|
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
|
bet | 13/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar
Mexaniq qamragich nima?
Ayrim qamragich.
Yonlama qamragich.
Cho’michli qamragich
Greyfer
Qirg’ichli konveyer
Ko’taruvchi elektromagitlar.
8-mavzu. Eng sodda ortish-tushirish mexanizmlari va qurilmalari.
Dvigatelli va dvigatelsiz ortish-tushirish mexanizmlari va qurilmalari.
Kalit so’zlar: rolikli lo’mlar; rolikli transportyorlar; rolikli bo’lakcha; domkrat; qo’l aravacha; dastaki, ayrali aravacha; talva polispast; dastali chig’ir; dastani konsolkran; dastani minarali kran, elektrli tal, pnevmatik tal, elektrli chig’ir, tasmali konveyer, plastinkasimon mexaniq kurak.
Reja:
Rolikli transporterlar
Ayrili qo’l aravachalar
Aravachalar haqida ma’lumotlar
Konsolli qo’l kranlari haqida
Dvigatelli ortish-tushirish mexanizmlari va qurilmalari.
1.Rolikli transporterlar
Kuch agregati bo’lmagan ortish-tushirish qurilmalari qo’l kuchi bilan ortish-tushirish ishlarini yengillatish uchun mo’ljallangan. Bularga rolikli qurilmalar domkratlar, ayrili agregatlar, qo’l yuritmali pogruzchiklar, qo’l bilan ishlaydigan tal, bunkerlar, pog’onalar, bortli avtomobillarni yonboshlatish uchun ko’chma nishab tagliklar kiradi. Rolikli qurilmalarga (14-rasm) rolikli lo’m, rolikli aravacha, transportyor kabilar kiradi.
Rolikli lo’mni (10a-rasm) og’ir yuklarni qattiq qoplamali tekis maydonchada, gorizontal yo’nalishda bir necha metr surishda ishlatish mumkin. Lo’mning qayrilgan uchida ikkita g’ildirakcha (rolik, g’altak) o’rnatilgan o’qi bor, dumalash podshipniklariga tayanadi. Shunday lo’mlar bilan qurollangan uchta ishchi 2t og’irlikdagi yukni surishi mumkin.
Rolikli aravachalar va rolikli zanjirlar og’ir yuklarni gorizontal tekislikda surish uchun mo’ljallangan, shu bilan birga ortish-tushirish ishlarini ham bajara oladi. Rolikli zanjirlarning yuk ko’tarishi 2,5 t gacha8.
Rolikli transporterlar (10b-rasm) rama ko’rinishidagi qurilma bo’lib, uning qo’zg’almas o’qlariga roliklar o’rnatilgan. Ular ko’chirilayotgan yukning og’irligi ta’sirida podshipniklarda aylanadi.
Rolikli transporterlar donali yuklarni gorizontal tekislikda (ozgina qiyalik bilan) ko’chirish uchun mo’ljallangan. Buning uchun yukda tekis tayanch yuza bo’lishi yoki maydaroq yuk bo’lsa, maxsus taglikka qo’yilgan bo’lishi kerak. Bunday transporterlar yuk suriladigan tarafga 2-5 burchak bilan qiyalanib quriladi. Roliklar diametri, qopdagi ko’ra 150 mm dan oshmaydi, eni esa yukning eniga qarab tanlanadi, roliklar orasidagi masofa suriladigan yukning yarim uzunligidan kam bo’lishi kerak. Yukning ko’chish yo’nalishini o’zgartishi uchun rolikli transporterning ayrim seksiyalari egri chiziqli shaklda ishlanadi.
Rolikli yo’llarda uzun roliklar o’rniga ikkita bo’ylama balki orasiga joylangan epsiz (kalta) roliklar terib chiqilgan bo’ladi (10v-rasm) undan rolikli transportyor sifatida ham foydalanish mumkin. 12-rasm. Rolikli yo’l
Rolikli yo’llar rolikli transportyorga qaraganda kichkina, ixcham, yengil, yig’ib-o’rnatishda qulay. Ba’zan avtomobilda yuk bilan birga olib yurish mumkin.
Domkratlar og’ir yuklarni yerdan biroz ko’tarish va aravaga yoki rolikli zanjirga o’rnatishda ishlatiladi. Domkratlar reykali, vintli va gidravlikturlarga bo’linadi, yuk ko’tarishi 5t dan 30t gacha boradi.
Lotoklar (qiyaliklar) yashiklar, toylar, o’ramlar ko’rinishidagi yuklarni avtomobilga, omborning yuqori tokchalariga chiqarish yoki ulardan tushirish uchun xizmat qiladi; taxta yog’ochdan yasaladi. Lotokning qiyalik burchagi 35-450, yuk undan o’z og’irligi bilan pastga tushadi.
Qo’l aravachalar donali yuklarni kichik maydonda ortish-tushirish va ko’chirish uchun xizmat qiladi. Ikki g’ildirakli qo’l aravachalari, ba’zan “medvedki” deb ataladi, 300-500 kg yuk ko’taradi, o’zining massasi 50-60 kg.
Ayrili qo’l aravachalar “transpollyot” deb ataladi (11-rasm) paketlar va poddonlarga solingan yuklarni avtomobillarga ortish yoki ulardan tushirish uchun xizmat qiladi. Aravacha ko’taruvchi ayrisi bor ramadan iborat bo’lib, uchlariga gibronasosning roliklari o’rnatilgan. Gidronasos aravachaning dastagi orqali ishga tushiriladi. Aravachaning oldida ikkita g’ildirakchasi bor, burilishga ham xizmat qiladi. Roliklar richaglar sistemasi orqali ko’taruvchi mexanizm bilan birikkan. Ayrilarni ko’tarish va tushirish uchun gibravlik uzelda maxsus o’rnatish richagi bor. “Pod’em”, “spusk” neytral holatlarga burib qo’yish mumkin. Vilkalarni ko’tarish uchun ayri poddon tagiga kirgizilib, gidropod’yomnik ishlatiladi. Yukni ko’targan holda ombor hududida ko’chirish, avtomobil kuzoviga ortish (yoki tushirish) mumkin. Bunda omborning yuk maydoni sathi avtomobil kuzovi tubining sathi bilan bir bo’lishi kerak. Yuk ortilgan ayrini tushirish uchun gidrotsilindning o’rnatish richagi bosiladi. Shunda silindr klapani ochiladi, ishchi suyuqlik silindrdan asta oqib chiqadi. Yukni ko’tarish uchun quyiladigan kuch 0,1-0,15 kP dan oshmaydi. Yukli poddonni ko’tarish yoki tushirish uchun 6 sek vaqt ketadi. Aravacha jami 0,5...1,0 t yuk ko’tara oladi.
a) b)
v)
13-rasm. Rolikli qurilmalar.a)-rolikli lo’m; b)-rolikli konveyer; v)-rolikli yo’l,
14-rasm. Ayrili qo’l aravachasi.
Ayrili qo’l aravachalar donali yuklarni alohida yoki poddonga solingan holda ortish va tushirishga mo’ljallangan. Bunday aravachaning boshqa ko’rinishida ishchi organi gidravlik domkratdan yoki qo’l chig’iridan kuch olib ishlaydi. Gidravlik domkratlisi ko’p uchraydi. Bunday pogruzchikning ayrisi karetkaga mahkamlanadi. Karetka esa zanjir bilan ulangan. Zanjir gidrotsilindr shtokiga o’rnatilgan yulduzchadan o’tadi. Qo’l gidronasos dastak orqali ishlatiladi. Yukni gorizontal ko’chirish uchun pogruzchik qiya holatga o’tkaziladi. Bu holat ko’taruvchi va buruvchi g’ildirak tomonidan muhim qilinadi. Bunday pogruzchik 200-1000 kg yuk ko’tara oladi, ayrida turgan yukni 1,5-2,0 m balandlikka ko’tarish mumkin.
Dastakli tal va polispastlar og’ir yuklarni ortish yoki tushirishga mo’ljallangan. Ular bir nechta qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas, bitta kanat yoki zanjir bilan qamrab olingan g’altak (blok)lardan iborat. Тal chervek yoki shesternya uzatmali qilib ishlanadi. Chervyakli tal (15-rasm)ning oboymasiga chervyak-4 va zanjir yulduzchasi-8 bilan yaxlit qo’yilgan chervyakli g’ildirak-2 joylangan. Bu g’ildirak ilgakli qo’zg’aluvchan g’altak-6 ga osib qo’yilgan.
|
Oboymada, bulardan tashqari, tormoz-7 va ikkita zanjir (tortuvchi va yuk ko’taruvchi) bor. Тortuvchi zanjir-5, chervyak valining uchiga o’rnatilgan g’ildirak-3 bilan ilashib turadi.
Ilgakli qo’zg’aluvchi g’altak g’ildirak va chervyakning tortuvchi zanjiri aylanganda ko’tariladi. Bir vaqtning o’zida chervyak g’ildiragi yulduzcha va yuk ko’taruvchi zanjir bilan birga aylanadi (zanjir, bu vaqtda yulduzcha bilan ilashgan bo’ladi) va ilgakli g’altakni ko’taradi. Ishqalanma tormoz va lo’nidonli xrap mexanizm tomonga, ya’ni ko’tarilishga qarashli tomonga aylansa, yuk pastga tushadi.
|
15-rasm.Tal.
|
Chervyakli tallar 10t gacha yuk ko’taradi va 3m gacha yuqoriga olib chiqa oladi. Ko’tarish tezligi 0,12 ayl/min. talning o’z massasi 40...410kg.
Qo’l chig’irlari og’ir yuklarni vertikal, gorizontal va qiya yo’nalishlarda ko’tarib-tushirish uchun ishlatiladi. Vertikal yo’nalishda osma g’altaklar qolgan ikki holatda-maxsus trap ishlatiladi. Chig’ir rama, baraban, tras, reduktor va yurgizuvchi dastakdan iborat. Chig’irlar barabanlar soni bo’yicha – bir barabanli, ikki barabanli, reduktor turi bo’yicha – chervyakli va shesternyali bo’ladi. Shesternyali chig’irlarning ba’zilarida ishqalanma mufta bo’ladi. Тrosning o’ralishi to’xtaganda mufta avtomotik tarzda ishga tushib, chig’irni tormozlaydi. Ba’zi chig’irlarda tormoz o’rniga lo’nidan va kran mexanizmdan iboart to’xtatuvchi qurilma bo’ladi. Yuritish valiga bitta yoki ikkita dastak kiygiziladi (ikki uchiga bittadan). Dastak uzunligi 300 mm bo’ladi. Unga 0,2 kN qo’l kuchi qo’yiladi. Тrosning harakatlanish tezligi 1 m/min gacha.
Bir barabanli, trosdagi tortish kuchi 5-10 kN bo’lgan chig’irlar keng tarqalgan. Lekin 3-5 t va undan ortiq yuk ko’taradigan chig’irlar ham ishlab chiqariladi.
Тo’kuvchi to’rlar va shchitlar avtomobil kuzoviga ortilgan turli qishloq xo’jalik yuklarini (qand lavlagi, silas va boshqalar) tushirishga mo’ljallangan. Ularning ishlash prinsipi quyidagicha. Yukni avtomobilga ortishdan oldin shchitni avtomobil platformasining oldingi bortiga jins qilib qo’yiladi. Тo’rni esa platforma yuzasiga yoyib, orqa uchiga va shchitga arqon bog’langan bo’lib, yuk tushiriladigan joyda qo’zg’almas bir tayanch topib bog’lab qo’yiladi. Shundan keyin avtomobil maksimal tezlik bilan yurib ketadi, to’r yoki shchit yuklarni platformadan sidirib tushiradi. Arqon uchini bog’lash uchun yuk tushirish maydonida tayanch (qo’zg’almas) puxta topilmasa, boshqa avtomobilga yoki traktorga bog’lash mumkin. bu usulda yukni tushirishga 3-5 min vaqt ketadi.
Konsolli qo’l kranlari donali va og’ir yuklarni, konteynerlarni ortish-tushirishga mo’ljallangan bo’lib, yuk ishlari hajmi katta bo’ymagan punktlarda ishlatiladi.
Konsol kranda dvutavr shakli balka (konsol) bo’lib, uni bino devori yoki kolonnasiga sharnir bilan mahkamlangan tortqi ushlab turadi. Kran komplektida qo’l tali, richagli tal yoki chig’irdan iborat yuk ko’taruvchi mexanizmi bo’ladi. Qo’l tali va aravachali konsol kranlar ko’p ishlatiladi. Ular yukni konsol bo’ylab, gorizontal ko’chiradi. Kranning konsol strelasi gorizontal tekislikda aylanadi. Strela, odatda 2800 ga buriladi, lekin o’rnatilgan joy imkoniyatiga qarab, 3600 ga ham burilishi mumkin. strela qulochi 5-6 m dan oymaydi. Yuk ko’tarishi ko’pincha, 0,5-1,0 t bo’ladi, lekin ba’zan 3 t gacha ko’tarishi mumkin9.
Ko’prikli qo’l kranlari donali va og’ir yuklarni avtomobillarga ortish, ulardan tushirish uchun sexlarda garajlarda yig’ish-montaj ishlarida qo’llanadi. Bunday kran P-shaklidagi konstruksiyadan iborat bo’lib, tayanchlari g’ildirakchalarga o’rnatilgan, kundalang qismi bankadan iborat. Balkaga yuk ko’taruvchi moslama aravachali qo’l tali osib qo’yilgan, u gorizontal va vertikal yo’nalishda harakat qiladi, 3t gacha yuk ko’taradi. Ko’tarish balandligi 3,5 m gacha, kranning o’z og’irligi 400-600 kg.
Bunkerlar sochiluvchan yuklarni (don, ko’mir, chaqiq tosh, mayda tosh va boshqalar) tezkorlik bilan ortishga, shuningdek pogruzchiklar va transport vositalarining ishlarini muvofiqlashtirishga mo’ljallangan. Bunkerlar statsionar va ko’chma bo’ladi, hajmi 100 m3 gacha bo’ladi.
Maxsus tayanchlarga yoki omborxonaga o’rnatilgan bunkerning pastki qismida to’kish tuynugi bo’lib, qopqoq bilan berkitiladi. U qo’l kuchi yoki mexanizm yordamida (elektr yoki gidravlik) ochib-yopiladi.
Bunkerga yuk konveyer, pogruzchik yoki boshqa mexanizmlar yordamida yuk ortiladi va undan o’z og’irligi bilan to’kiladi.
Ko’chma qiyaliklar va pog’onalar to’kiluvchan mayda yuklarni bortli avtomobildan tushirib olishga xizmat qiladi. Ular avtomobilni 300 burchakgacha yonboshlata oladi. Buning uchun avtomobil qiyalik yoki pog’onaga bir tomon g’ildiraklari bilan yurib chiqadi.
Тebranuvchi estakada esa unga yurib chiqqan avtomobilni orqa borti tomonga qiyalatadi. Yuk tushirilgandan keyin bo’sh avtomobil bilan birga dastlabki holatiga qaytadi. Тo’kma yuklarni tushirishga mo’ljallangan boshqa xildagi moslamalar ham bo’ladi.
|
| |