59
4.2-rasm.
Xomakilarni ish joyiga uzatish platformasi
Xomakilar to‘plami ishlatilishiga qarab, ko‘targich yordami-
da avtomatik ravishda yuqoriga ko‘tariladi.
Press pult yordamida
ishchi tomonidan boshqariladi.
Xomakilarni birinchi operatsiyani bajarish pressiga joylash-
tirish uchun list joylashtirish mashinalaridan foydalaniladi. Eng
sodda konstruksiyaga ega bo‘lgan listlarni joylashtirish mexanizmi
4.3-rasmda ko‘rsatilgan. Mexanizm rama (1), rama balandligini
rostlovchi gidrosilindr (2), nishab bilan o‘rnatilgan rolgang (4) va
tirgak (5)dan tashkil topgan. Rolgangning nishabi vint (3)
yordamida rostlanadi. Listlarni uzatuvchi mexanizm pressning
stoliga boltlar yordamida mahkamlanadi.
Rolgangning oldingi
qismi press tomoniga siljitilgan bo‘lib, xomakini shtampga
joylashtirilishini ta’minlaydi. Rolgangga joylashtirilgan xomaki
tirgak (5) taqilguncha siljiydi. Press polzuni ko‘tarilganda,
tirgak (5) bo‘shatiladi va xomaki rolgangdan siljib shtampga
joylashadi.
60
4.3-rasm.
Listlarning joylashtirgichi:
1 – rama; 2 – gidrosilindr;
3 –
rostlovchi vint; 4 – rolgang; 5 – tayanch
Detallarni shakl beruvchi operatsiyalaridan so‘ng pressdan
chiqarib olish uchun mexanik qo‘l ishlatiladi. Mexanik qo‘l
quyidagi ketma-ketlikda harakat qiladi:
– shtamplangan detalning flanesini ushlaydi;
– detalni kerakli balandlikka ko‘taradi;
– detalni shtampdan
tashqariga olib chiqadi;
– detalni transportyorga joylashtiradi.
Mexanik qo‘llar vertikal tekislikda, egri chiziq tranektoriya
bo‘yicha yoki gorizontal tekislikda ilgarilama-qaytma
harakatlanishi mumkin.
4.4-rasmda mexanik qo‘lning tuzilishi ko‘rsatilgan.
Harakatlanish uzeli (qo‘lning yuqori qismi)
ushlash qismini
bitta shtampdan ikkinchisiga siljitish uchun xizmat qiladi.
Harakatlanish uzeli tarkibiga pnevmosilindr (19), yo‘naltiruvchi
sterjen bo‘ylab harakatlanuvchi karetka (14), teleskopik richag
(13), amortizator (20) va qo‘zg‘almas korpus (18) kiradi.
Pnevmosilindr (19) va amortizator (20)ning shtoklari hamda
teleskopik richag (13) rolik (15) bilan birgalikda sharnir yordamida
karetka (14) bilan bog‘langan. Karetka (14) pnevmosilindr
ta’sirida yuqoriga siljib, o‘zi bilan richag (13) ni tortadi,
rolik (15) esa korpus (18)ning kopiri (17) bo‘yicha
yuqoriga
siljiydi. Teleskopik richag (13)ning pastki qismiga shtanga (11)
61
kiritilgan va bolt (12) bilan qotirlgan. Shtanganing pastki uchiga
sharnir yordamida kronshteyn (10) skalka (8) bilan birgalikda
joylashtirilgan.
4.4-rasm.