69
Kontakt-chokli payvandlash birikma germetik bo‘lishini
ta’minlash uchun ishlatiladi, masalan,
qanot osti kuchaytirgichini
payvandlashda.
Hozirgi vaqtda kuzov, kabina va platformalarni
payvandlashda, asosan, avtomatik va yarim avtomatik
payvandlash usullari qo‘llanadi, gazli va qo‘l
bilan elektr yoyli
payvandlash usullari kamdan kam ishlatiladi.
Birikma turlari.
Birikmalar ochiq, yarim ochiq va yopiq
bo‘ladi. Ochiq birikmalarda (5.2-a rasm) elektrodlarni kontaktli
payvandlash nuqtasiga joylashtirish qulay bo‘ladi. Bu turdagi
birikmalarda payvandlash xohlagan
ketma-ketlikda bajarilishi
mumkin.
Yarim ochiq birikmalarda (5.2-b rasm) elektrodlarni erkin
joylashtirish imkoni, ko‘pincha, bo‘lmaydi
va elektrodlardan
biri og‘dirib o‘rnatiladi yoki maxsus elektrodalar va moslamalar
ishlatiladi.
Yopiq birikmalarda elektrodlarni birikma ichiga o‘rnatib
bo‘lmaydi, shuning uchun kontaktli payvandlash jarayoni murakkab
kechadi.
5.2-rasm.
Birikmalar turi:
a – ochiq;
b –
yarim ochiq; d – yopiq
70
Kalta yopiq birikmalarni payvandlash uchun
payvandlanadigan
birikmaning ichiga misdan tayyorlangan opravka o‘rnatiladi (5.3-
rasm). Ammo qisqichni o‘rnatish va sovishini kutish uchun ko‘p
vaqt va m
ehnat sarflanadi.
5.3-rasm.
Kalta chokli yopiq birikma:
1 – payvandlanadigan
detallar; 2 – mis vkladish
Bir nechta detaldan tashkil topgan yopiq birikma 5.4-rasmda
ko‘rsatilgan. Avval yuqoridagi korpus (2) qopqoq (1) bilan, so‘ng
pastki korpus (3) pastki qopqoq (4) bilan biriktiriladi.
Oxirida
yig‘maning pastki qismi yuqori qismi bilan flaneslari bo‘yicha
payvandlanadi.
5.4 a-rasm.