89
6.9-rasm.
Yuk avtomobili kabinasini payvandlash-yig‘ish
liniyasining sxemasi:
1- ko‘p elektrodli payvandlash mashinasi;
2, 3, 4, 5 - yig‘ish stendlari; 6 - ko‘p
elektrodli payvandlash
mashinalari
Yuk avtomobilining kabinasini payvandlash-yig‘ish liniyaning
sxemasi 6.9-rasmda ko‘rsatilgan. Liniyaning boshida ikki na-
far operator kabinaning poli va old qismini ko‘p
elektrodli mashina
(1)ning bikr moslamasiga texnologik teshiklar bo‘yicha o‘rnatishadi
va pnevmatik qisqichlar yordamida detallar mahkamlanadi. Pay-
vandlash operatsiyasi bajarilgandan so‘ng qadamli konveyer yorda-
mida yig‘ilgan uzelni payvandlash-yig‘ish stendlari (2, 3, 4, va 5)ga
uzatadi. Ushbu stendlarda kabinaning yon,
orqa va tom qismlari-
ning karkaslari payvandlab yig‘iladi. Har bir pozitsiyada ko‘tarish
stollari yordamida uzel konveyerdan olinadi va texnologik teshiklar
yordamida kerakli holatga o‘rnatiladi va xomaki payvandlanadi.
6.10-rasm.
Kabinani ko‘p elektrodli mashinada yig‘ish-
payvandlash sxemasi:
1, 6, 8 - traversalar; 2
- sharnir; 3 - prujina; 4
- payvandlash pistoletlari; 5
- cheklagich; 7 - ko‘tarish mexanizmi
90
Liniyaning asosiy payvandlash bo‘linmasi (6)da to‘rtta avto-
matik payvandlash mashinasi o‘rnatilgan. Payvandlash bo‘linmasi
quyidagicha ishlaydi. Xomaki payvandlangan
kabina birinchi pay-
vandlash mashinasiga uzatiladi va ko‘tarish moslamasi (7) yorda-
mida ishchi holatga o‘rnatilib mahkamlanadi (6.10-rasm). Traversa
(1, 6, 8)larga sharnirlar (2) va prujinalar (3) yordamida payvandlash
pistoletlari (4) o‘rnatilgan. Pistoletlarning payvanlanadigan
nuqtalarga nisbatan to‘g‘ri joylashishi cheklagich (5) bilan
ta’minlanadi. Payvandlash operatsiyasi bajarilgandan so‘ng
kabina qadamli konveyer ustiga tushiriladi
va keyingi pozitsiyaga
siljitiladi.
Payvandlash pistoleti 6.11-rasmda ko‘rsatilgan. Pistolet korpusi
(2) o‘q (1) atrofida aylanishi mumkin. Pistoletni aniq o‘rnatish
uchun cheklovchi planka (4) xizmat qiladi. Buning uchun pistolet
planka (4) payvandlash gardishiga taqalguncha siljitib
o‘rnatiladi.
6.11-rasm.