64
tarish va tushirish yuritmasi (2) va to‘xtatgich (4) kiradi. Detal o‘z
vaqtida transprtyordan olinmasa u to‘xtatgich (4)ni bosadi va trans-
portyor to‘xtaydi. Transportyorning elektrsxemasiga ulangan, oyoq
bilan boshqariladigan tepki yordamida ishga tushirish va
to‘xtatish mumkin.
4.6-rasm.
Operatsiyalararo transportyor:
1 – rama;
2 – qo‘l bilan ko‘tarish-tushirish
yuritmasi; 3 – stol;
4 – to‘xtatgich; 5 – elektrshkaf
Chiqindilarni yig‘ishtirish.
Kuzov va kabina detallarini
shtamp-lash sexida chiqindilar ishatilgan materialning 25–
35 % ini tashkil qiladi. Chiqindilar qayta ishlatiladigan va
ishlatilmaydigan ikki guruhga ajratiladi.
Qayta ishlatiladigan
chiqindilar press oldida maxsus taraga yig‘iladi, so‘ngra kran
yoki g‘ildirakli transport yordamida ishlatish joyiga olib boriladi.
Ishlatilmaydigan chiqindilar avval press yordamida paketlanadi,
so‘ng qayta quyish zavodlariga yuboriladi.
Chiqindilarni
yig‘ishtirish usullaridan biri 4.7-rasmda ko‘rsatilgan. Bu usul
bo‘yicha presslash sexining ostida joylashgan tunnelda konveyer
liniyalari harakatlanadi. Konveyerlardan
chiqindilar paketlash
bo‘limiga uzatiladi.