|
Chorpoyali elektr kranlarning texnik tavsifnomasi
|
bet | 20/41 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #149820 |
Bog'liq ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)Chorpoyali elektr kranlarning texnik tavsifnomasi
Parametrlari va o’lchamlari
|
K-05
|
KK-6
|
KKS-10
|
KDKK-10
|
Yuk ko’tarish, t
|
5
|
6
|
10
|
10
|
Prolyoti, m
|
11,3
|
16,0
|
32,0
|
16,0
|
Konsol qanoti, m
|
4,2
|
4,5
|
8,5
|
4,2
|
Yuk ko’tarish balandligi, m
|
8,0
|
9,0
|
10,0
|
8,65
|
Тezliklari, m/dak:
yuk ko’tarish
yuk aravachasi
|
8,0
30.0
50.0
|
20.5
49,5
100,0
|
15.0
40.0
36.0
|
10,0
38.0
90.0
|
Kranli
|
18,5
|
32,5
|
37,8
|
37,6
|
Kran
|
23,5
|
53,0
|
42,0
|
54,2
|
Ulgurji bahosi
|
9280
|
20000
|
14300
|
20300
|
Тiklanish baxosi
|
-
|
-
|
26450
|
23180
|
KKS-10 (2.10-rasm, d) ikki konsoli, o’zi montaj bo’luvchi chor poyali kran. Uning yuk ko’tarishi 10 t, prolyoti 32 m. Kranning panjarali fermasi to’g’ri to’rtburchak kesimli bo’lib, uni ostiga xamma bo’yi barobar o’rnatilgan shvellerli ikki kator relsda yuk ko’tarish aravachasi xarakatlanadi. Boshkarish kabinasi yuk aravachasi bilan birgalikda xarakatlanadi. Kranning ilgagiga xoda va o’lchamlarni kamrab olish uchun titratuvchi motorli greyfer kamragichga osish mumkin. Kran 380 V li uch fazali o’zgaruvchan elektr tokini tashki elektr tarmog’idan egiluvchan kabel orqali oladi. Ba’zi bir chor poyali kranlarning texnik tavsifnomasi 2.2-jadvalda ko’rsatilgan.
Kabelli kranlarning tuzilishi va vazifasi. Daryo suvlaridan o’rmon materiallari (xoda, g’o’la) oladigan katta ochik omborlarda kabelli kranlar (2.11-rasm, a) keng ko’llaniladi. Bularni kabelli kranlar deb atalishiga sabab shuki ularning yuk ko’tarish aravachasi (1) ikki dona minora 6 larga maxkamlangan ko’tarma arkon (2) da xarakat kiladi. Minoralarning birini-mashina minorasi deb ataladi va unda yuk ko’tarish mexanizmi va aravachani xarakatlantiruvchi mexanizmlar xamda boshkarish kabinasi o’rnatiladi, ikkinchisi esa kontr minora deb ataladi.
Kabel kranning yuk ko’tarish aravachasi tortuvchi (sudrovchi) arkon (3) yordamida o’ng va chap tomonga xarakat kiladi. Тortuvchi arkon aravachani xarakatlantiruvchi mexanizm barabani (4) ni bir necha bor o’rab o’tib, minoralarda joylashgan bloklar orqali o’tib, uni uchlari yuk ko’tarish aravvachani ikki tomoniga maxkamlab (bog’lab) ko’yilgan (2.11-rasm, b). Aravachani xarakatlantiruvchi mexanizm barabani soat strelkasi bo’yicha aylansa, yuk ko’tarish aravachasi chap tomonga aksincha, baraban soat strelkasiga teskari tomonga aylansa yuk ko’tarish aravachasi o’ng tomonga xarakat kiladi.
Yuk ko’tarish mexanizmining barabani (7) soat strelkasiga teskari aylansa yuk ko’tarish arkoni (5) ilgak (8) ni tepaga ko’taradi va aksincha, u soat strelkasi bo’yicha aylansa ilgak pastga tushadi.
Kabelli kranlar muxim (xarakatlanmaydigan 2.11-rasm, a), radial (2.11-rasm, d) va paralel xarakatlanuvchi (2.11- rasm, e) bo’ladi. Mukim kabel kranlarning ikkala minorasi xam xarakatlanmaydi. Ularning yuk ko’tarishi 1 tonnadan 13,5 tonnagacha, prolyoti esa 100 metrdan 1800 metrgacha bo’lib ochik maydonda to’g’ri chizik bo’yicha xizmat ko’satadi. Paralel xarakatlanuvchi kabel kranlarning ikkala minorasi xam maxsus keng izli aravachalarda rels yo’llar ustida xarkatlanadi. Ularning yuk ko’tarishi 3 tonnadan 20 tonnagacha, prolyoti esa 150 metrdan 700 metrgacha bo’lib, to’g’ri to’rtburchakli ochik maydonga xizmat ko’rsatadi.
Radial kabel kranlarning bir minorasi xarakatlanmaydi, ikkinchisi esa aylananing yoyi bo’yicha xarakat kiladi. Ularning yuk ko’tarishi 3 tonnadan 30 tonnagacha, prolyoti esa 150 metrdan 800 metrgacha bo’lib, ochik maydonning sektor xadida xizmat ko’rsatadi.
Kabel kranlarning yuk ko’tarish tezligi 0,5-2 m/s, yuk ko’tarish aravachasining tezligi 0,75-4 m/s, minoraning xarakatlanish tezligi esa 0,1--0,5 m/s.
28-Kabelli kran
|
| |