• 11-mavzu. Har xil yuklarni tashishda ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Reja
  • Konveyerlarning tuzilishi va ularning vazifasi
  • Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar




    Download 4,83 Mb.
    bet26/41
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,83 Mb.
    #149820
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
    Bog'liq
    ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)

    Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar


    1. Kranlarning tuzilishi

    2. Ko’prikli kranlarning tuzilishi

    3. Greyferli ko’prikli kranlar

    4. Magnitli ko’prikli kranlar

    5. Karnirli kranlarning tuzilishi

    6. Aylanuvchi strelalar

    7. Yuk ko’tarish arqonlari

    8. Kranlarning unumdorligini aniqlash

    9. Kranlarning ekspluatatsion unumdorligi

    10. 11-mavzu. Har xil yuklarni tashishda ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish.



    Reja:

    1. Konveyerlarning tuzilishi va ularning vazifasi

    2. Konveyerlarning unumdorligini xisoblash nazariyasi

    3. Konveyer dvigatellarining quvvatini aniqlash




    1. Konveyerlarning tuzilishi va ularning vazifasi

    Тo’kiluvchan-sochiluvchan va yengil donali yuklami uzluksiz yoki deyarli (kariyb) uzluksiz okimda eltib beruvchi mashinalar konveyerlar deb ataladi. Konveyerlar tasmali, arkon-tasmali, zanjirli, plastinkali, kirg’ichli (skrebkovыe), vintli, inersiyali, vibratsion va gravatatsion turlarga bo’linadi.
    Тasmali konveyerlar yuqori unumdorligi, konstruksiyasining soddaligi, energiya sarfning kamligi va yuklami ancha olis masofalarga eltib berish imkoniyati mavjudligi bois keng tarkalgan mashinalardan xisoblanadi. Konstuksiyasining tuzilishiga muvofik tasmali konveyerlar muxim xarakatlanadigan va ko’chma turlarga bo’linadilar. Ko’p holatlarda tasmali konveyerlar yuklarni kazib olish joylaridan iste’mol joylariga eltib berishda 150-200 km masofalargacha eng samarali bo’lishi mumkin. Тasmali konveyerning aloxida zvenolarining uzunligi 4 km gacha bo’lib, unumdorligi 20000 t/soat gacha bo’lishi mumkin.
    Тasmali mukim konveyer (3.1-rasm) rama (11) ga o’rnatilgan cheksiz egiluvchan tasma (3) dan, yurituvchi baraban (5) dan, yo’naltiruvchi baraban (10) dan, aravachali taranglovchi baraban (1) dan, tayanch g’altak (rolik) lari (4) dan va yuklash moslamasi (2) dan iborat. Konveyerni yurituvchi mexanizmi dvigatel (9) dan, reduktor (7) dan, yurituvchi baraban (5) dan, dvigatel valini reduktor vali bilan birlashtiruvchi mufta (8) dan va reduktor valini baraban vali bilan birlashtiruvchi mufta (6) dan iborat. Kiya joylashgan konveyerlarning yurituvchi mexa­nizmi tormozlash (to’xtatish) moslamasi bilan jixozlanadi, aks xolda konveyer to’xtaganida yukni og’irlik kuchi tasmani orqaga xarakatlantirib yuborishi mumkin.
    Тaranglovchi baraban yonida, konveyer ramasiga o’rnatilgan yuklash moslamasi orqali yuk tasmaga kelib tushadi. Yuklash moslamasining yuk chikaruvchi tuynugining eni tasma enini 0,6 kismiga teng kilib yasaladi. Yuklash moslamasidan chikib, tasmaga kelib tushgan yuk esa tasma enining 0,8 kismini egallaydi. Yuk konveyerdan yurituvchi baraban orqali pastga to’kiladi yoki maxsus tushiruvchi (12) moslama yorda­mida konveyerning istalgan nuktasidan yukni tushirib olish mumkin. Maxsus tushiruvchi moslama konveyer ramasida xarakatlanuvchi aravachaga o’rnatilgan ikkita yo’naltiruvchi barabandan iborat bo’iib, ularda tasma o’z xarakat yo’nalishini o’zgartiradi va okibatda yuk inersiya kuchi ta’sirida chetlashtirib olib ketuvchi kuvur yo’li orqali pastga to’kiladi. Yukni kalkon (shit) (13, 14) lar yordamida xam tasmaning bir yoki ikki tomoniga tushirib olish mumkin. Yuk tushirgich kalkon konveyerning bo’ylama o’qiga nisbatan 30-40 burchak ostida o’rnatiladi va unga etib kelgan yuk donachalari kalkon bo’ylab xarakat kiladi va pastga to’kiladi.
    Хarakatlanadigan tasmali konveyerlar yengil konstruksiyali ramadan iborat bo’lib g’ildiraklarga o’rnatiladi va yukni ko’tarish balandligini o’zgartiradigan asbob-uskuna bilan jixozlanadi. Bu konveyerlarni uzunligi 5, 10, 15 va 20 mm, eni 400 va 500 mm; tekis va novsimon tasmali, g’ildiraklari yaxlit va pnevmashinali bo’ladi.
    Konveyer tasmasi xam ishchi va xam tortuvchi organ bo’lib xizmat kiladi. Тasma konveyerning eng kimmatbaxo elementi (tarkibiy kismi) xisoblanib, taxminan uning 50 % gacha baxosini tashkil etadi. Konveyerni ishlash puxtaligi tasmani to’g’ri tanlab olishga, uni konveyer ramasiga okilona o’rnatishga va ekspluatatsiya kilishga bog’lik bo’ladi. Masalan, tasmani xaddan tashkari tarang tortib ko’yish, uni zo’rikib tez uzilib ketishiga sabab bo’lsa, tasmani bo’sh ko’yish esa uni tezda yeyilib ishdan chikishiga olib keladi. Konveyer tasmasi lozim darajada bo’ylanma mustaxkamlikka ega bo’lishi kerak, chunki u xam ishchi va xam tortuvchi organ bo’lib xizmat kiladi. Bundan tashkari tasma yeyilishga va katlamlarga ajralib ketishga lozim darajada qarshilik ko’rsatishi, kamrok elastiklik va koldikli cho’zilishga xamda barabanlardan va tayanch g’altaklaridan o’tishda egiluvchanlikka ega bo’lishi, namlik ta’siriga bardoshli, ba’zi bir zaruriyatli xollarda sovukka chidamli xamda benzin va yog’larga chidamli bo’lishi kerak.



    36-rasm. Тasmali mukim konveyer chizmasi:
    a-umumiy chizmasi va aloxida elementlari: 1-yukli taranglovchi baraban; 2-yuklash moslamasi; 3-cheksiz egiluvchan tasma; 4-tayanch g’altak (rolik) lari; 5- yurituvchi baraban; 6- va 8-muftalar; 7-reduktor; 9-dvigatel; 10-yo’naltiruvchi baraban; 11-rama; 12-maxsus yuk tushirgich; 13- va 14-yuk tushirgich kalkonlar. b-konveerdan yukni to’kilib tushish chizmasi; d-yukni to’kilib tushish traektoriyasini aniqlash chizmasi.

    Vintli (3.2-rasm, a) va yukli (3.2-rasm, b) taranglovchi moslamalar yurituvchi baraban bilan tasmani kerakli ilashish ta’minlash va tasmani tayanch g’altaklari o’rtasida osilib kolishini cheklash xamda ekspluatatsiya jarayonida tasma cho’zilishini kompensatsiya kilish uchun ko’llaniladi.


    Vintli taranglovchi moslama taranglovchi vint yordamida ramada xarakat kiluvchi sirg’algich (polzun) (4) li taranglovchi baraban (2) dan va taranglovchi rama (3) dan iborat. Vintli taranglovchi moslama tasmada amalida kerakli taranglikni xosil kilsada, lekin ekspluatatsiya jarayonida tasmani cho’zilishi bois bu taranglik kamayib ketadi. Bu vintli moslamada tasmani tarang kilish uchun darkor bo’lgan dastlabki zo’rayish, konveyerni ishga tushirish uchun kerak bo’lgan taranglikdan ancha katta bo’lib tasmani doimiy tarang tortib turadi. Shuning uchun vintli taranglovchi moslama asosan, zo’rayish kiymati kamrok bo’lgan konveyerlarda ishlatiladi.
    Yukli taranglovchi moslamalarda (3.2-rasm, b) tarang­lovchi barabanli aravacha xarakatlanishi va buning okibatida tasmani taranglash, aravachaga va konveyer ramasiga o’rnatilgan bloklar orqali aylanib o’tuvchi arkonga osib ko’yilgan yuk yordamida, amalga oshiriladi. Тaranglovchi aravachani yurish masofasi rezina matoli tasmalar uchun konveyerning 1- 3 % uzunligiga (lekin 400 mm kam emas) va rezina trosli tasmalar uchun esa konveyerning 0,3-0,5 % uzunligiga teng kilib kabul kilinadi.
    Vintli taranglovchi moslamalar xarakatlanadigan, ko’chma xamda uzunligi 30-50 m bo’lgan mukim konveyerlarda ko’llaniladi va vaqti-vaqti bilan tasmaning taranglik holati kuzatib turiladi xamda zarur holatlarda tasmani tortib taranglab ko’yish lozim bo’ladi. Yukli taranglovchi moslamalar uzunligi xaddan ziyod katta bo’lgan mukim konveyerlarda ko’llaniladi va ularda tasma taranglik holatini kuzatib turishga xamda uni vaqti-vaqti bilan tortib taranglab ko’yishga xojat kolmaydi, bu ishlarni arkonga osib ko’yilgan yuk avtomatik tartibda va doimiy ta’minlab turadi.
    Yurituvchi va taranglovchi barabanlar o’rtasidagi muayyan masofalarda, ramaga tayanch g’altaklari o’rnatiladi. Bu g’altaklar tasmani konveyerning ishchi tarmog’ida yukning va salt (xolostoy) tarmog’ida o’zining og’irligi ta’sirida osilib kolmasligini ta’minlash uchun ko’tarib turadi. Konveyerning ishchi tarmog’idagi tayanch (g’altak)larning (3.1-rasm, A-A kirkim) uzunliklari teng bo’lgan uch bo’lak g’altaklardan iborat va ular konveyer tasmasini nov shakliga keltirib ko’yadi, bu esa tasmaga ko’prok sochiluvchan-to’kiluvchan yuklami joylashtirish imkoniyatini yaratadi. Yonbosh tayanch g’altaklarning kiyalik burchagi 20-30 ni tashkil etadi. Konveyerning salt tarmog’idagi tasmani ko’tarib turuvchi tayanch g’altaklari to’g’ri tekis bo’ladi. Тayanch g’altaklarining tashki diametri 63; 89; 108; 133; 159; va 194 mm, uzunligi esa 160; 200; 250; 315; 380; 465; 500; 600-^2200 mm li o’lchamlarda ishlab chikariladi.




    37-rasm.Тaranglovchi moslamalar chizmasi:


    a-vintli; 1-baraban vali; 2-taranglovchi baraban; 3-taranglovchi rama; 4- sirg’algich (polzun);
    b-taranglovchi barabanning yo’li; b-yukli.
    Zanjirli plastinkali konveyerlar (3.3-rasm) idishli va donali yuklami, xamda yirik bo’lakli yuklarni eltib berish uchun ko’llaniladi. Zanjirli plastinkali konveyerlarda zanjir (3) tortuvchi organ bo’lib, plastinka (2) esa ishchi organ bo’lib xizmat kiladi. Zanjir zvenolari bir-birlariga vtulka g’altakli g’ildirakchalar yordamida biriktirilgan va bu g’altakli g’ildirakchalar yo’naltiruvchi iz (4)larda xarakat kiladi. Zanjir yurituvchi yulduzcha (1) va taranglovchi yulduzcha (6)ni o’rab o’tgan. Zanjirli plastinkali konveyerlarda bir juft yurituvchi yulduzcha valga o’rnatilgan bo’lib, muftalar va reduktor orqali elektr dvigateldan xarakatga keladi. Zanjirli konveyerlarda asosan vintli taranglovchi moslamalar ko’llaniladi va bu taranglovchi moslamalarni yurish (siljish) masofasi 1,6 dan (2) zanjir zvenosiga teng bo’ladi. Zanjir zvenolari taranglovchi moslamaning yurish masofasiga karaganda xam ko’prok cho’zilib ketsa, zanjirning bir zvenosi olib tashlanadi. Zanjirli plas­tinkali konveyerlarda yukni eltish tezligi 0,6-1 m/s tashkil etadi.
    Zanjirli konveyerlarning plastinkasi tekis va nov shaklida bo’ladi. Тekis plastinkali konveyerlar massasi 150 kg gacha bo’lgan idishli va donali yuklami eltib berish uchun ko’llanilsa, plastinkasi nov shaklidagi konveyerlar to’kiluvchan va yirik bo’lakli yuklarni eltishda ko’llaniladi. Zanjirli plastinkali konveyerlarda og’ir zanjir-plastinkali tortuvchi-ishchi organ va yuk massasi xarakatda bo’lganligi bois bu konveyerlarda enersiya sarfi tasmali konveyerlarga nisbatan ancha ko’prok bo’ladi.



    Download 4,83 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




    Download 4,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar

    Download 4,83 Mb.