76
5 – yuk bo‘linmasining qopqog‘i va kapot; 6 – oldingi va orqa
qanotlar
5.3. Yuk avtomobilining kabina va platformasini
payvandlash-yig‘ish texnologik jarayoni
Yuk avtomobillarining kabinalari yuklama qabul qilmaydigan
konstruksiya bo‘lib, avtomobilning ramasiga o‘rnatiladi. Kabina
payvandlab, tagligi bilan birga yig‘ilgan karkasdan,
karkasga pay-
vandlangan tashqi panellardan, tom yig‘masidan va sharnirlar yor-
damida karkasga o‘rnatilgan eshiklardan tashkil topadi.
Kabinalarni yig‘ish-payvandlash texnologiyasini ommaviy ish-
lab chiqarish misolida ko‘rib chiqamiz. Avval statsionar
mashinalarda kabina mayda detallarining yig‘ish-payvandlash
ishlari
bajariladi, so‘ng ulardan maxsus konduktorlarga detallarni
joylashtirib va mahkamlab, yirikroq yig‘malar payvandlanadi.
Bunda osma yoki ko‘p nuqtali
payvandlash mashinalaridan
foydalaniladi. Keyingi operatsiyalarda, yig‘ma birliklardan
kabinaning karkasi payvandlab yig‘iladi
va yakunlovchi
operatsiyalarda, karkasga tashqi panellar payvandlab qo‘yiladi.
Zamonaviy avtomobil zavodlarida yirik yig‘ma birliklarni yi-
g‘ish uchun qator ko‘p nuqtali payvandlash mashinalaridan va
transportlovchi mexanizmlardan tashkil topgan
avtomatik pay-
vandlash liniyalaridan foydalaniladi.
Platforma detallari yupqa tunukali sovitilib yoki isitilib
juvalangan po‘latlardan tayyorlanadi. Tuzilishi bo‘yicha platforma
detallari sodda shaklda bo‘ladi va ularni yig‘ish-payvandlash qi-
yinchiliklar hosil qilmaydi. Platformalar yirik katta o‘lchamli
yig‘ma birliklardan payvandlab yig‘iladi va ular qatoriga taglik
yig‘masi, yon tomon, old va orqa bortlar yig‘malari,
turli kron-
shteynlar va kuchaytirgichlar kiradi.
Yig‘ma birliklarni payvandlash-yig‘ish (taglik yig‘masidan
tashqari) statsionar yoki osma payvandlash mashinalarida
bajariladi. Ayrim hollarda platforma detallari mustahkamligini
77
oshirish uchun elektr yoyli payvandlash ishlatiladi.
Bunda yarim
avtomatlar yordamida yig‘ma birliklar kalta, uzunligi 40–50
mm bo‘lgan choklar bilan bir-biriga payvandlanadi.