• Kuzov korpusining ajratiladigan birikmalarini mahkamlash detallari
  •  Avtobus kuzovlarini payvandlash-yig‘ish




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    5.4. Avtobus kuzovlarini payvandlash-yig‘ish
    Avtobus kuzovlari ko‘p sonli profilli detallardan payvandlab 
    yig‘ilgan metall karkaskdan tashkil topadi. Masalan, 11–12 m 
    uzunlikdagi shahar avtobusi karkasining tarkibiga 300 ga yaqin 
    ko‘ndalang balka, kuchaytirgich balkalari, ustun, lonjeron va 
    boshqa detallar kiradi. 2.10-rasmda Mersedes avtobusining 
    karkasi va tagligi ko‘rsatilgan. Payvandlash-yig‘ishda texnologik 
    qiyinchiliklar bo‘lmaydi va ular yig‘ish uchun statsionar 
    nuqtali payvandlash mashinalari yordamida yoki elektr gazli 
    payvandlash bilan bajariladi.
    Kuzovni umumiy payvandlash-yig‘ish operatsiyalari, 
    odatda statsionar konduktorlarda (ular stapel yoki stend deb 
    ataladi) bajariladi.
    Kabina va kuzov detallarini bir-biriga biriktirish uchun 
    boshqa usullardan ham foydalaniladi (5.9-rasm). Birikma turini 
    tanlash prinsipial masala bo‘lib, nafaqat kuzov komponovkasiga
    balki butun avtomobilga tegishli, bunda texnologik jihozlash va 
    yig‘ishdagi qiyinchiliklar hisobga olinadi.
    5.9-rasm. 
    Kuzov korpusining ajratiladigan birikmalarini 
    mahkamlash detallari: 
    a va b – gaykali bolt; d – rezbali 
    parchinmix


    78
    Yig‘ish-payvandlashdan tashqari kuzov korpusining 
    birikmalari ikki xil bo‘ladi: bo‘laklarga ajratiladigan va 
    ajratilmaydigan. Yuk ko‘taruvchi detallarni bo‘laklarga 
    ajraladigan qilib ulashda diametri M8 dan ortiq bo‘lgan 
    boltlar (M6 dan tashqari) va rezbali parchinmixlar ishlatiladi 
    (5.10-rasm).
    Bo‘laklarga ajralmaydigan birikmalar qizdirib yoki 
    qizdirmasdan bajariladi. Qizdirmasdan tayyorlanganda 
    esa parchinmix ishlatiladi: har xil kallakli va pastki qismi 
    yapaloqlanadigan, kovakli va quvursimon, o‘zakni sug‘urganda 
    deformatsiyalanadigan vint yordamida mahkamlanadi.
    5.10-rasm. 

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Avtobus kuzovlarini payvandlash-yig‘ish

    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish