Bunker jixozlari va boshkarishni avtomatizatsiyalash




Download 4,83 Mb.
bet37/41
Sana01.02.2024
Hajmi4,83 Mb.
#149820
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
ortish yushirish ma`ruzalar matni lotin oxirgi (2)

Bunker jixozlari va boshkarishni avtomatizatsiyalash. Bunkerlarning to’lish va bo’shash sharoiti uning ishi barkarorligiga, uzluksizligiga va puxtaliligiga katta ta’sir kiladi. Bunkerlardan sochiluvchan yuklarni okib tushishida ba’zida zichlashib gumbaz xosil boiish xollari sodir bo’lib turadi, bu esa o’z navbatida, bunkerdan yuklarni mo’tadil okib tushishining buzilishiga sabab boiadi. Bunker konstruksiyasini va yuk chikaruvchi voronkani xosil kiluvchi kiyalik burchagini to’g’ri tanlab olish, yuklarni yaxshi sochiluvchan holatini ta’minlab turuvchi ko’zg’atgichlarni ko’llash xamda munosib barkarorlashtirgich (stabilizator), tamba (zatvor) va ta’minlagichlardan foydalanish yuklarni zichlashib gumbaz xosil bo’lishni bartaraf etadi.

Bunker ichiga, chikaruvchi tuynikdan muayyan balandlikda o’rnatilgan barkarorlashtirgichga yukning yuqori katlamlarining bosimi tushadi va u bunker tubida doimiy, uncha katta bo’lmagan bosimni xosil etib turadi, natijada yukning ostki katlamlari zichlashib kolmaydi, binobarin zichlashib gumbaz xosil bo’lish sodir bo’lmaydi. Eng oddiy barkarorlashtirgichlar tekis plastinka yoki ikki nishablik sayvoncha (4.3- rasm, a) bo’lib, ular chikaruvchi tuynikning yuqorisiga o’rnatiladi va yukning yuqori katlamlari bosimini kabul kiladi.
Ko’zg’atgichlar bunker ichidagi yuklarni gumbazlanishini oldini oladi yoki xosil bo’lgan gumbazni bartaraf etadi. Ko’zg’atgichlar sifatida turli vibrator (titratgich)lar, tebran­ma panjara va rezinali karmonlardan (aeratsiyali ko’zg’atgichlar).




4.3-rasm. Bunker jixozlari:


a-ikki nishablik sayvoncha; b-koplama titratgich: 1-titratma plita; 2-,3- va 4- titratgichni bunkerga maxkamlash moslamalari; 5-titratgich; 6-sayvoncha. d-titatgich xalka; e-aeratsiyali ko’zg’atgich; f-tebranma panjara..

Amaliyotda titratuvchi va aeratsiyali ko’zg’atgichlar yuk­larni bunkerdan okizib tushirishda kengrok tarkalgan. Тitra­tuvchi ko’zg’atgichlar ta’sirida yuklarni fizika-mexaniq xususiyati keskin o’zgaradi va xosil boigan gumbaz buzilib, yuk xarakatga keladi. Тitrashda ichki ishkalanish koeffitsiyenti va yuk xarakatlanuvchi sirtdagi ishkalanish keskin kamayib ketadi. Bunkerlarda ko’zg’atgich sifatida elektromexaniq va elektr magnitli titratgichlar ko’llaniladi. Sochiluvchan yuklarning gumbazini buzish uchun ikki va to’rt ekssentrik (markazi siljigan) va xarakat yo’nalishi rostlanuvchi titratgichlar kengtarkalgan. Bu titratgichlar kuyidagi parametrlarga ega: tebranish chastotasi 2800; qo’zalayonlovchi kuchi 2400 dan 6200 N gacha; tok chastotasi 50 Gs; elektrodvigatel quvvati 0,4-4-0,9 kVt kuchlanishi 220/380 V.


Koplama titratgichlardan foydalanilganda bunker devorlarini va uning metall konstruksiyalarini zararli tebranma yuklamalardan ximoyalash uchun kayishkok (elastik) elementlar ko’llaniladi. Koplama titratgich (4.3-rasm, b) bunkerning tubidagi kiya devoriga kayishkok elementlar orqali maxkamlanadi. Тitratgich (5) ishga tushganida titratma plita (1) xarakatga kelib bunker tubida xosil bo’lgan gumbazni buzadi va yukni bir maromda okib tushishini ta’minlaydi. Тebranma plita va bunker devori orasiga mayda yuk donachalari tushib kolmasligi uchun uning ustiga yupka poiat tunikadan sayvon (6) o’rnatiladi. Bunker ichida, gumbaz xosil bo’lishi mumkin boigan zonada tebranma panjara (4.3-rasm, f) o’rnatish xam gumbazlanishning oldini olishda yoki uni barbod etishda ancha ko’l keladi. Ba’zida bunkerning ostki torayuvchi kismi aloxida xalka shaklida (4.3-rasm, d) yasalib asosiy bunker konstruksiyasiga kayishkok element yordamida osib ko’yiladi. Хalkaga esa titratgich o’rnatiladi va u ishlaganida bunkerdan yuk bir maromda okib tushishga erishiladi.
Changsimon, kukunsimon (sement, mineral o’g’itlar, kimyo va shunga o’xshash) yuklarni gumbazlanishining oldini olish uchun yoki gumbazni bartaraf etish uchun pnevmatik moslamalar-aeratsiyali (xavoli) ko’zg’atgichlardan keng foydalaniladi (4.3-rasm,). Aeratsiyali ko’zg’atgichlar yukni xavo bilan to’yinishiga asoslangan, bu esa o’z navbatida, yuklarni g’ovakliligini oshiradi, ichki ishkalanish koeffitsiyentini esa kamaytiradi va yuklarni sochiluvchanligi keskin oshirib gumbazlanish extimolini kamaytiradi. Aeratsiyali ko’zg’atgichlar (gumbaz yikituvchi) lar bilan bunker va siloslarning tublari jixozlanadi. Aeratsiyali ko’zg’atgichni ishlash prinsipi bunker tubidagi yukni rezina karmonlardan chikib kelayotgan xavo bilan to’yinishiga asoslangan.
Bunkerning chikaruvchi tuynugini berkitish va bunkerdan okib chikayotgan yukni tartibga solish (rostlash) uchun turli shakldagi tambalar va ta’minlagichlardan foydalaniladi. Klapanli (4.4-rasm, a) va novsimon (4.4-rasm M tambalar konstruksiyasi ancha sodda bo’lib, chikaruvchi tuynugi kichikrok, o’zi uncha katta bo’lmagan bunkerlarda ko’llaniladi. Klapanli tamba ochilganidan so’ng xamma yuk to’kilib bo’lmagunigacha tambani qayta berkitish imkoniyat bo’lmaydi. Novsimon tambalarda esa aksincha, yukni to’kilish jarayonida tambani qaytadan berkitish mumkin, ya’ni kerakli porsiyadagi yukni to’kib olib, bunker chikaruvchi tuynugini yana qaytadan berkitib ko’yiladi. Shiberli tamba (4.4-rasm, d, e) yassi plastinka shaklida yasalgan bo’lib bunker chikaruvchi tuynugining ostiga yoki yonbosh devordagi tuynikka o’rnatiladi. Shiberli tamba konstruksiyasi ancha ixcham, tambani istalgancha ochib va yana berkitish mumkin. Lekin tambani ochishda va berkitishda yassi plastinka xarakatlanuvchi arikcha (paza) larda anchagina qarshilik mavjudligi sababli, ular tuynugi uncha katta bo’lmagan va tambaga katta bosim tushmaydigan bunkerlarda ko’llaniladi. Sektorli tamba (4.4-rasm, f) yarim silindrli yuzaga ega bo’lib ochilganida va yopilganida gorizontal o’k atrofida aylanadi, bunda arikchalardagi kabi qarshilik mavjud emas, binobarin, sektorli tambani ochishda va berkitishda qarshilik shiberli tambadagiga karaganda ancha kam bo’ladi.
Тamba-ta’minlagichlar sifatida kiska tasmali, plastinkali, kirgichli, vintli va boshka turdagi konveyerlardan xamda aylanuvchi likopchasimon, barabansimon yoki parraksimon moslamalardan foydalaniladi. 4.4-rasm, g da titratma novli tamba ko’rsatilgan bo’lib, titratgich ishlaganida yuk novdan okib tushadi.
Bunkerlar satxini yuk bilan toiishini nazorat kilish uchun xamda yuklash va tushirish (to’kish) moslamalarini boshkarish va rostlash uchun membranali va diafragmali, elektr mexaniqali, fotoelektrli va radiatsiali datchiklar ko’llaniladi. Membranali va diafragmali datchiklar konstruksiyasi ancha sodda bo’lib, ularni bunker (silos) devorining ichki sirtiga montaj kilinadi (4.4-rasm, x).


a) b)


















50-rasm. Bunker jixozlari:


a-klapanli tamba; b-novsimon tamba; d va ye-shiberli tamba; f-sektorli tamba; j-titratma novli tamba; x-membranali datchik bilan jixozlangan bunker; i-membrana; i-radiatsion datchik bilan jixozlangan bunker; d-gamma nurlatgich; 2-gamma indikator; k-avtomatik yuklash moslamasi; l-bunker pattrubkasi; 2-titratma ta’minlagich; 3-qishda tasmali konveyer tarozi; 4-titratgich; 5-qayshqoq magnitli datchik; 6-tokni rostlovchi moslama.
Membrana (rezinali yoki metalli) yuk bosimi ta’sirida bukiladi va shtokni bosadi (4.4-rasm). Mo’tadil holatda shtokning prujinasi membranani bunker (silos) ichiga bosib (chikarib) turadi, yuk bosimi membranani ichkariga bosganida esa, shtok siljib kontakt bilan tutashib elektr zanjimi tutashtiradi va bunkerni boshkarish avtomatiga elektr signal yuboriladi.
Bunkerlar satxini yuk bilan to’lishini nazorat kilish va rostlash uchun radiatsion datchiklardan xam foydalaniladi (50- rasm, j). Gamma-nurlatgich (1) dan gamma indikator (2) ga aniq yo’naltirilgan tor gamma nurlari okimini o’tib borishiga datchik satxida xosil bo’lgan muayyan kalinlikdagi yuk to’sik bo’la oladi. Nurlanishni kabul kiluvchi (priyomnik): Geyger-Myuller xisoblagich (schetchik) dan, elektron kuchaytirgichdan, elektr magnit reledan va signal ko’rsatgichlardan iborat. Yo’naltirilgan gamma nurlari okimi zich yuk uyumini kesib o’tganida gamma nurlanish energiyasi o’zgaradi va uni indikatorga ta’siri kamayadi va shunga muvofik bunkerni boshkarish avtomatiga elektr signal yuboriladi.
Yuklashni nazorat kilishda konveyer tarozili, yukni avtomatik o’lchaydigan moslamalardan foydalaniladi. Muayyan mikdordagi yukni bunkerdan xarakatdagi sostavga o’tkazganidan (ortganidan) so’ng konveyer yoki ta’minlagich avtomatik yukni o’lchash moslamasining ko’rsatgichiga muvofik to’xtaydi. 4.4-rasm, k da avtomatik yuklovchi ta’minlagichni chizmasi ko’rsatilgan. Avtomatik yuklash moslamasi bunker patrubkasi (kiska kuvur) (1) dan, titratma ta’minlagich (2) dan, kiska tasmali tarozi konveyer (3) dan, kayishkok (elastik) magnitli datchik (5) dan iborat. Kiska tasmali konveyer torozining bir tarafi sharnir orqali ramaga maxkamlangan, ikkinchi tarafi esa kayishkok magnitli datchikka tayanib turadi. Yukni bunkerdan kiska tasmali konveyer toroziga uzatish elektr magnitli titratma ta’minlagich orqali amalga oshiriladi. Kayishkok magnitli datchik yuborgan elektr signallarni elektr tokini rostlovchi moslama (6) kabul kilib oladi va rostlovchi moslama qayta rostlangan elektr signallarni elektr magnitli tiratgich (4) ga elektr zanjiri orqali yuboradi. Elektr magnitli titratgich elektr tokini rostlovchi moslamadan kabul kilib olgan elektr signallarga muvofik ishga tushadi (yukni o’tkazadi) yoki ishdan to’xtaydi (yuk o’tkazishni to’xtatadi).



Download 4,83 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Download 4,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bunker jixozlari va boshkarishni avtomatizatsiyalash

Download 4,83 Mb.