Aylanuvchi strelali kranlarning tuzilishi va vazifasi




Download 4,83 Mb.
bet21/41
Sana01.02.2024
Hajmi4,83 Mb.
#149820
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)

Aylanuvchi strelali kranlarning tuzilishi va vazifasi. Gorizontal yoki xam gorizontal va xam vertikal tekislikda aylanuvchi strela yoki konsollar yordamida yukni eltib beruvchi mashinalar aylanuvchi strelali kranlar deb ataladi. Bunday kranlarga temir yonida, avtomobilda, pnevmog’ildiraklarda, zanjirlari o’rmalovchi aylanuvchi strelali, portal, yarim portal va minorali kranlar kiradi. Yurituvchi kurilmasining tuzulishiga muvofik aylanuvchi strelali kranlar relslarda xara­katlanuvchi va relslarda xarakatlanmaydigan kranlarga bo’linadi. Тemir yoki, portal, yarim portal va minorali kranlar rels­larda xarakatlanuvchi kranlarni tashkil etadi.

Aylanuvchi strelali kranlar ikki asosiy: yurgizuvchi va aylanuvchi kismdan iborat. Kranning yurgizuvchi kismi ko’tarib turuvchi ramadan iborat bo’lib, unda kranning yuritish mexanizm va boshka asbob uskunalari joylashgan. Kranning aylanuvchi kismi platformadan iborat bo’lib, unda kranning strelasi, kabinasi, minorasi, yuk va strelani ko’tarish mexanizmi va boshka asbob-uskunalari joylashgan. Aylanuvchi stre­lali kranlarga ko’yiladigan muxim talab-muayyan yuk ko’tarishda kranning turg’un (ag’anab ketmas)ligini saklab kolishdir. Kranning strela kanoti katta bo’lganida yuk ko’tarishini oshirish maksadida, ular chikarib ko’yiladigan tayanch (autriger)lar bilan jixozlanadi.
Aylanuvchi strelali o’zi yuradigan kranlar ish frontlari (joylari) bir-biridan olisda joylashgan va xar bir ortish-tushurish frontida aloxida ortish-tushurish mashinalarini ishlatish iktisodiy jixatdan samarali bo’lmagan holatlarda aylanuvchi strelali o’zi yuradigan kranlardan foydalaniladi.
Хozirda ortish-tushurish, kurulish-montaj va boshka ishlarda KDE-151, KDE-161, KDE-163, K-103, K-251, KDE- 252 kabi temir yo’lida yuradigan aylanuvchi strelali kranlardan keng foydalanilmokda. Bu kranlarni yuk ko’tarishi 15 tonnadan 25 tonnagacha bo’lib yuk ko’tarish arkonlari, ikki jag’li va to’rt kaftli greyferlar xamda elektr magnit plitalar bilan jixozlanishi mumkin.
2.12-rasmda temir yo’lida yuradigan dizel-elektr kran KDE-161 ko’rsatilgan. Kran kuyidagi asosiy kismlardan: aylanmaydigan platforma (1); ikki o’kli aravacha (2); chikarib ko’yiladigan domkratli tayanch (3); kamragich (zaxvat) (4); avtoulagich (5); tayanch aylanmasi (6); aylanuvchi platforma (7); kabina (8); yuk ko ‘tarish strelasi (9); strela polispasti (10) dan iborat.
Kranning aylanmaydigan platformasi temir yoyda yura­digan ikkita ikki o’kli aravachaga o’rnatilgan. Kran poyezd sostavlarida xarakatlanishi uchun platforma avtoulagichlar bilan jixozlangan. Platforma ramasining oxiriga chikarib ko’yiladigan domkratli tayanch (autriger)lar o’matilgan va kran bu autrigerga tayanib ishlaganida uning turg’unligi pvixta bo’ladi va tayanchsiz ishlaganiga karaganda ko’prok yuk ko’tara oladi (2.12-rasm, b).








29-rasm. Aylanuvchi strelali kranlar:


a-temir yo’lida yuradigan dizel-elektor kran KDE-161: 1-aylanmaydigan platforma; 2-ikki o’kli aravacha; 3-chikarib ko’yiladigan domkratli tayanch; 4-ilashma; 5-avtoulagich; 6-tayanch aylanmasi; 7- aylanuvchi platforma; 8-kabina; 9-yuk ko’tarish strelasi; 10-strela polispasti;

Download 4,83 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aylanuvchi strelali kranlarning tuzilishi va vazifasi

Download 4,83 Mb.