• 5.5. Kabina va kuzovlarni stekloplastikdan tayyorlash texnologiyasi
  • Kuzov korpusining ajratilmydigan birikmalari




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    Kuzov korpusining ajratilmydigan birikmalari: 
    (qizdirmasdan tayyorlanadi): a – oddiy parchinmixli; b – IMEX 
    ichi g‘ovak parchinmixi (o‘zak tortib chiqarishidan oldin va 
    keyin); d – ROR quvursimon parchinmixli (deformatsiyadan 
    oldin); e – vint bilan deformatsiyalanadigan parchinmixli 
    (jarayonning 1–4 – operatsiyalari)


    79
    5.5. Kabina va kuzovlarni stekloplastikdan tayyorlash 
    texnologiyasi
    Stekloplastikdan ishlangan kabina va kuzovlar quyidagi tur- 
    larga ajratiladi: barcha detallari plastmassadan ishlangan; metall 
    karkasli yoki ayrim detallari metalldan ishlangan; metalldan ish- 
    langan va plastmassa detallar bilan qoplangan.
    Stekloplastiklarni, afzalligi barcha detallari plastmassadan ish- 
    langan kabina va kuzovlarda yaqqol ko‘rinadi. Bu kuzov va ka- 
    binalar yengil, issiq va sovuqni o‘tqazmaydigan bo‘ladi. Uch qat- 
    lamli panellardan ishlangan kuzovlar yuqori mustahkamlikka ega. 
    Bu konstruksiyalarda tashqi va ichki panellar stekloplastikdan 
    tayyorlanadi va orasidagi bo‘shliq penoplast bilan to‘ldiriladi.
    Konstruksiyali stekloplastik materialni yaratish va kuzov 
    detalini ishlab chiqarish jarayoni bir vaqtda bajariladi. 
    Stekloplastik materiallar qolipga solinib presslash va kontakt 
    shakl berish usullari bilan tayyorlanadi.
    Qolipda presslash usuli bilan tayyorlangan materialda oyna 
    tolalarining miqdori bog‘lovchi materialga nisbatan ko‘proq bo‘- 
    ladi. Shuning uchun bu usul bilan tayyorlangan material va detallar 
    mustahkamligi kontakt shakl berish usuliga nisbatan 2 marta yuqori 
    bo‘ladi.
    Seriyali ishlab chiqarishda kuzov va kabinalarni tayyorlash 
    uchun maxsus list shaklidagi yarim fabrikatlar ishlatiladi (prep- 
    riglar).
    Kuzov va kabinaning katta panellarini tayyorlashda texnologiya 
    talablari hisobga olinadi. Detaldagi birikish radiuslari detal 
    qalinligidan ikki marta katta bo‘lishi va detalda o‘tkir burchaklar 
    bo‘lmasligi kerak. Detalni press-formadan chiqazib olish uchun 
    uning yonaki yuzalarining og‘ish burchaklari 3° dan kichik bo‘l- 
    masligi kerak. Bundan tashqari yonaki yuzalarda bikrlik qovur- 


    80
    g‘alari, ichkariga kirgan yuzalari bo‘lmasligi shart. Aks holda 
    detalni press-formadan chiqarib olishda brak hosil bo‘ladi.
    Detal pres-formada qizdirilib tayyorlanadigan bo‘lsa, panellar- 
    ning qalinligi bir xil bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Detalni pres-formadan ajratib olish uchun press-forma avval 
    ajratuvchi suyuqlik bilan surtib chiqiladi. Press-formadan chiqazib 
    olingan detal erutivchi suyuqlik bilan yuviladi.
    Kabina va kuzovlarni yig‘ish panellarini bir-biriga yelimlash, 
    vintlar bilan karkasga mahkamlash kombinatsiyalashgan usullar 
    bilan amalga oshiriladi. Panellar epoksid yelimi asosida tayyor- 
    langan yelimlar yordamida bir-biriga yopishtiriladi. Kabina va 
    kuzovlarni yig‘ishda suyuq yelimlar va qizdirish talab qiladigan 
    yelimlar ishlatiladi. Seriyali ishlab chiqarishda tasma shaklidagi 
    va qizdirish natijasida yumshaydigan yelimlar ishlatiladi.
    Birlashtiriladigan detallar detalni mahkamlash, 
    yelimlanadigan chokni ustidan siqish va qizdirish qurilmali 
    yig‘ish moslamasiga o‘rnatiladi.
    Prepriglardan detallarni tayyorlashda, press-formada 
    bosim hosil qilinadi va xomaki qizdiriladi. Detalni tayyorlash 
    vaqti 3–3,5 daqiqa. Stekloplastikdan tayyorlangan, kabina va 
    kuzovlarga sarflangan xarajatlar metalldan tayyorlanganlarga 
    nisbatan 30 % kam bo‘ladi.


    81

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kuzov korpusining ajratilmydigan birikmalari

    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish