D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab




Download 11,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/49
Sana27.07.2024
Hajmi11,87 Mb.
#268799
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
588741de0bdbf

7-BOB. RAMALARNI ISHLAB CHIQARISH 
7.1. Ramalarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni
Ramalarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagilardan 
iborat: bo‘ylama lonjeronlarni va ko‘ndalang traverslarni tayyorlash 
va ularni yig‘ish. Lonjeronlar shakliga qarab egish shtamplarida 
shtamplash usuli bilan yoki prokatdan tayyorlanadi. Prokatdan 
to‘g‘ri, egilish joylari bo‘lmagan lonjeronlarni ishlab chiqarish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Prokatdan ishlangan balkalarning 
ko‘ndalang qirqimi shveller, to‘g‘ri burchak yoki payvandlash 
usuli bilan tayyorlangan to‘rtburchak (yopiq) bo‘lishi mumkin. 
Uzunligi bo‘yicha ko‘ndalang qirqimi o‘zgaruvchan bo‘lgan 
hamda bo‘ylama yo‘na lishda egilgan lonjeronlar katta 
quvvatli presslarda shtamplarda egish usuli bilan tayyorlanadi. 
Seriyali va ommviy ishlab chiqarishda lonjeronlarning 
xomakilari listli materiallardan gilotinali yoki diskli arralar 
yordamida qirqib olinadi. Qalin listlardan (10 mm dan qalin) 
xomakilar RDB lik gazqirqish mashinalarida, yoki lazerli 
mashinalarda qirqiladi. Arralash bilan olingan xomakilarning 
aniqligi 12–14 aniqlik kvalitetiga mos bo‘ladi, gaz- 
qirqish mashinalarida olingan xomakilar o‘lchamlari 0,5–1,0 mm 
ga berilgan o‘lchamdan farq qilishi mumkin.
Xomakilarni gilotina va diskli arrada qirqish sxemasi 7.1- 
rasmda keltirilgan.
Po‘lat listlardan xomakilarni termik qirqish usuli bilan tay- 
y orlash mumkin, ammo qaychi bilan qirqishga nisbatan bu usullar 
samaradorligi past bo‘ladi. Termik usullarning xomaki konturi 
egri chiziq bo‘lganda ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirgi


94
vaqtda plazmali yoy usuli bilan xomakilarni olish kichik seriyali 
ishlab chiqarishda keng qo‘llanmoqda. Bu usuldagi qirqish mashi- 
nalari raqamli dastur yordamida boshqariladi va aniq o‘lchamli 
xomakilarni tayyorlashga imkon tug‘diradi.
Qirqiladigan list (2) pastki (1) va yuqoridagi (4) pichoqlar o‘r- 
tasiga tayanch (5)ga taqab o‘rnatiladi va tayanch (3)lar yordamida 
mahkamlanadi. Yuqoridagi pichoq listni bosib uni qirqadi.
Diskli qaychi bilan 20–25 mm qalinlikdagi listlarni qirqish 
mumkin. Xomakini tayyorlashda bir juft qaychi ishlatiladi va 
ular bir-biriga nisbatan berilgan masofada o‘rnatiladi (7.1-b 
rasm).
Diskli qaychi bilan qirqib olingan xomakilar plastik defor- 
matsiyalanadi va deformatsiyalarni bartaraf etish uchun mexanik 
ishlovni talab qiladi.


95
7.1-rasm. 

Download 11,87 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Download 11,87 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab

Download 11,87 Mb.
Pdf ko'rish