|
Shtamplangan detallarning aniqligiBog'liq 588741de0bdbfShtamplangan detallarning aniqligi
Tayyorlangan detalning o‘lchamlari (haqiqiy aniqlik)
detalning ishchi chizmasida keltirilgan o‘lchamlardan (berilgan
aniqlik) farq qiladi. O‘lchamlarning farqi detalni tayyorlash
aniqligi darajasini ko‘rsatadi.
Texnologik jarayonni loyihalash va detallar ishlab
chiqarishning asosiy savollaridan biri, bu kuzov detallari
aniqligini ta’minlash. Kuzov va kabina detallari geometrik
o‘lchamlarining aniqlik darajasi, ishlab chiqarishning tannarxiga
va detallarni payvandlash-yig‘ish jarayoniga ta’sir qiladi.
Shuning uchun, kuzov va kabina detallarini ishlab chiqarishda
iqtisodiy ko‘rsatkichlar e’tiborga olinadi. Detallarning geometrik
o‘lchamlari aniqligini belgilash vaqtida shtamplarni maksimal
ruxsat etilgan yeyilishi ham hisobga olinadi.
Geometrik aniqlik
Kuzov va kabina detallarini, shu jumladan, shtamplarni ishlab
chiqarishga tayyorlash detallarning ishchi chizmasi, master-model
va shablonlar yordamida amalga oshiriladi. Yangi shtamplarni soz-
lash jarayonida detalning haqiqiy va ishchi chizmadagi
o‘lchamlarining farqi quyida keltiriligan qo‘yimlardan katta
bo‘lmasligi kerak (3.4-jadval).
53
3.4-jadval
Detalning chizimli o‘lchamlariga beriladigan qo‘yimlar
Detalning
nominal
o‘lchamlari,
mm
Qo‘yim,
mm
Detalning
nominal
o‘lchamlari
mm
Qo‘yim,
mm
Detalning
nominal
o‘lcham-lari
mm
Qo‘yim,
mm
1-6
6-18
18-50
50-20
±
0,30
±
0,40
±
0,50
±
0,60
120-260
260-500
500-800
800-1250
±
0,80
±
1,20
±
1,40
±
1,90
1250-2000
2000-3150
3150-5000
±
0,30
±
0,40
±
0,50
|
| |