41
usuli ishlatiladi. Bu usulda to‘rtburchak
xomaki ikkala qarama-
qarshi tomonidan shtampda siqib mahkamlanadi,
qolgan ikki
tomoni esa bo‘sh holatda bo‘ladi.
3.6-rasmda xomakini cho‘zib shtamplash uchun
ishlatiladigan shtampning soddalashtirilgan sxemasi ko‘rsatilgan.
Shtamplash ikkita polzunli press yordamida bajariladi.
Shtamplashdan avval xomaki polzunchalar (8)ga o‘rnatiladi.
Polzunchalar (8) oraliq plita (9)ga nisbatan yo‘naltiruvchilarda
harakatlanishi mumkin. Oraliq plita turtkichlar (10) yordamida
gidropnevmatik yostiqchalar yordamida harakatga keltiriladi.
Polzun
pastga harakatlanganda, yuqoridagi polzunchalar (7)
da o‘rnatilgan ustunlar (3) polzunchalar (8)dagi teshiklarga
kiradi, xomaki esa profilli qisqichlar (2) yordamida shtampda
mahkamlanadi. Polzunchalar (7, 8) ponalar (4, 5) ta’sirida
harakatga keladi va xomaki cho‘zila boshlaydi. Shundan
so‘ng xomaki oraliq plita (9) bilan birgalikda pastga tushadi va
puanson (11)ga tegib uning yuzasini qamrab oladi. Polzunning
siljishini oxirida matritsa (1) zagotvkani puanson (11)ga siqib,
xomakiga kerakli geometrik shakl beradi. Polzun yuqoriga
qarab harakatlanganda polzunchalar (7, 8) prujinalar (6) ta’sirida
boshlang‘ich holatga qaytariladi.
Cho‘zib shtamplash botirib shtamplashga
nisbatan metall
sarfini 10–15 % ga kamaytiradi, detal yuzasining sifati yuqori
bo‘ladi va shtamplash jihozlarining tannarxi 20–30 % kamayadi.