|
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
|
bet | 9/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
Yuk ortish tushirish mashinalarining unumdorligi.
Тexnik unumdorlik deganda nimani tushunasiz.
Bitta sikl davomiyligi nima?
Ag’darma yuklarni uzluksiz ortish-tushirishda mashinaning unumdorligi.
Ekspluatatsion unumdorlik nima?
Pnevmatik va gidravlik qurilmalarning texnik unumdorligi nima?
6-mavzu: Yuk qamrovchi qurilmalar va ularning tasnifi
Kalit so’zlar: yuk qamrovchi qurilmalar; yuritma; qurilma; stroplar; chanchakli qamrovchilar; osma; yarim avtomatik va avtomatik qamragichlar traverslarning o’z-o’zidan ajralib chiqishi.
Reja:
Yuk qamrovchi qurilmalari.
Eng oddiy ilma qamragichlar.
Yarim avtomatik va avtomatik qamragichlar.
1.Yuk qamrovchi qurilmalari.
Yuk qamrovchi qurilmalar mashina ishchi organining ajralmas qismi yoki almashtirib ishlatiladigan moslama bo’lib, ko’chiriladigan yukning turiga qarab foydalaniladi. Ular yukning shakliga, ishlar bajariladigan ishlab chiqarish sharoitlariga mos bo’lib, yuk va taraning to’la saqlanishini, yukni tez qamrab va bo’shatishni ta’minlashi, xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi, o’zi mustahkam, lekin kam vaznli bo’lishi, mehnat sarfi va ekspluatatsiya harajatlari minimal bo’lishi va ishlatishda qulay bo’lishi kerak.
Yuk qamrovchi qurilmalarining aksari davlat standartlari asosida tayyorlanadi. Ular quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
ko’chiriladigan yuk turiga ko’ra: sochiluvchi, donali, uzun yuklar, tunukalar, konteynerlar, paketlar va x.k.;
yuritmasiga ko’ra: yuritmasiz qamragichlar, qo’shimcha energiya manbaidan yuritiladigan qamragichlar (gidravlik, elektrik, elektrogidravlik va b.);
mehnatning mexanizatsiyalanish darajasiga ko’ra: qo’l kuchi bilan ishlatiladigan, yukni chayqatish va bo’shatishda qo’l kuchidan foydalaniladigan (bular eng oddiy qamragich); yukni chayqatish va bo’shatishdaqo’l kuchidan foydalanilmasdan ishlatiladigan, yuk ko’tarish mashinasi opreatori tomonidan ilinadigan mexaniq qamragichlar; qo’l kuchidan bitta operatsiyada – yukni chayqatish va bo’shatishda foydalaniladigan yarim avtomatik qamragichlar, qo’l kuchidan mashina opreatori aralashuvisiz ishlaydigan avtomatik qamragichlar;
|
| |