68
Nuqtali payvandlashda kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida
katta massaga ega bo‘lgan va issiqning asosiy qismini o‘ziga
oladigan pastki elektrod (plastina) ishlatiladi. Ko‘p nuqtali
payvandlash mashinasi yordamida payvandlangan
detallarda
kuchlanishlar katta bo‘lmaydi. Bu mashinalarda katta massaga ega
bo‘lgan yuqoridagi elektrodlar, issiqlikning
asosiy qismini qabul
qiladi.
5.1. Kuzov, kabina va platformalarni payvandlash turlari
Kuzov, kabina va platformalarni payvandlash uchun quyidagi
uch xil payvandlash usuli tavsiya etiladi: nuqtali payvandlash;
relyefli payvandlash va kontakt-chokli payvandlash (5.1-rasm).
Yupqa tunukali kam uglerodli po‘latlardan,
kuzov va kabina
detallarini payvandlashda, nuqtali payvandlash eng yuqori samarani
ta’minlaydi. Relyefli payvandlashda detalning yuzasida maxsus
bo‘rtiq hosil qilinadi (5.1-b rasm). Bu payvandlash
usulida bir vaqtda
bir nechta relyef hosil qilib payvandlash mumkin, shuning uchun
usul bu yuqori samaradorlikka ega. Relyeflarning shakliga qarab
bo‘rtiqlar quyidagicha joylashtirilishi mumkin:
bir-biridan katta
masofada, masalan, eshiklarni o‘rnatish plastinalarida; relyef doira
bo‘yicha payvandlanadi va detal atrofida bo‘rtiq hosil qilinadi,
masalan, shtutser, bolt va gaykalarni payqandlashda.
5.1-rasm.