• 5-mavzu: Mexanizm va uskunalarning ish unumdorligi Kalit so’zlar
  • Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar




    Download 4,83 Mb.
    bet7/41
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #149820
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
    Bog'liq
    ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)

    Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar.
    1. Тexnik belgilar bo’yicha ortish-tushirish mashinalari necha guruhga ajratiladi?
    2. Avtomobil transportida qo’llaniladigan ortish-tushirish mashinalari?
    3. Yuklarni guruhga qarab mashinalar qanday turlarga ajratiladi?
    4. Statsionar mashina nima?
    5. Ko’chma mashina haqida?
    5-mavzu: Mexanizm va uskunalarning ish unumdorligi
    Kalit so’zlar: mashina va mexanizmlarning ish unumi; texnik ish unumi; ish sikli, ishchi organlar; cho’mich, greyfer; ekspluatsiyaviy ish unumi.
    Reja:

    1. Yuk ortish-tushirish mashinalarining unumdorligi.

    2. Ortish-tushirish mashina va qurilmalari ishining ish sikli.

    3. Ag’darma yuklarni uzluksiz oqim bilan ko’chirishda, ortish-tushirishda mashinaning unumdorligi.

    4. Mashina va qurilmalarning ekspluatatsiya unumdorligi.

    1.Yuk ortish-tushirish mashinalarining unumdorligi.
    Yuk ortish-tushirish mashinalari va qurilmalarining eng muhim texnik-ekspluatatsiya parametri – unumdorlik hisoblanadi. Bu parametrdan muayyan ekspluatatsiya sharoitlarida mashinalarning kerakli sonini aniqlashda foydalaniladi. Unumdorlik, texnikaviy, ekspluatatsiyaviy va amaldagi bo’ladi.
    Тexnikaviy unumdorlik deganda, mashina optimal ish sharoitlarida (yuk ko’tarishdan maksimal foydalanish; cho’michni tez to’ldirish va shu kabilar) bir soat uzluksiz ishlaganda ortadigan yoki tushiradigan yuk miqdori (tonna, m3) tushuniladi. Bu unumdorlik mashinaning pasportida ko’rsatiladi.
    Uzluksiz ishlaydigan ishchi organli ortish-tushirish mashinasining texnikaviy unumdorligi W (t/soat) quyidagicha topiladi:

    bu yerda: qn – avtomobilning yuk ko’tarishi, t;
    Тq – bitta oqimning davomiyligi, s;
    3600 – bir soat ichidagi sekundlar (unumdorlik 1 soat uchun hisoblanadi, sikl esa sekundlar bilan o’lchanadi)
    2.Ortish-tushirish mashina va qurilmalari ishining ish sikli.
    Ortish-tushirish mashinalari va qurilmalari ishining ish sikli deganda yuk birligi ustida bajariladigan ortish-tushirish ishlarining tugallangan texnologik jarayoni tushuniladi. Yuk ustida bajariladigan alohida-alohida operatsiyalarga sarflangan vaqtlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. Bunday operatsiyalarga yukni ko’tarish, surish (ko’chirish), tushirish, tanlash (bo’shatish), mashina yoki uning ishchi organini yuklarni keyingi partiyasiga qaytirish ishlari kiradi. Bitta siklning davomiyligi quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:

    Download 4,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar

    Download 4,83 Mb.