• Isuzu avtobusi kuzovining ramaga yig‘ilgan karkasi
  • D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    Isuzu avtobusining ramasi


    102
    Kuzovni payvandlash sexida to‘rtta bo‘lim mavjud:
    – kichik detallardan uzellarni payvandlash bo‘limi;
    – ramani payvandlash-parchinmixlash-yig‘ish bo‘limi;
    – kuzov karkasini payvandlash bo‘limi;
    – kuzov karkasini panellar bilan qoplash bo‘limi.
    Kuzovning karkasi to‘rtburchak profilli prokatdan 
    payvandlash bilan yig‘iladi. Karkasning detallari prokatdan 
    kerakli o‘lchamlarda qirqish stanogida qirqiladi va kerakli 
    shakl hosil qilish uchun raqamli dasturlangan egish stanoklarida 
    egiladi.
    Karkasni payvandlash-yig‘ish jarayoni yig‘ma birliklarni 
    pay-vandlash-yig‘ishdan boshlanadi. Buning uchun maxsus 
    konduktorlarda himoya gazlari muhitida elektr yoyli 
    payvandlash usuli bilan karkasning poli, yondorlari, tomi, old 
    va orqa qismlari payvand lanadi. Payvandlangan yig‘ma birliklar 
    karkasning yig‘ish-payvand lash konveyiriga uzatiladi.
    Karkasni yig‘ish-payvandlash uchun konduktor vazifasini ba-
    jaruvchi aravacha xizmat qiladi. Birinchi operatsiyada aravachaga 
    kuzovning ramasi o‘rnatilib mahkamlanadi va uning ustiga polning 
    paneli joylashtiriladi. Ramaning lonjeronlariga mahkamlangan 
    kronshteynlarga pol paneli elektr yoy usuli bilan himoya gazlari 
    muhitida payvandlanadi. Ikkinchi operatsiyada karkasning 
    yondorlari maxsus tortqilar yordamida o‘rnatiladi va payvandlash 
    vaqtida siljib ketmaslik lari uchun mahkamlanadi, so‘ng payvand-
    lanadi.
    Keyingi operatsiyalarda karkasning tomi, so‘ng old va orqa 
    qismlari payvandlanadi.


    103
    7.7-rasm. 
    Isuzu avtobusi kuzovining ramaga
    yig‘ilgan karkasi
    Tayyor karkas transport aravachasiga o‘rnatilib bo‘yash 
    sexiga olib boriladi va u yerda fosfatlanib, tok uzatuvchi grunt 
    bilan qoplanadi. Ushbu operatsiyalardan so‘ng karkas texnologik 
    arava-chaga o‘rnatilib, payvandlash bo‘limiga tashqi va ichki 
    panellarni payvandlash uchun qaytariladi. Tashqi va ichki 
    panellarni payvandlash konveyerning (16) stansiyasida ketma-
    ket nuqtali va elektr yoyli usul bilan payvandlanadi. Karkasni 
    bir stansiyadan ikkinchisiga siljitish qo‘l kuchi bilan bajariladi.
    Tekshiruv-nazorat ishlari bajarilgandan so‘ng avtobusning 
    ku-zovi bo‘yash sexiga transportlanadi.


    104

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab

    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish