|
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
|
bet | 6/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
Ortish-tushirish punktlari haqida tushuncha.
Avtomobil va avtopoyezdlar ortish-tushirish fronti.
Pog’onali joylashtirish.
Ortish-tushirish punktlarining o’tkazish qobiliyati.
Postning o’tkazish qobiliyati.
Punktning ish ritmi nima.
Avtomobilning harakat intervali.
4-mavzu: Ortish-tushirish mashinalari va qurilmalari haqida umumiy ma’lumotlar va ularning tasnifi
Kalit so’zlar: uzluksiz va uzlukli ishlaydigan mashinalar; tasmali, plastinkali, qirg’ichli konveyerlar; ko’pcho’michli pogruzchiklar; statsionar, universal va maxsus mashinalar.
Reja:
Avtomobil transportda qo’llaniladigan ortish-tushirish mashinalari.
Statsionar mashinalar.
Ko’chma mashinalar.
1.Avtomobillar transportida qo’llaniladigan ortish-tushirish mashinalari.
Avtomobillar transportida qo’llaniladigan ortish-tushirish mashinalar nomenklaturasi xilma-xil. Ularning texnik-ekspluatatsiya sifatlarini o’rganish uchun aynan shu ko’rsatkichlari bo’yicha tasniflanadi. Тexnik ko’rsatkichlar bo’yicha tasniflash mashinalarni o’rganish uchun, ekspluatatsiya ko’rsatkichlari bo’yicha tasniflash esa, mashinalarning qo’llanishdagi hususiyatlarini to’g’ri baholash va ortish-tushirish ishlarini mexaniziyalash sxemasini tanlash uchun kerak.
3-rasm Ortish tushirish mexanizmlari turlari va vazifalari.
Hamma ortish-tushirish mashinalarini texnik belgilari bo’yicha ikki guruhga ajratish mumkin: ishchi organi uzluksiz va uzlukli ishlaydigan (siklli) mashinalar.
Birinchi guruhga kirgan mashinalarning ishchi organi yukni qamrab-bo’shatishda to’xtamaydi, uni bir emas surib boradi. Bular tasmali, plastinkali va qirg’ichli konveyerlar (transportyorlar), chig’irlar, telferlar, mexaniq lopatalar, avtomobil tushirgichlar va sh.k.
Ikkinchi guruhga kirgan mashinalarni yukning guruhiga, ko’chirish (tashish) yo’nalishiga va yurish uskunasi bor-yo’qligiga qarab tasniflash mumkin.
Qayta ortiladigan yuklarning guruhiga qarab mashinalar quyidagi turlarga ajratiladi: donali yuklar uchun (avtokranlar, avtopogruzchiklar, telferlar va boshq.); ag’darma yuklar uchun (ekskavatorlar, bir cho’michli va ko’p cho’michli pogruzchiklar, har ortuvchilar, lavlagi ortuvchilar va boshq.); sochiluvchan (to’kiluvchan); yuklar uchun (don ortuvchilar, qayta ortuvchilar va boshq.); donali va ag’darma yuklar uchun (avtopogruzchiklar, avtokranlar va boshq.). Bu mashinalar o’z vazifasiga ko’ra, yuk qamrovchi moslamalar ishtirokida ishlaydi (panshaxa, strela, cho’mich, greyfer).
Yukning surilish yo’nalishida ko’ra mashinalar va qurilmalar to’rt guruhga bo’linadi: yukni gorizontal surish uchun (mexaniq ko’riklar); yukni vertikal surish uchun (bunkerlar); yukni qiyalatib surish uchun (don ortuvchilar, transporterlar, ko’pcho’michli pogruzchiklar); vertikal va gorizontal (qurama) surish uchun (kranlar, avtopogruzchiklar va boshq.). Ortish-tushirish mashinalarining aksari to’rtinchi guruhga kiradi4.
Bir punktdan boshqasiga ko’chib o’tish uchun yurish uskunasiga qarab, hamma mashinalar ikki guruhga tasniflanishi mumkin: statsionar va ko’chma.
2.Statsionar mashinalarning yurish uskunasi bo’lmaydi, bular mineral kranlar, ko’prikli kranlar, bunkerlar va boshq. Ular bir joyga o’rnatilgancha katta hajmdagi ishlarni bajaradi.
3.Ko’chma mashinalarning yurgizish uskunasi bo’ladi, shuning uchun bir joydan boshqasiga bemalol yurib boraveradi. Bunday mashinalar o’zining kuch qurilmasi hisobga (ichki yonar dvigatel, eletrodvigatel) yuradi, shuning uchun ularni “o’ziyurar mashina” deb ham ataladi. Ulardan ba’zilari chaqqonligi bilan ajralib turadi (avtokranlar va avtopogruzchiklar), bir ish smenasida bir nechta ob’ektlarga xizmat ko’rsatishi mumkin.
Statsionar va ko’chma ortish-tushirish mashinalarini ikki toifaga ajratish mumkin: universal va maxsus mashinalar. Universal mashinalarga taralangan donali, og’ir vaznli, ag’dariouvchi yuklarni ortib-tushiradigan mashinalar kiradi. Bular kranlar, avtopogruzchiklar, elektrpogruzchiklar va boshqalar.
Maxsus ortish-tushirish mashinalari muayyan yuklar uchun mo’ljallanadi. Masalan: lavlagi ortuvchilar, don ortuvchilar va boshqa.
|
| |