|
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
|
bet | 3/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
Yuklar necha guruhda tasniflanadi?
Хavfli yuklar necha sinfga bo’linadi?
Тashish sharoitiga ko’ra yuklar necha guruhga ajratiladi?
Yuklarni tamg’alash?
Yuklarni transport vositasiga joylash?
Ortish-tushirish ishlari va ularni bajarish usullari?
2-mavzu: Avtomobillarning yuk ortish va tushirish punktlarida
turish vaqti
Reja:
Avtomobil va avtopoyezdlarni ortish-tushirish punktlarida turish vaqtlari.
Ortish-tushirish ishlari va ularni bajarish usullari.
Ortish-tushirish punktlari va ular o’tkazuvchanlik qobiliyati.
Doimiy ortish-tushirish punktlarida ortish-tushirish ishlari.
1.Avtomobil va avtopoyezdlarni ortish-tushirish punktlarida turish vaqtlari.
Avtomobil transportining hususiyatlaridan biri yuklarni qisqa masofalarga (o’rtacha 15-17 km) tashishdan iborat. Shuning uchun avtomobillarning ortish va tushirish punktlarida turib qolish vaqti umumiy ish vaqtining katta ulushini tashkil qiladi (o’rtacha 25%, ba’zi yuklar bo’yicha – 50% gacha). Bu ko’rsatkichning qiymati ortish-tushirish ishlarini bajarish usullariga bog’liq: mexanizatsiyalashgan usulda avtomobillarning turib qolish vaqti, qo’l kuchi bilan bajarilgandagina qaraganda 2-3 marta kam[2].
Avtomobilning yuk jo’natuvchi yoki oluvchi punktga kelish va undan ketish vaqti oralig’i ortish-tushirishda turish vaqti deyiladi. Bu vaqtga kutish vaqti (tm), manevr vaqti (tn), ortish-tushirish ishlarini bajarish vaqti (to-te), xujjatlarni rasmiylashtirish vaqti (tr) kiradi:
Navbatda turish vaqti, ko’pincha, ortish-tushirishda turilgan umumiy vaqtning katta qismini tashkil qiladi. Uni eng kichik qiymatga keltirish, yoki umuman yo’qotish uchun punktlar bilan avtomobillarning ishini soat mexanizmlaridek moslab tashkil qilish kerak. Masalan, skatli grafiklar bo’yicha ishlash, brigadalar tashkil qilish va x.k. Yuk ortish-tushirish punktlariga xizmat qiladigan avtomobillar soni punktlarning o’tkazish qobiliyatiga mos kelishi lozim.
Avtomobillarning punktlarda manevr qilish vaqti maydon yuzasiga, avtomobil turiga, kirib kelish yo’llaining qulay tuzilganiga, yuk ko’taruvchi mashinalar bilan avtomobillarning joylashish sxemasiga bog’liq. Bu vaqt avtomobillar to’g’ri kelib, to’g’ri ketadigan sxemada nolga teng bo’ladi.
2.Ortish-tushirish ishlari va ularni bajarish usullari.
Ortish-tushirish ishlarini bajarish vaqti, ularni bajarish usuliga, yuk turiga va avtomobilning yuk ko’tarish qobiliyatiga bog’liq. Bu ishlar qo’l kuchi bilan bajarilganda ketadigan vaqt, avtomobillar ko’taradigan yuk og’irligi va yukning turidan tashqari, ishchilar soni va malakasiga ham bog’liq; mexanizatsiya yordamida bajarilganda – mashina turi, ishlash sharoiti va unumdorligiga bog’liq.
Avtomobillarning yuk ortish va tushirish punktlarida turish vaqti me’yorlari har bir amaliy bajarish uchun mehnat sarfini me’yorlash orqali aniqlanadi. Bu ishlar avtomobil turi yuk turi, ortish-tushirish ishlarini bajarish usullariga bog’liq.
Qishloq xo’jalik yuklarini bunker orqali yuklashda, splas massani kombayndan yuklashda sement, un va boshqacha yuklarni tashuvchi sisternalarga yuk ortish va tushirishda turli xil yuklar uchun mo’ljallangan vaqt me’yorlari olinadi (1-jadval); kombayndan don yuklashda, bortli avtomobillardagi yukni skrebonlar, to’rlar yoki shunga o’xshash vositalar bilan tushirishda to’kiluvchi yuklar uchun belgilangan vaqt me’yorlaridan foydalaniladi.
Avtomobil samosvallar to’kiluvchi yuklarni, jumladan, qovushqoq va yarim qovushqoqlarini ishbay ta’rif bo’yicha tashiganida ortish va tushirishda turish vaqti me’yorlari (minutlarda): yuk ko’tarishi 7 t gacha bo’lsa (7t bilan birga) – 4; 7t....10t (bilan birga) – 6; >10-15t gacha (bilan birga) – 9; > 15-20t gacha (bilan birga) – 14; > 20-24 boshqa yuklarni tashiganda, jumladan, qurilish uchun qorishmalarda, bu me’yorlar 2-3 min.ga orttiriladi.
Samosval avtomobillar ochiq konlardan jinslarni va foydali qazilmalarni, sanoat korxonalari va qurilishga oid yalpi, to’kiluvchi yuklarni tashiganda ortish-tushirish ishlarining vaqt me’yorlari alohida ta’riflar bilan belgilangan. Ular quyidagicha (minut):
1-jadval
№
|
Avtomobilning yuk ko’tarish qobiliyati, tonna.
|
Yuk ortish vaqti me`yori, minut.
|
Yuk tushirish vaqti me`yori, minut.
|
1
|
3,5 tonnagacha bo`lsa.
|
2
|
1
|
2
|
3.5 tonnadan 5 tonnagacha bo`lsa.
|
7
|
7
|
3
|
5 tonnadan 10 tonnagacha bo`lsa.
|
8
|
8
|
4
|
25 tonnadan 30 tonnagacha bo`lsa.
|
10
|
10
|
5
|
30 tonnadan 40 tonnagacha bo`lsa.
|
15
|
15
|
6
|
40 tonnadan yuqori bo`lsa.
|
|
|
|
| |