97
7.4-rasm.
Lonjeronlarni egish uchun qayta sozlanadigan
shtampning sxemasi
7.4-rasmda lonjeronlarni qizdirilgan
holatda egish uchun qayta
sozlanadigan shtampning ko‘ndalang kesimi keltirilgan. Shtamp-
ning matritsasi tarkibiga pressning stoli (8)ga mahkamlangan ikkita
aylanuvchi blok (10) kiradi. Blok (10)lar orasidagi masofa qistirma
(9) yordamida rostlanadi. Puanson (1) tarkibiga tayanch (3) va ayla-
nuvchi kallak (4) kiradi. Puanson pressning yuqori plitasi (2)ga o‘r-
natilgan. Lonjeron xomakisi (6) shtamplash
zonasiga pnevmatik
itargich (11) yordamida uzatiladi. Xomaki shtampda to‘ri o‘rna-
tilishi uchun uzel (5) xizmat qiladi. Polzun (1) ning ishchi yurishida
xomakiga P simon shakl beriladi. Matritsadan lonjeronni ajratib
olish uchun itarib chiqaruvchi pnevmatik yuritmali itargich (7) va
ekstraktor (12) xizmat qiladi. Ushbu shtampda avvalgi lonjeronga
simmetrik bo‘lgan lonjeronni shtamplash uchun matritsa
bloklarini ag‘darib va 180° ga aylantirib o‘rnatiladi.
Qayta
98
sozlanadigan shtamplar, ko‘pincha, bir nechta seksiyadan tashkil
topadi. Shuning uchun turli uzunlikdagi shtamplarni yig‘ish
mumkin.
Shtamplangan lonjeronlar sovitiladi, so‘ng normallashtiriladi
va gidravlik presslarda tekislanadi.
Lonjeronlarga
mexanik ishlov berishda, unga o‘rnatiladigan
kronshteynlar o‘rni frezalanadi va ramani parchinmixlar bilan yi-
g‘ish uchun teshiklar ochiladi.
Lonjeronni frezalash maxsus bo‘ylama frezer stanoklarida
bajariladi. Ishlov berish uchun ishchi qismi 600 mm gacha bo‘lgan
frezalar ishlatiladi. Bu freza bilan bir vaqtda ikkita lonjeronga
ishlov berish mumkin.
Lonjeron uzun bo‘lganligi uchun uni bir nechta joydan gid-
ravlik qistirgichlar yordamida mahkamlab qo‘yiladi.
Freza qis-
qichga yaqinlashganda qisqich bo‘shatiladi va frezaga yo‘l
ochiladi.
Lonjeronning ayrim qismlari mustahkamligini oshirish uchun
unga plastinalar, bikrlik qovurg‘alari yoki alohida prokatdan ish-
langan elementlar payvandlanadi yoki parchinmixlar bilan o‘rna-
tiladi.
Ramaning ko‘ndalang o‘rnatiladigan elementlari –
poperechinalar, kronshteynlar va ramaning boshqa detallari listli
materildan yoki profilli prokatdan shtamplarda egish yo‘li bilan
tayyorlanadi, so‘ng payvandlash yoki parchinlash
usuli bilan
yig‘iladi.
Poperechinalar maxsus konduktorga yig‘iladi. Konduktor pope-
rechina detallarini to‘g‘ri holatda o‘rnatilishini va payvandlash vaq-
tida siljimasligini ta’minlaydi.
Avtomobil ramasi yuqori dinamik yuklanishlar ta’sirida ish-
laydi, shuning uchun rama parchinmixlar yordamida yig‘iladi. Pri-
tseplar ramasi, odatda, payvandlash yo‘li bilan yig‘iladi.
Ramani yig‘ish uchun lonjeronlar va poperechinalar yig‘ish
stendiga o‘rnatiladi. Stend lonjeronlarni, poperechinalarni va rama-
ning boshqa detallarini ma’lum bir holatga o‘rnatish (bazalash),
99
mahkamlash va parchinlash ishlarini bajarish imkoniyatini
beradi.
Parchinmixlar rama detallaridagi teshiklarga qo‘l bilan o‘rna-
tiladi. Diametri 14 mm dan katta bo‘lmagan parchinmixlar qizdir-
masdan parchinlanadi. Parchinmixlarni o‘rnatish
qadami parchin-
mix sterjenini 4–6 diametriga teng qilib olinadi.
Parchinmix sterjenining diametri 14 mm dan katta bo‘lsa, ular
qizdirilib o‘rnatiladi. Po‘latdan ishlangan parchinmixlar 1050–
1100°C da qizdiriladi. Parchinlash uchun osma gidravlik press-halqa
(iskana)lar ishlatiladi. 7.5-rasmda qo‘shaloq gidrosilindrli press-
halqa ko‘rsatilgan. Nasos stansiyasi yordamida gidrosilindrda 6
MPa bosim hosil qilish mumkin. Bu bosim parchinlash jarayonida
shtokda 280000 N ga teng kuch hosil qiladi. Bu kuch diametri 14
mm dan katta bo‘lmagan parchinmixlarni sovuq holatda parchinlash
uchun yetarli bo‘ladi.
7.5-rasm.