3.3. Uzluksiz xarakatlanuvchi mexaniq yuklagichlar va tushirgichlar
3.3.1. Uzluksiz xarakatlanuvchi mexaniq yuklagichlar
Dizel, karbyurator yoki elektr dvigatelli, ishchi organlari uzluksiz xarakatlanuvchi mexaniq yuklagichlar va tushirgichlar, asosan, g’ildiraklarda yoki o’rmalovchi zanjirlarda o’zi yuradigan mashinalar ko’rinishida ishlab chikariladi. O’zi yuradigan arava ramasiga uzluksiz xarakatlanuvchi ishchi organlar-vintli, tasmali, kirg’ichli yoki boshka turdagi konveyerlar va kovshli elevatorlar muayyan ketma-ketlikda montaj kilinadi (yig’iladi). Bu ishchi organlar uyumdan sochiluvchan-to’kiluvchan yukni botirib olib yoki sudrab kiska masofalarga uzluksiz okimda eltib beradi. Vintli va kirg’ichli konveyerlar mashinani yuk bilan uzluksiz ta’minlab turadi, elevator va konveyer esa yukni ma’lum bir balandlikka ko’tarib va kiska masofaga eltib beradi. Ishchi organlari uzluksiz xarakatlanuvchi mexaniq yuklagichlar, asosan, shag’al, mayda tosh, kum, ko’mir, ma’dan va shu kabi yuklami xarakatdagi sostavlarga ortish ishlarida foydalaniladi.
Vintli ta’minlagichli elevator-konveyerli yuklagich (3.13-rasm,a) pnevmog’ildirakda o’zi yuradigan maxsus aravadan, ta’minlagich (3) dan, kovshli elevator (2) dan va tasmali konveyer (1) dan iborat. Bu yuklagichda ta’minlagich sifatida ikkita shnek (vintli konveyer) dan foydalanilgan bo’lib, ular kovshli elevatorning ikki taraflda, uning ostki valiga o’rnatilgan. Yuklagich oldinga asta xarakatlanib, aylanib turgan shnekli ta’minlagichni yuk uyumiga itarib kiritadi va shnekli ta’minlagich kovshli elevator xuzuriga yukni uzluksiz yig’ishtirib to’plab turadi. Elevatorning kovshlari esa to’plangan yukni uzluksiz ketma-ket botirib olib yuqoriga - tasmali konveyerga eltib tashlaydi va nixoyat tasmali konveyer yukni uzluksiz okimda xarakatdagi sostav kuzoviga ortadi. Тasmali konveyer gidravlik silindr yordamida gorizontal tekislikda 140° burchakka burilishi mumkin. Yukni tushirish balandligini o’zgartirish uchun esa chig’ir (lebedka)dan foydalaniladi. Vintli ta’minlagich, elevator, konveyer, dvigatel, boshkarish kabinasi va yuklagichni boshka asbob-uskunalari o’zi yuradigan pnevmog’ildirakli aravaga montaj kilingan (yig’ilgan). Yuklagichning unumdorligi 150 m3/soat gacha bo’lib, ishchi tezligi 4 m/dak dan 16 m/dak gacha, transport tezligi esa 20 km/soat quvvati 37 kVi, massasi 7 t.
Vintli ta’minlagichli elevator-konveyerli yuklagichlar amaliyotda ancha keng tarkalgan. Lekin bu mashinalar zichlashib kotib koladigan va og’ir bo’lakli yuklar bilan kiynalibrok ishlaydi. Abraziv yuklar bilan ishlaganida esa yig’ishtiruvchi vintlari, kovshlari va tortuvchi zanjirlari tez yeyilib ketadi. Mashina anchagina og’ir va uni yasashga ko’p metall sarflanadi (MaТajuioyeMKaa). Ortish va ombor ishlarida Т- 161A, D-460, D-371 rusumli o’rmalovchi (zanjirli) va D-548, D-565, D-452, Т-166A rusumli pnevmog’ildirakli yuklagichlardan foydalaniladi. Vintli ta’minlagichli elevator-konveyerli yuklagichlarni unumdorligi kovshli elevatorning unumdorligi bilan chegaralanadi va uni (3.23) formula bo’yicha aniqlanishi mumkin. Ammo vintli ta’minlagichni unumdorligi Qv kovshli elevatorni unumdorligi Qe dan kam bo’lmasligi kerak ya’ni Qv > Qe, aks xolda vintli ta’minlagich o’z vaqtida kovshli elevatorni yuk bilan lozim darajada ta’minlay olmaydi. Тasmali konveyerning unumdorligi Qt xam kovshli elevatorning unumdorligi Qe dan kam bo’lmasligi lozim, ya’ni Qt > Qe, aks xolda kovshli elevator yetkazib bergan yuk okimini tasmali konveyer o’z vaqtida tashib keta olmaydi va yuk to’kilib-sochilib, isrof bo’lib, yuklagichni asbob-uskunalarini ifloslantirib, ulami ishdan chikarishini tezlashtirishi mumkin.
Ko’mir, boksit, ma’dan va kurilish materiallarini ochik xarakatdagi sostavlarga ortishda pnevmog’ildiraklarda yoki o’rmalovchi zanjirlarda yuradigan rotor-kovshli yuklagichlardan foydalaniladi (3.13-rasm, b). Rotor-kovshli g’ildirak 3 da 6 tadan 12 tagacha kovsh bo’lib, ular yordamida yuklagich katta balandlikdagi uyumdan yukni botirib olib, uni kabul kiluvchi tasmali konveyer 2 ga, u esa yukni o’z navbatida yuklovchi tasmali konveyer 1 ga eltib tashlaydi. Yuklovchi tasmali konveyer esa yukni ochik xarakatdagi sostav kuzoviga ortadi. Bunday yuklagichlarning unumdorligi 200 dan 1000 m3/soat gacha bo’lib, anchagina kimmat baxo mashinalar xisoblanadi. Ammo katta xajmdagi yuk aylanmasida boshka turdagi davriy xarakatlanuvchi mashinalarga karaganda iktisodiy samarali bo’ladilar. Bu mashinalarning texnik unumdorligi rotor-kovshli g’ildirak unumdorligi bilan chegaralanib, kuyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(3.30)
bu yerda: - kovsh sig’imi, m3;
- rotorning aylanish chastotasi, ayl/dak;
- rotordagi kovshlar soni;
- yukning xajmiy massasi, t/m3;
- kovshni yuk bilan to’lishini inobatga oluvchi koeffitsiyent.
46-rasm. Uzluksiz harakatlanuvchi mexanik yuklagichlar:
a-vintli ta’minlagichli elevator-konveyerli yuklagich: 1-tasmali konveyer; 2-zanjirli kovshli elevator; 3-vintli ta’minlagich. b-rotor kovshli yuklagich: 1 -yuklovchi konveyer; 2-kabul kiluvchi tasmali konveyer; 3-rotor kovshli g’ildirak. d-kirg’ichli konveyer ta’minlagichli yuklagich: 1-yuklovchi tasmali konveyer; 2-ko’taruvchi strela; 3-kirg’ichli konveyer.
Kabul kiluvchi konveyerning unumdorligi Qqq va yuklovchi tasmali konveyerning unumdorligi Qyu rotor-kovshli g’ildirak unumdorligi Qr dan kam bo’lmasligi kerak, ya’ni Qyu > Qqq > Qr, aks xolda mashinaning uzluksiz ishlashi ta’minlanmaydi, ya’ni rotor-kovshli g’ildirak uzatgan yukni kabul kiluvchi va yuklovchi tasmali konveyer o’z vaqtida tashib keta olmaydi.
Don-dun yuklarni ortish uchun kirg’ichli konveyer ta’minlagichli yuklagichlar (3.13-rasm, d) keng ko’llaniladi. Тa’minlagich-kirg’ichli konveyer (3) ko’taruvchi strela (2) ga montaj kilingan. Ish paytida ko’taruvchi strela yuk uyumi ustiga tashlanadi (yotkaziladi) va konveyer tasmasiga maxkamlangan kirg’ichlar yukni sudrab, yuklovchi tasmali konveyer (1) ga eltib beradi. Mashina bir joydan ko’zg’almasdan kirg’ichli konveyer (ta’minlagich) yordamida anchagina mikdordagi yukni uyumdan olishi mumkin. Mashina 100 t/soat va undan xam yuqori unumdorlikda ishlashi mumkin, yetarli darajada puxta, foydalanishda sodda, kam massaga ega va kimmatbaxo emas.
|