91
6.4. Kuzov o‘lchamlarini nazorat qilish
Vaqti-vaqti bilan seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda ku-
zovlarning geometrik o‘lchamlari nazorat qilib turuladi. Nazorat
ishlarini o‘tkazishdan maqsad, avtomatlashtirilgan
payvandlash us-
kunalarini sozlab turish va kerak bo‘lsa, boshqarish dasturuga
o‘zgartirishlar kiritish. Ko‘pincha, old va orqa oyna-eshiklarni
o‘rnatish joylarining o‘lchamlarini nazorat qilish maxsus shablonlar
yordamida bajariladi. Shablonlar chetida pnevoyuritmali (yoki
elektryuritmali) o‘lchov datchiklari o‘rnatilgan. O‘lchash jarayo-
nida shablon manipulyator yordamida bazaviy nuqtalar bo‘yicha
oynaning (eshikning) o‘rniga o‘rnatiladi, so‘ng
havo bosimi ostida
o‘lchash kallaklarining kontakt datchiklari o‘lchash o‘tkazish
yuzalariga tekkiziladi (6.12-rasm).
6.12-rasm.
Oyna va eshik o‘rinlarini avtomatlashtirilgan
jihozlar bilan nazorat qilish
92
Kontakt datchiklarning siljishi elektr
signallarni ishlab chiqa-
radi va signallar qayta ishlanib, mikroprotsessorga uzatiladi. Mikro-
protsessor xotirasiga kiritilgan o‘lchamlar bilan o‘lchash
signali
solishtiriladi va natija operatorning displeyiga uzatiladi. O‘lchash
ishlarini bitta operator bajaradi.
6.13-rasm.
Kuzovni uch ustunli o‘lchash mashinasida
nazorat qilish
Kuzovning boshqa o‘lchamlari uch ustunli o‘lchash mashi-
nasida amalga oshiriladi. 6.13-rasmda
Germaniyada ishlab
chiqarilgan “Opton” firmasining avtomatlashtirilgan o‘lchash
mashinasi keltirilgan. Payvandlab yig‘ilgan kuzov uch ustunli
mashinaning platformasiga o‘rnatiladi va o‘lchash kallaklari
yordamida kuzov 253 nuqtasining koordinatalari 15 daqiqa
davomida o‘lchanadi va kompyuterga uzatiladi. Ushbu mashina
kuzovlarining payvandlash-yig‘ish
sifatini davriy ravishda
nazorat qilib turish mashinalarni sozlash uchun amalga oshiriladi.