• Mis plastinasi yordamida payvandlash
  • 5.2. Yengil avtomobil kuzovini payvandlash- yig‘ish texnologik jarayoni
  • D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    Flanesli detallarni biriktirish: 
    a – flaneslar tashqi 
    tomonda; b – flaneslar ichki tomonda
    Flanesli birikmalar yirik yig‘malarni biriktirish uchun keng 
    ko‘lamda ishlatiladi. Payvandlash uchun ko‘p nuqtali yoki osma 
    ko‘p nuqtali mashinalardan foydanalinadi. Flanesli birikmalarni 
    bir-biriga nisbatan to‘g‘ri joylashtirish uchun murakkab 
    bo‘lmagan moslamalar ishlatiladi.
    Flanesli birikmalarni ustma-ust yoki iz va dog‘ qoldirmasligi 
    uchun tashqi yuzasiga maxsus plastina o‘rnatiladi. 5.6-rasmda de- 
    talning tashqi yuzasiga qattiq mis qotishmasidan tayyorlangan plas- 
    tina ustidan nuqtali payvandlash ko‘rsatilgan.


    73
    5.6-rasm. 
    Mis plastinasi yordamida payvandlash
    Detalning tashqi yuzasida iz qoldirmaslik uchun katta yuzali 
    elektrodlardan foydalanish ham mumkin (5.7-rasm).
    5.7-rasm. 
    Katta yuzali elektrod yordamida payvandlash 
    sxemasi: 
    1 – yuqoridagi elektrod; 2 – payvandlanadigan 
    detallarning cheti; 3 – pastki elektrod
    Egri chiziq yuzali detallarni ustma-ust payvandlash qiyin va, 
    ko‘pincha, birikmada defektlar paydo bo‘ladi. Birikmada defektlar 
    paydo bo‘lmasligi uchun detallar ich tomonidan payvandlanadi.


    74
    5.2. Yengil avtomobil kuzovini payvandlash- 
    yig‘ish texnologik jarayoni
    Kuzov quyidagi asosiy yig‘ma birliklardan tashkil topadi:
    1) kuzov asosi (pol old va orqa panellar hamda osma kron- 
    shteynlari bilan birgalikda);
    2) kuzovning chap va o‘ng tomonlari orqa panellar bilan bir- 
    galikda;
    3) tom old va orqa oynalarning o‘yiqlari bilan;
    4) oldingi va orqa qanotlarning yig‘malari;
    5) old eshiklar (chap va o‘ng) yig‘malari;
    6) orqa eshiklar (chap va o‘ng) yig‘malari;
    7) kapotning yig‘masi;
    8) yuk bo‘linmasi qopqog‘ining yig‘masi.
    Kuzovni payvandlash-yig‘ishda asosan nuqtali payvandlash 
    ishlatiladi (ko‘p nuqtali, avtomatik robotlashtirilgan liniyalarda, 
    relyefli payvandlash presslarida, kontakt-chokli mashinalarda),
    ayrim hollarda uglerod gazi muhitida elekt gazli payvandlash usuli 
    ishlatiladi.
    Kichik klassdagi yengil avtomoli kuzovini payvandlash-
    yig‘ishda payvandlash nuqtalarining soni 7500–8000 ga yetadi
    shu jumladan: kuzovning chap va o‘ng yon tomonining har birida 
    350–400, tomi 220–250, chap va o‘ng old tomon eshiklar 110–
    125 (har biri uchun), kuzovning mayda detallari 4000–4100 
    nuqta bilan payvandlanadi.
    Payvandlash-yig‘ish texnologik jarayoni quyidagi ketma-
    ketlikda bajariladi (5.8-rasm):
    1) mayda detallarni va yig‘ma birliklarni nuqtali payvandlash 
    mashinalarida yig‘ish-payvandlash;
    2) o‘rta va yirik shtamplangan detallar chetlarini qirqish
    teshik ochish, egish va hokazo operatsiyalarni bajarish;
    3) o‘rta va yirik yig‘ma birliklarni ko‘p nuqtali statsionar 
    yoki osma mashinalarda payvandlash;
    4) yirik yig‘ma birliklarni avtomatik liniyada payvandlash 
    yig‘ish;


    75
    5) kuzovni yig‘ish liniyasida payvandlash-yig‘ish;
    6) kuzovni yakuniy payvandlash va butlashtirish.
    5.8-rasm. 

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab

    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish