• One Million Uzbek Coders (“Bir million o‘zbek dasturchi”)
  • 5-amaliy mashg’ulot Mavzu: “Bir million o‘zbek dasturchi” platformasi kurslarini taxlil qilish Ishdan maqsad




    Download 9.07 Mb.
    Sana23.03.2024
    Hajmi9.07 Mb.
    #175691
    Bog'liq
    5-amaliy tayyor
    9-sinf-Yosh-matematik-to-garak-34-soat, 2-amaliyot tayyor, 1-amaliyot tayyor, 9-2 iqts Shahzoda strategik iqt, 9-2 iqts Shahzoda innovatsion iqt, Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat (N.Azizxo\'jayeva)

    5-amaliy mashg’ulot
    Mavzu: “Bir million o‘zbek dasturchi” platformasi kurslarini taxlil qilish
    Ishdan maqsad. Talabalarga “Bir million o’zbek dasturchi” platformasi haqida ma’lumot berish.
    Tayanch so’z va iboralar. Uzbekcoders.uz, dasturchi, onlayn-portal, IT-park, Udacity.com, IT-akademiya, xalqaro ta’lim platformasi, sertifikat.


    Nazariy qism.
    One Million Uzbek Coders (“Bir million o‘zbek dasturchi”) — Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy maxsus onlayn-portal orqali IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha.
    Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA “Dubai Future Foundation” jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
    Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda “Udacity.com” xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.
    Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishlarni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack).
    Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA “Dubai Future Foundation” jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
    Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda “Udacity.com” xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushirildi.
    Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishlarni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack).

    Bir million o’zbek dasturchi loyihasi bo’yicha sertifikat olishda avvalo uzbekcoders.uz saytiga kiramiz.



    1-rasm. uzbekcoders.uz saytiga kirish jarayoni.
    So’ngra “Tizimga kirish” degan joyini bosasiz. Natijada quyidagi oyna chiqadi.

    2-rasm. uzbekcoders.uz tizimiga kirish jarayoni.

    Avvalroq siz ro’yxatdan o’tgan bo’lsangiz elektron pochtangizni so’ralgan joyga yozasiz, ro’yxatdan o’tayotganda qo’ygan parolingizni “Parol” degan joyiga yozasiz. Oxirida “TIZIMGA KIRISH” tugmasini bosasiz. Siz hech qanday muammosiz tizimga kira olsangiz “tizimga kirish muvaffaqiyatli yakunlandi” degan yozuv chiqadi.



    3-rasm. Tizimga muvaffaqiyatli kirish jarayoni.

    O’ng tomon tepada sizning familiya va ismingizning bosh harflari ko’rinadi. Uning ustiga bosganingizda sizga tegishli ma’lumotlarning bo’limlari chiqadi.





    4-rasm. Profil va faol kurslarning namoyon bo’lishi.

    Faol kurslar siz boshlagan kurslar hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida bir nechta kursni ketma-ket boshlashingiz mumkin. Faol kurslariz yakunlangan va sertifikat olingan yoki hali yakunlanmagan turlarga bo’linishi mumkin.


    Agar siz hali ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz quyidagi ishlar ketma-ketligini bajarishingiz kerak bo’ladi.

    5-rasm. Tizimga kirib ro’yxatdan o’tishni boshlash.

    Ro’yxatdan o’tish uchun sizni ma’lumotlaringiz va elektron pochtangiz kerak bo’ladi. Bu yerdan “Akaunt yo’qmi” degan tugmani bosasiz.





    6-rasm. Ro’yxatdan o’tishni boshlash.

    Pasportingiz yoki tug’ilganlik guvohnomangiz bormi. Qaysi biri sizda bo’lsa shuni belgilaysiz. Pasport bo’lsa “Pasport/ID-karta seriyasi va raqami” degan joyga pasportingizni seriya raqamini kirgizasiz. Masalan, AA4536738. Tug’ilgan kuningizni belgilaysiz, ya’ni qaysi yil, oy, kunda tug’ilgansiz. “Faoliyat turi” degan joyiga ishlaydigan bo’lsangiz, ishga joylangan degan joyini belgilaysiz.



    7-rasm. Tug’ilgan kunni tanlash jarayoni



    8-rasm. Faoliyat turini tanlash jarayoni.

    Sizdan so’ralgan ushbu ma’lumotlarni to’ldirasiz. Keyingisi tugmasini bosasiz. Keyingi bosqichda esa qo’shimcha to’ldiriladigan ma’lumotlaringizni kiritasiz. Ma’lumotlarni kiritgach “Tasdiqlash” tugmasini bosasiz.



    9-rasm. Ma’lumotlarni to’ldirish.

    Ma’lumotlar to’ldirilib





    10-rasm. Ro’yxatdan o’tishni yakunlash.

    Elektron pochtangizni, telefon raqamingizni, so’ralgan joyga kiritasiz. Doimiy ravishda tizimga kira olishingiz uchun “Parol” degan joyiga parol qo’yasiz. “Parolni tasdiqlash” degan joyiga esa qo’ygan parolingizni qayta kiritasiz. So’ngra “TUGATISH” tugmasini bosasiz.


    Sizga quyidagi yozuv oynasi chiqadi.

    11-rasm. uzbekcoders.uz dan ro’yxatdan o’tishni yakunlash.

    Keyingi bosqichda siz elektron pochtangizga o’tasiz. Elektron pochtangizning kelgan xabarlar bo’limiga kirasiz. U yerga “no-reply” dan xabar kelgan bo’ladi. Kelgan xabarga kirasiz. Xabarda siz a’zo bo’lganligingizni ko’rsatadi. Xabarning pastki qismiga tushsangiz havola chiqadi. Havolani ustiga bosib kirasiz. Uzbekcodersga o’tasiz. So’ngra “Bajarildi” degan yozuv chiqishi kerak.





    12-rasm. Elektron pochta



    13-rasm. no-reply dan kelgan xabar.

    14-rasm. courser ga a’zo bo’lish.

    15-rasm. IT+Park va coursera birlashtirilgani.
    So’ngra esa courser.org ga kirib bu yerdan ham ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Yuqorida quyidagi belgi chiqishi kerak:

    16-rasm. IT Park belgisi.
    Buning uchun quyidagi tartibda ro’yxatdan o’tish amallarini bajariladi.



    17-rasm. coursera registratsiyadan o’tishni boshlash.



    18-rasm. elektron pochtani kirgizish.

    Elektron pochta va parolingizni kiritasiz. Davom etishni bosasiz.



    19-rasm. Akkauntni to’ldirish jarayoni.

    20-rasm. Registratsiyadan o’tishning yakunlanishi.

    Savol va topshiriqlar.


    1. “Bir million o’zbek dasturchi” platformasi haqida ma’lumot bering.
    2. “Bir million o’zbek dasturchi” platformasidan ro’yxatdan o’tish qanday bajariladi?
    3. uzbekcoders.uz ga kirish jarayonini tushuntirib bering.
    Download 9.07 Mb.




    Download 9.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-amaliy mashg’ulot Mavzu: “Bir million o‘zbek dasturchi” platformasi kurslarini taxlil qilish Ishdan maqsad

    Download 9.07 Mb.