• Shtamplash jarayonida hosil bo‘ladigan nuqsonlar
  • Shtamplash jarayonida detallar sifatini nazorat qilish




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/49
    Sana27.07.2024
    Hajmi11,87 Mb.
    #268799
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
    Bog'liq
    588741de0bdbf

    Shtamplash jarayonida detallar sifatini nazorat qilish
    Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilishning – yuz foizli, 
    tanlab olib va davriy kabi uch xil turi mavjud.
    Kuzov va kabinalarning barcha tashqi detallari yuzalari 
    nazoratdan o‘tkaziladi (qanotlar, eshiklarning tashqi panellari, 
    kuzovning tomi va b.)
    Kuzovni payvandlash – yig‘ish jarayonidan birikadigan 
    detallar bir-biriga yaxshi moslashmasa, shtamplangan 
    detallarning partiyasidan bir nechta detal tanlab olinadi va 
    nazoratdan o‘tkaziladi. Agar bu detallar talablarga mos bo‘lmasa, 
    butun partiya yaroqsiz, deb hisoblanadi.
    Davriy nazorat asosiy nazorat turi deb hisoblanadi. Bu usul bi- 
    lan har 2–3 soat ichida detallar nazorat qilib turiladi (detalning o‘l- 
    chamlari, shakli va yuzasining sifati).
    Nazorat ishlari ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan nosozliklarni 
    tezkorlik bilan bartaraf etish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni 
    yuqori sifatli qilib chiqarish uchun xizmat qiladi.
    Shtamplash jarayonida hosil bo‘ladigan nuqsonlar
    Kuzov detallarini shtamplash jarayonida quyidagi nuqsonlar 
    uchraydi: metallning yirtilishi, detal yuzasida tolqinlar paydo 


    56
    bo‘lishi, detal bikrligining pasayishi, detalning yupqalanishi
    yuluqlar bo‘lishi, teshiklarni siljishi (koordinatalarining 
    o‘zgarishi), detal yuzasida botiq va tirnalgan joylar bo‘lishi va b. 
    Ayrim nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini ko‘rib chiqamiz.
    1. Metalning yirtilishi. Listning qalinligi katta, uning 
    mexanik xususiyatlari talabga javob bermaydi, xomaki 
    o‘lchamlari me’yordan katta, detalni shtampga siqish yuzasi 
    nosoz, xomakini moylashda xatoga yo‘l qo‘yilgan.
    2. Detalning yuzasi to‘lqinsimon shaklda. List yupqa, zago- 
    tovka o‘lchamlari me’yordan kichik, zagotovani shtampga siqish 
    kuchi yetarli emas, xomakini moylashda xatoga yo‘l qo‘yilgan.
    3. Detalning bikrligi past. Xomaki materiali yumshoq va shu- 
    ning uchun yaxshi tortilmagan, xomakining o‘lchamlari me’yordan 
    kichik, shtampning detallari yeyilgan.
    4. Yuluqlar bo‘lishi. Ajratish shtampining qirquvchi elementlari 
    o‘tmaslashgan.
    5. Botiqlar va tirnalgan joylar. Detallar noto‘g‘ri taxlangan, 
    transportlash qoidalariga e’tibor berilmagan, mexanizatsiya quril- 
    malari yeyilgan yoki rostlanmagan.
    Teshiklarning siljishi. Xomakining shtampda qayd etilishi 
    buzilgan.
    Nuqsonlar paydo bo‘lishi sabablarini bilib, ularni nafaqat bar- 
    taraf etish, balki oldini olish mumkin.
    Detllar sifatini doim yuqori darajada ushlab turish uchun 
    shtamplar va boshqa jihozlarga davriy ravishda texnik xizmat 
    ko‘rsatiladi va rejalashtirilgan davriy ta’mirlash ishlari olib 
    boriladi.


    57

    Download 11,87 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shtamplash jarayonida detallar sifatini nazorat qilish

    Download 11,87 Mb.
    Pdf ko'rish