|
Ayrim (panshaxali) tepadan kesib qo’yadigan qamragich
|
bet | 12/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Ayrim (panshaxali) tepadan kesib qo’yadigan qamragich oddiy ayrim qamragichdan shunisi bilan farq qiladiki, ayrimlardan tepalikda joylashgan maxsus plastinasi bor. U kranshteyn yordamida gidravlik silindr bilan ulangan. Plastina ayrilarga yaqinlashishi yoki ulardan uzoqlashishi mumkin (900...1800mm oralig’ida). Pogruzchik yukni ko’chirayotganda plastina uni qisib, to’kilib ketishdan saqlaydi.
Shtirli qamragich diametri turlicha bo’lgan metall sterjenlardan iborat bo’lib, ularning bir uchi karetkaga mahkamlanadi va markazida teshigi bor yuklarga: avtomobil shinalari, sim o’ramlari, kabel kabel o’ralgan barabanlar, keramik quvur kabilarga mo’ljallangan. Yuk ko’tarishi 2-5 t bo’lgan avtopogruzchiklar uchun shtirlar diametri 170...200 mm, uzunligi 1400...2200 mm bo’ladi.
3.Ko’pshtirli qamragich diametri nisbatan katta bo’lmagan va gorizontal joylashgan bir nechta sterjendan iborat bo’lib, ularning bir uchi ko’ndalang bog’lovchi yordamida birlashtirilgan. Bog’lovchi yuk ko’taruvchi mashinaning karetkasiga mahkamlanadi. Poddonsiz, paketlangan yuklarga, bo’chkalar, rulonlar, qoplarni ko’chirib taxlashga mo’ljallangan.
Bloksiz strelanish vertikal ustunida konsol tarmog’i bo’lib, ilgakning holati o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Ustun mashina karetkasi bilan birlashgan. Stroplarga mo’ljallangan konteynerlar va boshqa har xil, donali yuklar uchun xizmat qiladi. Ilgakning holati o’zgaruvchi bloksiz strelada gidrotsilindr va sharnirli qurilma bor, ular ilgak holatini o’zgartira oladi.
Yonlama qamragich ikkita qiluvchi, yonlama richagdan iborat bo’lib, uchida plastinasi bor. Plastinalar yuk bilan yaqin ilashish maqsadida ichki tomonlan g’adir-budur ishlangan, qisuvchi richaglar gidrotsilindrni harakatga keltiradi. Qamragich ma’lum miqdorda yonlama qisuvchi kuchlarga bardosh beradigan donali yuklarga mo’ljallangan.
Changakli qamragich dumaloq yuklarga mo’ljallangan bo’lib, ochilib, yopiluvchi ikkita changakdan iborat. Ular sharnirga ulangan, pogruzchikning gidravlik sistemasidan kuch oladi.
Cho’mich juda keng tarqalgan qamragich bo’lib, to’kiluvchan va mayda donali yuklarga mo’ljallangan. Aksar yuk ko’taruvchi mashinalarda almashtirib ishlatiladigan ishchi organ hisoblanadi. Cho’mich avtopogruzchiklar yuk qamrovchi qurilmalar komplekti sifatida beriladi. Ba’zi maxsus pogruzchiklar cho’mich bilan doimo jihozlanib turadi yoki asosiy qamragich sifatida cho’michga ega bo’ladi. Bunday holda pogruzchik – bir cho’michli deyiladi. Hamma ekskavatorlar cho’michlar bilan jihozlanadi, biroq bunda yer qazish ishlarini ham bajaradi. Cho’michning uning vazifasiga (ortish yoki yer qazish), dvigatel quvvati, yuk turi va boshqa omillarga bog’liq. Ekskavator cho’michlari hajmi 0,15...35 m3, avtopogruzchiklar va bir cho’michli pogruzchiklarda 0,2...2,5 m3 bo’ladi. Kichik hajmli cho’mich ichki organi uzluksiz ishlaydigan mashinalarda ham bo’ladi. Bunda cho’mich cheksiz, aylanadigan zandirga o’rnatiladi (ko’pcho’michli, pogruzchiklar). Ular yukni faqat qamrab olmasdan, bir joydan boshqa joyga ko’chiradi ham.
Greyfer ag’darma yuklarni ortish-tushirish operatsiyalarida ishlatiladi. Greyferlar konstruksiyasiga ko’ra to’kiluvchan va mayda bo’lakli yuklarni qamrash va ko’chirishga (ko’mir, koj, ruda, chaqiq tosh, mayda tosh, qum, tuz va boshqa) ham, yirik bo’lakli yuklarga (tosh va boshqa) ham ishlatiladi. Greyferni kranlarga, avtopogruzchiklarga va boshqa xil pogruzchiklarga almashinuvchi yuk qamragich sifatida o’rnatiladi va davriy ishlaydigan ishchi organ sifatida ishlaydi. Greyferlarning cho’michlari ikki yoki bir nechta jag’-tavahalar ko’rinishida ishlatiladi. Ko’ptavaqali yoki ko’p jag’li greyferlar, poliplar deb ataldi, yirik bo’lakli yuklar uchun ishlatiladi. Poliklar hajmi 0,5...2,25 m3.
Jag’larning yopilish mexanizmiga ko’ra greyferlar kanatli (bir-, ikki- va to’rt kanatli) va motorli (elektrik, gidravlik yoki elektrogidravlik yuritmali) bo’ladi.
Bir kanatli greyferlar hajmi 0,1...1,2m3, ikki va to’rt kanatliniki 0,35...2,5m3. Motorli greyferlar 0,5...2m3 hajmda chiqariladi. Greyferlarning o’z og’irligi, yuk ko’tarish qobiliyatiga qarab 150...2800 kg bo’ladi7.
Bir kanatli greyfer yuk ustiga jag’i ochilgan holatda tashlanadi. Ikkala jag’ni bog’lab turgan kanat tortilganda greyfer yopilib, yukni qamrab oladi. Yopilgan jag’lar ilgak bilan muhim qilinadi. Bu greyfer ma’lum bir balandlikda, kran strelkasidagi maxsus xalqa ilgakli bo’shatganda ochilib ketadi va yuk to’kiladi.
Ikki va tshrt kanatli greyferlarning tavaqalari istalgan balandlikda ochilib, yukni to’kishi mumkin. Buning uchun yuk ko’taruvchi mashinaga maxsus chig’ir o’rnatiladi. Ikki kanatli greyferlarda bitta kanat greyferni ko’tarish va tushirishga, ikkinchisi – tavaqalarni ochib-yopishga xizmat qiladi (12-rasm). Jag’lari ochilgan greyfer yuk qismi ustiga tashlanidi (12a-rasm), shundan keyin chig’ir ishlatiladi, u kanatli tortganda jag’lar yopiladi va yopilayotib yukni qamrab oladi (12b-rasm), greyfer yuk bilan to’ladi.
|
Chig’ir barabaniga kanat o’ralganda greyfer ko’tariladi. Bu holatda ikkala kanat taranglangan holatda bo’ladi (12v-rasm). Jag’larni ochish va yopishga xizmat qiladigan kanat chig’irdan yechilayotganda jag’lar o’z og’irligi bilan ochilib greyfer yukni tashlaydi. (8g-rasm).Motorli greyfening jag’lari elektrodvigatel bilan ochilib-yopiladi. Elektrodvigatel greyferning bosh qismiga yoki traversaga o’rantiladi. Bunday greyferlarni har qanday kranning ilgagiga ilish mumkin.
|
10-rasm.Greyfer ishlash sxemasi.
|
Har qanday balandlikda yukni qisman bo’shatish mumkin. Тo’qma yuklar uchun qamrovchi qurilma sifatida qirg’ichli konveyerlar, diskli ta’minlagichlar, shneklar, sidirib oluvchi panjalar ishlatiladi.
4.Qirg’ichli konveyer ikkita g’ildirak nagruzka orasida tarang tortilgan zanjirdan iborat bo’lib, unga ma’lum oraliqlarda metall plastinalar (qirg’ichlar) mahkamlangan. Yulduzchalardar biri-yurituvchi. Zanjir aylanganda, qirg’ichlik konveyer tashlab qo’yilgan yukni, qirg’ichlar surib ketadi.
|
Yukni qamrab, uni tashuvchi asosiy qurilmaga borish uchun qo’shaloq, qirg’ili konveyer (yoki tashuvchi qurilmaning ikki yonida joylashgan ikkita konveyer) ishlatiladi. Bunda yurituvchi yulduzchalar qarama-qarashi tomonga aylanadi (9-rasm). Qirg’ichli konveyerlarning ishchi qismi asosiy tashuvchi qurilma tomonarakat qiladi. Qirg’ichli konveyerlar yuk qamrovchi qurilma sifatida doportlagichlarni konstruksiyalashda qo’llaniladi.
|
11-rasm-Qirg’ichli konveyer
|
Shnek yoki vintli konveyer ko’rinishidagi yuk qamrovchi qurilmalar ishchi organi uzluksiz ishlaydigan pogruzchiklarda uchraydi, ular inert materiallarni ortishda ishlatiladi (qum, graviy, chaqiq tosh va boshqalar). Shneklarning vintlari sidirg’a o’rama (mayda donali va kukunsimon, quruq yuklarni qamrash uchun), spiral o’rama (bo’lakli yuklar uchun) va alohida parraklardan tashkil topgan o’rama (yotaverib zichlanib qoladigan yuklar uchun) ko’rinishida bo’ladi. Vint aylanganda o’ramalar yukni qamrab olib, asosiy tashuvchi qurilmaga uzatadi.
Diskli ta’minlagichlar ikkita metall diskdan iborat bo’lib, ularning radial joylashgan qovurg’alari bor; qovurg’alar tepasi shunday qaratilganki, balandligi disk markazidan uzoqlashgan sari pasayib boradi. Disklar vertikal vallarga o’rnatiladi va ulardan kuch olib aylanadi (turli tomonga). Disklar aylana turib, yukni qirqib, ichiga kiradi va qovurg’alari bilan qamrab, atrofga sochadi. Sochilgan yukni qabul qilib oladigan tarnov va disklar orasida va yon devorlarda tashuvchi qurilma bo’lsa, bu qamragich ancha samarali ishlaydi.
Qirg’ichli konveyerlar, shneklar, diskli ta’minlagichlar sidirib oluvchi panjalar mashinaning ishchi organi bilan yaxlit ishlanadi, ular boshqa qurilmalar bilan almashtirib ishlatilaydi.
Magnit tortadigan yuklar: cho’yan quymalar, plitalar, balkalar, sanoatning metall chiqindilarini elektromagnitli ko’taruvchi maxenizmlar yordamida ortib-tushirish ma’qul.
5.Ko’taruvchi elektromagnitlar (9-rasm) yuklarni qamrab olishi va bo’shatishida stropalshik-iluvchi ishchining ishtiroki kerak emas. Elektromagnitlar shakliga ko’ra doira va to’rtburchak shaklda bo’ladi. Ular 220 V kuchlanishli o’zgarmas tok bilan ishlaydi. Тok kabel orqali keltiriladi. Uzun matell yuklarni ko’tarishda ikki-uchta elektromagnit, traversaga osilgan holda baravariga ishlaydi. Elektromagnitlarning yuk ko’tarishi ko’tariladigan metallning shakliga, o’lchamlariga, kimyoviy tarkibi va haroratiga bog’liq. 5-jadvalda mamlakatimiz sanoati ishlab chiqariladigan elektromagnitlarning qisqa tavsifi berilgan. Elektromagnitlarning kamchiligi – o’z massasining kattaligida.
|
| |