima?
Universal avtomatik qamragich nima?
7-mavzu: Mexanik va mashinaning ishchi organi ichiga o’rnatilgan qamragichlar
Kalit so’zlar: spreder; panshaxali (ayrish), shtirli, yonlama, changakli qamragichlar; qirg’ichli konveyer, yuk ko’taruvchi elektromagnit.
Reja:
Mexaniq qamragichlar
Ayrim (panshahali) qamragichlar
Yonlama qamragichlar
Qirg’ichli konveyerlar
Ko’taruvchi elektromagnitlar
1.Mexaniq qamragichlar
Mexaniq (yuritmali) qamragichlarga mo’ljallangan qurilmalar, odatda, muayyan turdagi yuklarni nazarda tutadi va yuk ko’taruvchi mashinaga ishga tushadi. Bunday qamragichlarning aksari almashtirilib ishlatiladi. Bular – elektromagnitlar, greyferlar, cho’michlar, yog’och materiallar uchun changakli qamragichlar va boshqalar.
Konteynerlar uchun mo’ljallangan yuritma qamragichlar alohida ahamiyatga ega (12-rasm). Ular ortish-tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashni ta’minlaydi va yuk oluvchi kasbini bekor qiladi. Og’ir konteynerlar uchun mo’ljallangan yuritmali qamragich “spreder” deb ataladi.
Sprederning ramasi teleskopik shaklida ishlanishi mumkin, shunda uni uzunligi har xil konteynerlar uchun qo’llash mumkin bo’ladi. Sprederning avtostropida berkituvchi qurilma bor. U ilgakli richaglar (avtostropda) yoki burish kulachoklarni (sprederlarda) dan iborat bo’lib, avtostrop yoki sprederni konteyner tomiga tushirgandan keyin elektr yoki elektrogidravlik yuritmadan kuch olib ishlaydi. Ularni kran opreatori ishlatadi. Avtostrop yoki spreder konteyner ustiga tushgan vaqtda unga tegishli rama yoki burchak fitinglari qo’yilgan bo’lishi kerak. Avtostrop va sprederni konteynerga to’g’ri tushirish uchun maxsus tutqichlar xizmat qiladi.
Ortish-tushirish mashinalarining aksarida, ishchi organ ichiga qamragich o’rnatilgan bo’ladi. Ular, asosan almashinadi, avtostrop va elektropogruzchiklarda, ba’zi ekskavatorlarda shunday. Bularning ko’pchiligi tuzilish jihatidan juda oddiy bo’lishiga qaramay, pogruzchiklarning ishchi organlari bilan birgalikda ishlaydigan qamragichlar qo’l mehnatini talab qilmaydi va mohiyatan, mexaniq yuritmali qurol deb hisoblanishi mumkin. Avtostrop va elektropogruzchiklar uchun keng qo’llaniladigan qamragichlar quyidagilardir:
2.Ayrim (panshahali) qamragich poddonlarga terilgan paketli va shu kabi yuklarga mo’ljallangan bo’lib, ayrim poddon tagiga bemalol kiradi. Qamragich ikkita, parallel va bitta gorizontal tekislikda joylashgan, ayrimlardan iborat. Ular yuk ko’taruvchi mashinaning raketkasiga bukilgan uchi bilan mahkamlanadi. Ayrimlar shunday o’rnatiladiki, ular orasidagi masofasini o’zgartirish mumkin; mustahkamligi pogruzchikning yuk ko’tarishiga muvofiq belgilanadi; uzunligi 800...1200 mm. Bundan ham uzaytirishi zarur bo’lsa, ayrimlar uchiga uzaytirgichlar kiykizilishi mumkin.
|
| |