|
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
|
bet | 5/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
1. Ortish-tushirishda turish vaqti deganda nimani tushunasiz.
2. Punktlarni manevr qilish deganda nimani tushunasiz.
3. Ortish-tushirish ishlarini bajarish vaqti nimaga bog’liq.
4. Samosval avtomobillarini ortish-tushirish ishlrining vaqt me’yorlari qanday?
5. Avtomobil sisternalar uchun quyish va to’kish vaqt me’yorlari.
6. Doimiy ortish-tushirish punktlarida ortish-tushirish ishlari.
3-mavzu: Ortish-tushirish punktlari va omborlari
Kalit so’zlar: doimiy punkt, muvaqqat punkt, ortish-tushirish punktlari, yoplama, toretsli, pog’onali; ortish fronti; o’tkazish qobiliyati; notekislik koeffitsiyenti; ish ritmi; harakatlar oralig’i.
Reja:
Ortish-tushirish punktlari.
Avtomobil va avtopoyezdlar ortish yoki tushirish fronti.
Ortish-tushirish punktlarining o’tkazish qobiliyati.
Avtomobillarning harakat intervali.
1.Ortish-tushirish punktlari.
Yuk ortish-tushirish punktlari shunday ob’ekt-ki, ularda yuklar jo’natiladi, qabul qilinadi, tayyorlanadi, saralanadi, saqlanadi, ortiladi, tushiriladi, tegishli xujjatlar rasmiylashtiriladi. Bunday punktlar doimiy va muvaqqat bo’lishi mumkin.
Doimiy punktlarda yuklarni ortish va tushirish uzoq vaqt davomida, muntazam bajariladi. Sanoat korxonalari, savdo-ulgurji bazalar, metallbazalar, elevetorlar va shunday punktlar sarasiga kiradi.
Muvaqqat punktlarda yuklarni ortish-tushirish ishlari qisqa muddat davomida yoki goh-goh bajariladi. Bularga don tozalash oqimlari, kichkina qurilish ob’ektlari kabilar kiradi.
2.Avtomobil va avtopoyezdlar ortish yoki tushirish fronti.
Ortish-tushirish punktlari hududida maxsus maydonlar bo’lib, shu ishlarni bajarishga mo’ljallanadi. Ishlar mexanizatsiya yordamida bajarilishi uchun postlarga tegishli, yuk ko’taruvchi mashinalar bilan jihozlanadi. Bitta maydon chegarasidagi ortish-tushirish postlari ish fronti deyiladi. U postlar soniga, avtomobillar va yuk ko’tarish mexanizmlarining gabarit o’lchamlariga, ularning joylashish sxemasiga bog’liq.
Ortish-tushirish punktlarida postdan tashqari kirib kelish yo’llari va avtomobillarning manevri uchun maydonlar, yuklarni saqlash va yuzani saralash uchun omborlar, tarozu, xizmat va maishiy xonalar, ortish-tushirish amallarini bajarishdi qo’llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar bo’lishi lozim.
Ortish-tushirish ishlarining fronti chegaralarida avtomobillar yonlama (1,a-rasm), taroqli (1,b-rasm), qiya burchakli yoki pog’onasimon (1,v-rasm) sxemalar bilan qo’llanadi.
2-rasm. Avtomobillarni ortish-tushirish postlariga joylash sxemalari
a – yonlama, b – taroqli, v – pog’onali.
Avtomobillarni joylashtirish sxemasini tanlashda omborlarning yuklar hovlisi hududida joylashuvi kirib borish yo’llarining bor-yo’qligi, ularning joylashuvi, ortish-tushirish mashinalarini eng yaxshi tarzda joylashtirish imkoniyatlari, transport vositalarining turi va sh.i. omillar hisobga olinadi.
Avtomobil va avtopoyezdlar ortish yoki tushirish fronti chegarasida to’g’ri yoki oqimli sistemaga muvofiq harakatlanganda ularni yonlama qo’yish sxemasi qulay. Bunda manevr qilish kerak bo’lmaydi, demak bir qism vaqt tejaladi, bundan tashqari, manevr uchun joy ham kerak bo’lmaydi. Shu bilan birga, bu sxema yukni faqat orqa bort orqali yoki kuzovning orqa eshigi orqali ortganda yoki tushirganda qulay.
Avtomobillarni ..... bilan joylashtirish yuk ramkalari bilan jihozlangan omborlarda ortish-tushirish ishlarida keng qo’llanadi. Bu sxema frontni qistiradi orqa bort yoki kuzovning orqa eshigi orqali ortish-tushirish ishlari qulay bo’lishini ta’minlaydi. Noqulayligi shuni, avtopoyezdlar uchun ortish-tushirish ishlarini bajarib bo’lmaydi va avtomobillarning manevriga vaqt ketadi.
Pog’onali joylashtirishda ortish-tushirish mexanizmlaridan foydalanish qulayligi ko’p. Ortish (tushirish) fronti Lf taxminan quyidagicha hisoblanadi:
yonlama joylashtirishda:
taroqli joylashtirishda:
bu yerda: A – ortish-tushirish ishlarida bir vaqtda band bo’lgan avtomobillar soni;
Нa – avtomobilning uzunligi, m;
Вa – avtomobilning eni, m;
a, в – yonlama va taroqli sxemalarda avtomobillar orasidagi masofalar; (a≥2 m, в≥2,5 m qabul qilinadi).
3.Ortish-tushirish punktlarining o’tkazish qobiliyati.
Ortish-tushirish punktlarining o’tkazish qobiliyati. Punktlar, avtomobillar, ortish-tushurish ishlarida eng kam vaqt sarflashini ta’minlash kerak. Ortish va tushirish punktlarining muhim parametrlaridan biri ularning o’tkazish qobiliyatidir. Bu qobiliyat vaqt birligi (odatda, 1 soat) ichida ortish yoki tushirish ishlari bajarilgan transport vositalarining maksimal soni (yoki yuklar hajmi, t) bilan o’lchanadi. Punktning o’tkazish qobiliyati avtomobillarning ish unumiga katta ta’sir o’tkazadi va punktlar soniga bog’liq.
Postning o’tkazish qobiliyati MТ quyidagicha aniqlanadi:
tonna bilan o’lchangan yuk hajmida;
transport vositalari sonida;
bu yerda: tT - 1t yukni ortish yoki tushirish vaqti, soat;
q – avtomobilning yuk ko’tarish qobiliyati, t;
γ – avtomobilning yuk ko’tarishdan foydalanish koeffitsiyenti;
ηH – avtomobilning ortish yoki tushirish postiga notekis kelishi. koeffitsiyenti, u avtomobillar, ortish-tushirish punktlar ishi tashkil qilinishiga bog’liq, 1,0...2,0 qabul qilinadi.
Notekislik koeffitsiyenti avtomobillarning ortish (tushirish) punktiga kelish grafigidan o’rtacha og’ish vaqtlari yig’indisini va punkt ishi ritmini shu punktning grafik bo’yicha ritmiga nisbati orqali topiladi.
Masalan, avtomobillarning kelish grafigidan og’ishi o’rtacha vaqti (kelish grafikdan hamma og’ish vaqtlarining jami hamma vaqtini bir soat (smena va boshq.) davomidagi kelishlar soniga nisbati bilan aniqlanadi) 5 min., punktning kelish koeffitsiyenti 5+10 / 10 = 1,5 bo’ladi.
Postning o’tkazish qobiliyati bo’yicha uning smenadagi yoki sutkadagi unumdorligi topiladi:
bu yerda: Т – postning bir smenada ishlash vaqti, soat.
O’tkazish qobiliyatlari bir xil bo’lgan N ta postlari bir ortish-tushirish punktining o’tkazish qobiliyati: P=MN.
O’tkazish qobiliyatlar har xil bo’lganda:
P = M1 + M2 +... Mn
bu yerda: M1, M2 ... Mn – har bir postning o’tkazish qobiliyati.
Ortish-tushirish ishlari frontning o’tkazish qobiliyati ham shu tarzda aniqlanadi. Bu kattalik hamma avtomobillarni omborlar va ortish-tushirish maydonlariga to’g’ri taqsimlash uchun kerak.
Punktdagi sutkalik ish hajmi Qc va postning ishlash vaqti (sutka davomida) Т bo’lganda, postlarning zaruriy soni quyidagicha topiladi:
Agar vaqt birligi ichida (mas.smena) ortilishi yoki yuk tushirilishi zarur bo’lgan avtomobillar soni – A berilgan bo’lsa, zaruriy postlar soni quyidagicha topiladi:
Bu formuladagi A, ma’lum miqdordagi avtomobillar vaqt birligi ichida bajargan qatnovlar soni bilan teng kuchli.
Ortish-tushirish punktlari va avtomobillar ishini muvofiqlashtirishda punktlarining ish ritmi R va avtomobillarning qatnov intervali la ni hisobga olish kerak.
Punktning ish ritmi, deganda punktdan oldinma-keyin chiqib ketayotgan ikkita avtomobil orasidagi vaqt tushuniladi. Ish ritmi avtomobilning yuk ortish yoki tushirishda turish vaqti – to-t va punktdagi postlar soniga bog’liq:
to-t-yuk ortish yoki tushirishda turish vaqti:
N-punktdagi postlar soni:
ηH – avtomobilning ortish yoki tushirish postiga notekis kelish koeffitsiyenti, u avtomobillar, ortish-tushirish punktlar ishi tashkil qilinishiga bog’liq, 1,0...2,0 qabul qilinadi:
4.Avtomobillarning harakat intervali.
Avtomobillarning harakat intervali–oldinma-keyin ikkita avtomobilning punktga kirib kelishi orasidagi vaqt avtomobilning aylanish vaqti - tob ni marshrutda ishlayotgan avtomobillar soniga nisbati bilan aniqlanadi:
bu yerda: tҳ – avtomobilning harakatlanish vaqti. s;
lюк– yuk bilan qatnash uzunligi, km;
β – yo’ldan foydalanish koeffitsiyenti;
to-t – avtomobilning ortish-tushirishda turgan jami vaqti, s;
Vt – texnik tezligi, km/s;
to,tt – avtomobilning ortish va undan tushirish vaqti, s.
tob-avtomobilning aylanish vaqti.
tй-аvtomobillarning yo`nalishda bo`lish vaqti.
Am-рunktda mavjud ishlar hajmini bajarish uchun zarur avtomobillar soni:
Punktning ish ritmi bilan avtomobillarning harakat intervali teng (R=Ia) bo’lsa, punkt bir tekis ishlaydi, avtomobillar esa navbatda kutmaydi.
Bu tenglamadan ortish yoki tushirish punktlarining zaruriy sonini topish mumkin:
Punkt uzluksiz ishlashi uchun zarur avtomobillar soni:
Punktda mavjud ishlar hajmini bajarish uchun zarur avtomobillar soni:
Shuni nazarda tutish kerakki, avtomobillar yuklarni turli mavsofalarga tashisa, va tob ning qiymati har xil bo’lsa, keyingi formulalardagi tob ning qiymati o’rtachalashtirib olinadi.
|
| |