• 7.2. Avtobus va yuk avtomobillarining rama va kuzovlarini kichik seriyali ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Ramani parchinlash uchun press-halqa




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    Ramani parchinlash uchun press-halqa


    100
    Ramalarni yig‘ish stendi bir nechta press-halqalar bilan 
    jihozlanadi.
    Qizdirib parchinlash uchun parchinmix sterjenini 1 sm
    2
    yuzasiga 65–80 kN kuch qabul qilinadi.
    Rama yig‘ilgandan so‘ng uning o‘lchamlari, geometrik 
    shakli hamda ramaga o‘rnatiladigan agregatlarni mahkamlash 
    o‘rinlari nazorat qilinadi.
    7.2. Avtobus va yuk avtomobillarining rama va kuzovlarini 
    kichik seriyali ishlab chiqarish texnologiyasi
    Avtobus va yuk avtomobillarining rama va kuzovlarini kichik 
    seriyada ishlab chiqarish jarayonini Samarqand avtomobil zavodi 
    misolida ko‘rib chiqamiz. Zavod bir yilda 3700 dona kichik 
    sinfdagi avtobuslar va 1300 turli vaznli yuk ko‘taruvchi yuk avto- 
    mobillari va ixtisoslashtirilgan avtomobillar ishlab chiqaradi.
    Avtobus ramali, to‘rtburchakli profilli prokatdan, kuzovi pay-
    vandlash yo‘li bilan tayyorlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni to‘rtta 
    sexda bajariladi: po‘lat listlardan xomaki va detallarni tayyor- 
    lash, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish. Kuzov karkasini tashqari va 
    ichkaridan qoplash uchun 1,0–1,2 mm qalinlikdagi po‘lat listlar 
    ishlatiladi va zavodga rulon shaklida keltiriladi. Kuzov detallarini 
    tayyorlash sexida rulon yoyiladi, tekislanadi va kerakli o‘lcham- 
    larda qirqiladi. Kuzov va ramaning katta yuklama ta’sirida ishlov- 
    chi detallari 4,0–5,0 mm qalinlikdagi po‘lat listlardan 
    tayyorlanadi.
    Rulonlar kombinatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan usul bilan 
    boshqariladigan qurilmada yoyiladi, tekislanadi va kerakli o‘l- 
    chamlarda qirqiladi. Yuk avtomobilining kabina detallari zagotov- 
    kalari gilotina stanogida qirqiladi va shtamplash bo‘limiga uzatiladi. 
    Egri chiziq shaklidagi xomakilarni bichib olish, ularda turli 
    shakldagi teshiklar ochish ko‘p pozitsiyali RD bilan boshqarila- 


    101
    digan pressda amalga oshiriladi. Xomakilarni shtamplash to‘rtta 
    raqamli dastur bilan boshqariladigan pressda bajariladi. Qalin list- 
    lardan xomakilarni tayyorlashda plazmali qirqish stanogidan 
    foydalaniladi.
    Rama tayyor lonjeronlardan payvandlash va parchinlash usul- 
    lari bilan tayyorlanadi. Rama oltita stansiyali konveyerda yig‘iladi. 
    Birinchi stansiyada lonjeronlarga nuqtali payvandlash bilan 
    ramani kuchaytirish detallari payvandlanadi. Buning uchun 
    raqamli dastur yordamida boshqariladigan payvandlash 
    mashinasidan foydalani ladi.
    Ikkinchi stansiyada ramani kuchaytiruvchi elemenlarida 
    teshiklar ochiladi (keyingi operatsilarda parchinlash ishlarini 
    bajarish uchun). Uchinchi stansiyada elektr yoyli panvandlash 
    mashinasi yordamida ramaga kuzov karkasini mahkamlovchi 
    elementlar payvandlanadi. To‘rtinchi va beshinchi stansiyalarda 
    ramaning ko‘ndalang asosi, kronshteyn va boshqa detallari 
    parchinlash usuli bilan lonjeronlarga mahkamlanadi. Parchinlash 
    sovitilgan osma gidravlik parchinlash moslamasi yordamida 
    amalga oshiriladi (parchinlash moslamasi 32 t kuch hosil qiladi). 
    Oltinchi stansiyada ramada karkasni o‘rnatish uchun teshiklar 
    ochiladi va bo‘yash sexiga uzatiladi.
    7.6-rasm. 

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish