• © «IQTISOD-MOLIYA», 2012 © «IQTISOD-MOLIYA», 2016 © D.A. Xashimov, D.A. Axmedov, 2016
  • X-29 Avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab chiqarish texnologi yasi
  • UO‘K 629(331) KBK 39.33-04 3 KIRISH
  • D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
    O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    D.I. XASHIMOV, D.A. AXMEDOV
    AVTOMOBILNING RAMA VA
    KUZOVLARINI ISHLAB
    CHIQARISH
    TEXNOLOGIYASI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    2-nashr
    Toshkent
    «IQTISOD-MOLIYA»
    2016


    © «IQTISOD-MOLIYA», 2012
    © «IQTISOD-MOLIYA», 2016 
    © D.A. Xashimov,
    D.A. Axmedov, 2016
    ISBN 978-9943-13-373-0
    ISBN 978-9943-13-628-1
    UO‘K 629(331) 
    KBK 39.33-04 
    X-29
    Taqrizchilar: 
    t.f.n., dots. 
    E.P.Sharayev;
    t.f.n. 
    B.Turg‘unboyev
    D.I. Xashimov
    X-29 
    Avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab chiqarish 
    texnologi yasi:
    O‘quv qo‘llanma / D.A. Xashimov, D.A.Axmedov; O‘zR 
    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. O‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi 
    markazi. –T.: «Iqtisod-Moliya». 2016, - 108 b. 
    D.A.Axmedov
    Mazkur o‘quv qo‘llanmada avtomobil kuzovlari list materiallarini 
    sovitib shtamplash, rama va kuzovlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan 
    materiallar, stamplarning konstruksiyasi, payvandlash uslublari va avtomatik 
    liniyalarda yig‘ish-payvandlash, shuningdek, kuzovlarni ishlab chiqarishda 
    qo‘llaniladigan yengil qotishmalar va materiallar, kuzov o‘lchamlarini 
    yakuniy va birlamchi nazorat qilish uslublari va jihozlar to‘g‘risida 
    ma’lumotlar keltirilgan.
    Ushbu o‘quv qo‘llanma yer usti transport tizimlari yo‘nalishlari 
    bo‘yicha ta’lim olayotgan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun 
    mo‘ljallangan.
    UO‘K 629(331)
    KBK 39.33-04


    3
    KIRISH
    Respublikamizda avtomobilsozlik tarmog‘i yuksak sur’atlar 
    bilan rivojlanib kelmoqda. Qisqa vaqt ichida tarmoqda ko‘plab 
    qo‘shma korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda 40 qa yaqin 
    loyihalar asosida ehtiyot qismlar va boshqa materiallar ishlab 
    chiqaruvchi mahalliy kor xonalar ishga tushirildi. Hozirgi kunda 
    avtomobillarning elektronika asboblari, o‘rindiqlar, bamperlar, 
    uskunalar panellari, tovush so‘ndirgich lar, ichki bezak 
    detallari, yoqilg‘i baklari, avtomobil emallari va bo‘yoqlari ishlab 
    chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilda butlovchi qismlarning 
    lokalizatsiyasi 55 % dan ortdi.
    1999-yilda respublikada ikkinchi avtomobil zavodi ishga 
    tushirildi. Bu korxonada kichik sig‘imdagi avtobuslar, turli 
    vaznda yuk ko‘tarish qobilyatiga ega bo‘lgan yuk va maxsus 
    avtomobillar ishlab chiqaril moqda.
    Yengil avtomobil va avtobuslar kuzovini ishlab chiqarish 
    tannarxi jami avtomobilni ishlab chiqarishga sarflanadigan 
    xarajatlarning 38-52 foizini tashkil qiladi. Shuning uchun 
    yangi avtomobil deyilganda, birinchi navbatda yangi kuzov 
    tushuniladi. Yangi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda 
    kuzov ishlab chiqarish ishlari rejalashtiriladi.
    Yengil avtomobil va avtobus kuzovlari, yuk avtomobillarning 
    kabinalari, haydovchi va yo‘lovchilarni shamol, chang, qor-
    yomg‘ir, sovuqdan saqlaydi, shuning uchun ularga yuqori 
    talablar qo‘yiladi. Qanotlar, kapot, yuk bo‘linmasi qobig‘i, 
    bamperlar ham kuzov tarkibiga kiritiladi.
    Avtomobil komponovkasi, kuzovning shakli va 
    konstruksiyasi avtomobilning texnik xarakteristikalariga 


    4
    katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu jumladan, uning komfortabelligi, 
    xavfsizligi va chidamliligi (uzoq muddat ishlashi) yuqori 
    darajada ta’minlangan bo‘lishi lozim. Kuzovning ishdan 
    chiqishi, bu avtomobilni ishdan chiqishidir.
    Avtomobil va avtobus kuzovi, yuk avtomobilining kabinasi 
    chiroyli bo‘lishi, aerodinamik qarshiligi minimal bo‘lishi, 
    haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashi 
    kerak. Yengil avtomobil va avtobus kuzovi kichik bukrilikka 
    ega, katta o‘lchamli va murakkab shaklli detallardan yig‘iladi. 
    Kuzovni sifatli qilib ishlab chiqarish uchun bir qator tadbirlar 
    amalga osh iriladi: ishlab chiqarish tizimini tashkil qilish, 
    kuzovni loyihalash, shtamplar, yig‘ish-payvandlash va nazorat 
    jihozlarini tayyorlash shular jumlasidandir. Ushbu o‘quv 
    qo‘llanmada avtomobilning kuzov va ramalarini tayyorlash 
    texnologiyasining muhim bosqichlari keng yoritilgan. 
    Shuningdek, kuzovlarni tayyorlashda ishlatiladigan yengil 
    qotishmalar va materiallarning tasnifi hamda avtomatik qatorda 
    yig‘ish-payvandlash ishlari to‘g‘risida asosiy tushunchalar 
    berilgan. O‘quv qo‘llanma to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini 
    bildirgan kitobxonlarga mualliflar minnatdorchilik bildiradilar.


    5

    Download 11,87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D. I. Xashimov, D. A. Axmedov avtomobilning rama va kuzovlarini ishlab

    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish